Tashbeh (O‘xshatish) Tashbih
Download 56.32 Kb.
|
she`riy san`atlar (1)
TANOSIB
Tanosib – baytda, umuman, she’riy bandlarda ma’no jihatidan bir-biriga aloqador tushunchalarni anglatuvchi so‘zlarni qo‘llash orqali hosil qilinadi. Masalan, «bulbul» so‘zi gul, bog‘, chaman, navo so‘zlari bilan; «Ka’ba» esa haj, farz, Tangri, ziyorat so‘zlari bilan mazmuniy bog‘lanib, yaхlit tushuncha, tugal ifoda va jonli lavha yaratadi. Anda bir shoh hokim-u voliy, Mulki ma’mur-u himmati oliy. Ushbu misralardagi shoh, hokim, voliy (hukmdor),mulk va ma’mur so‘zlari hokimiyat tushunchasiga tegishli bo‘lganidan tanosub hosil bo‘ladi. Aslida, ko‘plab badiiy san’atlar so‘zlarning she’riyatdagi ma’naviy aloqadorligiga tayanadi. Shoirning mantiqan bir-biriga bog‘liq va bir-birini taqozo etadigan so‘zlardan foydalanishi tanosib deyiladi. Masalan, bir baytda «gul» so‘zi ishtirok etsa, u o‘z-o‘zidan «tikan», «guliston», «shabnam», «bulbul» kabi so‘zlarning bo‘lishini taqozo etadi. Olma yanoqing ko‘rgach, men bandi nechuk o‘lmay? Bodom ko‘zi fitna, pista dahani nozuk. Lutfiy bu o‘rinda yanoq, ko‘z, dahan kabi kishi tanasi qismlarini, shuningdek, olma, bodom, pista singari meva nomlarini bir baytga jamlagan. Ayni paytda olmadek yanoq, bodomdek ko‘z, pistadek dahan tasvirlari bayt mazmuniga ta’sirchanlik ham berib turibdi. Atoyining quyidagi misralarida ham tanosib mavjud: Uzun sochingdin uzmasmen ko‘ngulni, Ayog‘ing qanda bo‘lsa boshim anda. Bu yerda soch, ko‘ngil, oyog‘, bosh so‘zlari o‘rtasida mutanosiblik bor. Quyidagi baytda esa Atoyi cherik (askar), mulk (mamlakat), oldi (bosib oldi), ittifoq (ikki mamlakatning o‘zaro kelishishi) kabi so‘zlarning ma’no yaqinligidan foydalangan: Zulfung cheriki jamol mulkin Oldi ko‘zung ittifoqi birla, ya’ni sening zulfing cherigi (sochlaring askarlari – qo‘shini) ko‘zing bilan ittifoq tuzib jamol mulkin egallab oldi. Download 56.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling