Tashbeh (O‘xshatish) Tashbih


Download 56.32 Kb.
bet4/10
Sana15.06.2023
Hajmi56.32 Kb.
#1487954
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
she`riy san`atlar (1)

ISTIORA

Istiora arabcha so‘z bo‘lib, «qarz olish» ma’nosida keladi. Istiora ikki narsa o‘rtasidagi o‘xshashlikka asoslanadi. Tashbehdan farqli ravishda, o‘xshatish vositasi va o‘xshatish sababi qo‘llanmaydi.
Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum,
Kishi bilmas oni kim, qoldi qanda.
(Atoyi)

«La’l» tabiatda uchraydigan qimmatbaho qizil tosh ayni paytda, yor labidan chiqadigan iliq so‘zni ham anglatadi. Yorning labi qon kabi qip-qizil bo‘lgani uchun ham la’lga o‘xshatiladi. U ko‘chma ma’noda so‘zni ham anglatadi. Modomiki, la’l qimmatbaho tosh ekan, u so‘zni anglatganida nihoyatda mo‘tabar va qadrli so‘z nazarda tutiladi. Demak, bu yerda o‘zi ishlatilmagani holda so‘zning inson ko‘ngli uchun naqadar aziz va qadrli ekanligi ta’kidlanmoqda. Matnda lirik qahramon ayni mana shunday noyob va nodir qadr-qimmatga mushtoq kishi sifatida ko‘rsatilgan. La’l – oshiq uchun kutilgan so‘zning qayerga ketib qolganini hech kim bilmaydi. Ehtimolki, «so‘z»ning o‘zi qo‘llanganida bayt bunchalik ta’sirli va yoqimli bo‘lmagan bo‘lar edi.

Tilar el mansabi oliy va lekin,
Atoyi sarvi ozodingg‘a banda.

Ushbu baytdagi istora «sarvi ozod» birikmasi orqali aks etgan. U yor qaddini, qomatini nazarda tutadi. Mazkur ifoda yor qaddining go‘zalligini, o‘ziga yarashib turishini to‘la va ta’sirchan ifoda etishi bilan kitobxon uchun ham manzur va ma’qul bo‘laveradi.


Alisher Navoiyning quyidagi misralarida qo‘llangan istiora yanada go‘zal va ta’sirchandir:

Ul oy o‘tlug‘ yuzin ochsa, Navoiy, tegmasin de ko‘z,


Muhabbat tuxmidin o‘zga ul o‘t uzra sipand etmas.

Aslida, bu baytda bir necha istioralarning ketma-ket qo‘llanganini kuzatishimiz mumkin: «oy», «muhabbat tuxmi», «o‘t» so‘zlari shu vazifani bajarib kelgan. Oy – yuzi oyga o‘xshaydigan yor timsoli. Faqat o‘xshatish qo‘shimchalari bo‘lmagani uchun u dabdurustdan tushunilmasligi mumkin. Ammo «oy»ning osmon jismi emas, balki insonni, alohida shaxsni anglatib kelayotgani sezilib turibdi. Shuning uchun adabiyotshunoslar istiorani qisqartirilgan o‘xshatish deb ham aytishadi. «Muhabbat tuxmi» «muhabbat» degan abstrakt ot bilan «tuxum» («urug‘ donasi») konkret otining birikuvidan hosil bo‘lgan. U insondagi nozik va qadrli bir tuyg‘uni anglatib turibdi. Ammo shu holatida u «ishq» yoki «muhabbat» so‘zlariga qaraganda yoqimliroq va go‘zalroqdir.


«O‘t» bu yerda «olov» so‘zi bilan sinonim tarzda qo‘llanmoqda. Uning asosiy vazifasi ma’shuqa yuzidagi rangni ko‘rsatishdan iborat. Bu «olov rangi»dir. Yuzdagi qizillikning mana shu tarzdagi ifodasi go‘zallikning ham o‘ziga xos ifodasi sifatida ko‘zga tashlanadi.
TAZOD
Tazod san’ati narsa-hodisalarni zidlash orqali hosil qilinadi.
Atoyi she’rida yorning qop-qora sochini laylat ul-qadrga, oppoq yuzini esa subhi sodiqqa o‘xshatadi. Bir-birini inkor etuvchi ikki tushuncha ustalik bilan qo‘llangani uchun ham sanamning tengsiz chiroyini kitobxon ko‘z oldida aniq va ta’sirchan tarzda tasavvur eta oladi:

Manga sensiz tirilgandin o‘lim yuz qatla ortuqdur,


Bu so‘zda, haq bilur, ko‘nglum tilim birla muvofiqtur.

Bu yerda «tirilmoq» va «o‘lmoq» so‘zlari o‘zaro zid qo‘yilgan.


Quyidagi baytdagi tazodlar «nasya» bilan «naqd» so‘zlari tufayli hosil bo‘lgan:

Bu kun vaslingni tark ayla, tilar jannat zohidlar,


Berurlar nasyag‘a naqdni, u ne nodon xaloyiqtur?
(Atoyi)
She’riy san’atlarni qo‘llashda ham Navoiy dahosiga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. Quyidagi misolning har ikki misrasida ham tazod mavjud:

Mengizlari gul-gul, mijalari xor,


Qaboqlari keng-keng, og‘izlari tor.
(Alisher Navoiy)
TALMEH
Talmeh arabcha so‘z bo‘lib, ma’nosi «chaqmoq chaqilishi», «bir nazar tashlash» demakdir. Badiiy san’at sifatida u tarixiy va afsonaviy voqea, masal, shaxs, mashhur asar va qahramonlar nomiga ishora qilish vositasida fikrni qisqa, ixcham tasvirlashdir.
Xorazmiyda shunday bayt mavjud:
Sulaymon saltanatlik podshosen,
Masih anfoslik, Yusuf liqosen.
Ushbu baytda uchta shaxs nomi: Sulaymon, Masih va Yusuf tilga olingan. Ularning uchalasi haqida ham faqat o‘zbeklarda emas, turli xalqlarda juda ko‘plab afsona, rivoyat, qo‘shiq, hatto dostonlar yaratilgan. Ular bilan bog‘liq rivoyatlar «Qur’on» da ham qayd etiladi. Ma’lumki, Sulaymon – Dovud payg‘ambarning o‘g‘li edi, u o‘n to‘qqiz aka-uka orasida eng donishmandi bo‘lgan. Shu tufayli u barcha yer yuzidagi odamlarnigina emas, qurt-u qumursqaga, qushlarga, hatto «ins-u jinslar»ga ham hukmronlik qilgan. «Sulaymon saltanatlik podshosen» misralari ana shu afsonaviy shaxs qudratini mo‘jaz shaklda eslash orqali badiiy tasvir qahramonini tavsiflashga xizmat qilmoqda. Masih ham payg‘ambarlar silsilasidan o‘rin olgan. Unga xos xislatlardan biri o‘likni tiriltira olish qudratidir. Masih anfoslik – Masih nafasiga ega bo‘lishlik demakdir.
Yusuf esa go‘zallik ramziga aylangan obraz. U Ya’qub payg‘ambarning o‘g‘li. «Yusuf va Zulayho» dostonidagi bosh qahramon, ko‘plab shoirlar e’tiborini tortgan:
Solib borma meni, ey Yusufi husn,
Bukun Ya’qubtek bayt ul-hazanda.
(Atoyi)
Bu yerdagi talmeh «Yusuf va Zulayxo» turkumidagi dostonlardan xabardor bo‘lishni taqazo etadi. Ma’lumki, Yusuf Ya’qub payg‘ambarning sevimli farzandi bo‘lgan. Ammo taqdir ayni mana shu farzandidan muayyan muddat ayrilib yashashini ravo ko‘radi. Natijada ota g‘am uyi (bayt ul-hazan) da yashashga majbur bo‘ladi. Yusuf o‘zining tashqi ko‘rinishi – go‘zalligi bilan ham boshqalardan ajralib turar edi. Demak, lirik qahramonning o‘z mahbubasiga «Yusufi husn» deb murojaat etishi bejiz emas ekan.


Download 56.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling