Tasdiqlayman” “Yer resurslari, kadastr va geoinformatika” kafedrasi mudiri J. Urinov
Download 39.2 Kb.
|
Yer huquqi yakuniy savollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yer kadastri hujjatlari
- 79-modda. Yerlarni muhofaza qilishning mazmuni va tartibi
- 80-modda. Obyektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga oid ekologik talablar
- 82-modda. Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish
Davlat yer kadastrini yuritish
Davlat yer kadastrini yuritish aerokosmik suratga olishni, topografiya-geodeziya, kartografiya, tuproq, agrokimyo, geobotanika tadqiqotlarini va boshqa tadqiqotlarni hamda izlanishlarni o‘tkazish, yerlarni miqdor va sifat jihatidan hisobga olish hamda baholash, yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali ta’minlanadi. Davlat yer kadastrini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat yer kadastrini yuritish quyidagi yo‘l bilan amalga oshiriladi: yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni va yer uchastkalariga doir bitimlarni davlat ro‘yxatiga olish; kadastrga oid suratga olish; yer uchastkalarining egalaridan, ulardan foydalanuvchilardan, ijarachilardan va yer uchastkalarining mulkdorlaridan ma’lumotlar olish, ularning to‘g‘riligini tekshirish, yer kadastriga doir hujjatlarga joriy o‘zgartishlar kiritish. Davlat yer kadastrini yuritishda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan quyidagilar amalga oshiriladi: tuproqshunoslik, agroximiya, geobotanikaga oid va boshqa izlanishlar hamda tadqiqotlar; erlarni miqdor va sifat jihatdan hisobga olish hamda baholash. 70.Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar (O’zb.Resp. qonuni “DYKT” 12-modda) Yer kadastri hujjatlari Yer kadastri hujjatlari yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar, tuman (shahar) yer kadastri daftari, yerlarning miqdor, sifat holati va ularning bahosi to‘g‘risidagi hisobotlar, kadastr xaritalari, planlari va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlardan iboratdir. 71.Yer uchastkalarining kadastr hujjatlarida aks etadigan ma’lumotlari 72.Yerlarni muhofaza qilishning mazmuni. 73.Yerlarni muhofaza qilishning maqsadi. 74.Yerlarni muhofaza qilishni amalga oshirishning huquqiy asoslari. 75.Yerlarni muhofazaqilish bilan bog‘liq masalalarning dolzarbligi nimalarda namoyon bo‘ladi? 76.Yerlarni muhofaza qilish bilan bog‘liq tushunchalar 77.Yerlarni muhofaza qilishning mazmuni. (yer kodeksi 79-modda) 79-modda. Yerlarni muhofaza qilishning mazmuni va tartibi Yerlarni muhofaza qilish ulardan belgilangan maqsadda, oqilona foydalanish, tuproq unumdorligini, o‘rmon fondi yerlarining samaradorligini tiklash va oshirish, qishloq xo‘jalik oborotidan va tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar tarkibidan yerlarning asossiz ravishda olib qo‘yilishi oldini olish, ularni zararli antropogen ta’sirdan himoya qilishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy, iqtisodiy, texnologik va boshqa tadbirlar tizimini qamrab oladi. 78.Yerlarni muhofaza qilish qaysi qonunchilik hujjatlari me’yorlari bilan tartibga solinadi? 79.Yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati amalga oshirishning huquqiy asoslari? 80.Yerdan foydalanish va muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining manbalari? 81.O‘zbekiston Respublikasi yer kodeksida yerlarni muhofaza qilish masalalari qanday me’yorlarni o‘rnatish orqali belgilanadi? 82.Ob’ektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyixalash, kurish va ulardan foydalanishga oid ekologik talablar. (YK 80-modda) 80-modda. Obyektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga oid ekologik talablar Obyektlar, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ulardan foydalanishga oid ekologik talablar tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilik bilan belgilanadi.. Yangi hamda rekonstruksiya qilinadigan obyektlarni, imoratlar va inshootlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirish, shuningdek yerlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yangi texnologiyalarni joriy etish chog‘ida yerlarni muhofaza qilish tadbirlari nazarda tutiladi va amalga oshiriladi. Yerlarning holatiga ishga tushirilayotgan obyekt yoki joriy etilayotgan texnologiyaning salbiy ta’sirini hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish yuzasidan nazarda tutilgan tadbirlarning samaradorligini baholash ekologiya ekspertizasi asosida o‘tkaziladi. 83.Kimyoviy yoki radioaktiv moddalar bilan ifloslangan yerlardan foydalanish. (YK 82-modda) 82-modda. Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish Yerlardan oqilona foydalanishni va ularni muhofaza qilishni iqtisodiy rag‘batlantirish yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning tuproq unumdorligi saqlanishi va tiklanishidan, yerlarni ishlab chiqarish faoliyatining salbiy oqibatlaridan himoya etilishidan manfaatdorligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, o‘z ichiga quyidagilarni oladi: yangi o‘zlashtirilayotgan va meliorativ holatini yaxshilash jarayonida turgan mavjud sug‘oriladigan yerlarga qonunchilikda belgilangan tartibda yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar berish; yerlarni muhofaza qilish va qayta tiklash bo‘yicha faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga kam chiqit va resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etishda soliqqa, kreditga oid va boshqa imtiyozlar berish; yerlarning sifatini yaxshilashni, ilmiy asoslangan almashlab ekishni joriy etishni, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning unumdorligini oshirishni, ekologik sof mahsulot yetishtirishni rag‘batlantirish; yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning aybi bo‘lmagan holda buzilgan yerlarni qayta tiklash uchun, zarurat bo‘lgan taqdirda, respublika budjetidan yoki mahalliy budjetdan mablag‘lar ajratish, agrotexnika, o‘rmon melioratsiyasi tadbirlari va tuproqni himoya qilish yuzasidan boshqa tadbirlar o‘tkazish; yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilarning aybi bo‘lmagan holda buzilgan yer uchastkalarini vaqtincha konservatsiya qilish natijasida ulardan keladigan daromadning kamayishini davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qisman qoplash; qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tadbirlar. 84.O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 11 va 12 boblari moddalari sharxlari 11-BOB. YERLARNI MUHOFAZA QILISh 12-BOB. YER UChASTKALARINI AJRATISh, ULARDAN FOYDALANISh HAMDA ULARNI MUHOFAZA QILISh USTIDAN NAZORAT 85.Yer qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlikka tortish tartibini belgilovchi manbalar? 86.Yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik. (YK 90-modda) Download 39.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling