Tashbeh (O‘xshatish) Tashbih


Download 56.32 Kb.
bet10/10
Sana15.06.2023
Hajmi56.32 Kb.
#1487954
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
she`riy san`atlar (1)

G’AZALLARDAN NAMUNALAR
Ul sanamkim, suv yaqosinda paritek o'lturur,
G'oyati nozuklukindin suv bila yutsa bo'lur.
To magarkim, salsabil obina javlon qila,
Keldi jannat ravzasindin obi kavsar sori hur.
Ul ilikkim,suvdin oriqtur, yumas oni suda,
Balki suvni pok bo'lsun deb ilik birla yuyur.
Emdi bildim rost emish, balki ko'rdim ko'z bila,
Ulki derlar, suv qizi goh-goh ko'zga ko'rinur.
Qoshlaring yosin Atoiy ko'rgali husn ichra toq,
Subhidam mehroblarda surai yosin o'qur.
* * *

Jamoling vasfini qildim chamanda,


Qizordi gul uyottin anjumanda.
Tamanno qilg'ali la'lingni ko'nglum,
Kishi bilmas anikim, qoldi qanda.
Chu jonimdin aziz jonona sensen,
Kerakmas jon manga sensiz badanda.
Manga ul dunyoda jannat ne hojat,
Eshiking tuprog'i basdur kafanda.

Solib borma meni, ey Yusufi husn,


Bu kun Ya'qubtek bayt ul-hazanda.
Uzun sochingdin uzmasmen ko'ngulni,
Oyog'ing qayda bo'lsa, boshim anda.
Tilar el mansabi oliy, valekin
Atoyi sarvi ozodinga banda.
* * *
Sensiz bu jahon ayshi, alamdur manga, ey, doʻst,
Shodligʻi ham mehnatu gʻamdur manga, ey, doʻst.
Lutfu karamingni sen agar mendin ayosang,
Javru sitaming lutfu karamdur manga, ey, doʻst.
Diydor ila qoniʼ emas erdim esa, hajring
Bisyor jafo ayladi, kamdur manga, ey, doʻst.
Koʻnglum yuzini javr ila chun sendin uyurmen,
Oxir necha bu javru sitamdur manga, ey, doʻst.
Odamgʻa seni oʻxshata bilmonki, parisen,
Nortek yangoqing Bogʻi Eramdur manga, ey, doʻst.

Qoʻy qissayi Jamshidni, jomi ilikindin


Gar boʻlsa dame mulkati jamdur manga, ey, doʻst.
Ogʻzingʻa fido jon, ki, tabassum qilib aytur:
“Har lahza, Atoyi, ne adamdur manga, ey, doʻst”.
* * *
Koʻzung ne balo qaro boʻlubtur
Kim, jongʻa qaro balo boʻlubtur.
Majmuʼi davoni dard qildi,
Dardingki, manga davo boʻlubtur.
Ishq ichra oning fidosi yuz jon,
Har jonki, sango fido boʻlubtur.
Begona boʻlubtur oshnodin,
Begonagʻa oshno boʻlubtur.
To qildi yuzung havosi jonim,
Yuz sari anga havo boʻlubtur.
Boqiy topar ulki, boʻldi foniy,
Rahravgʻa baqo fano boʻlubtur.
To tuzdi Navoyi oyati ishq,
Ishq ahli aro navo boʻlubtur.
* * *
Meni men istagan oʻz suhbatigʻa arjumandetmas,
Meni istar kishining suhbatin koʻnglum pisand etmas.
Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim, bahrayi andin tilarmen, bahramand etmas.
Netay hur-u pari bazminki, qatlim yo hayotimgʻa
Ayon ul zahr chashmaylab, nihon bu noʻshxand etmas.
Kerakmas oy ila kun shaklikim, husn-u malohatdin
Ichim ul chok-chok etmas, tanim bu band-band etmas.
Kerak oʻz chobuki qotilvashi Majnunshiorimkim,
Buzugʻ koʻnglumdin oʻzga yerda javloni samand[4] etmas.
Koʻngul uz charx zolidin, firibin yemakim, oxir
Ajal sarishtasidin oʻzga boʻynungʻa kamand etmas.
Ul oy oʻtlugʻ yuzin ochsa, Navoiy, tegmasin deb koʻz,
Muhabbat tuxmidin oʻzga ul oʻt uzra sipand etmas.
* * *
Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimgʻa ayt,
Yigʻlarimning shiddatin gulbargi xandonimgʻa ayt.
Buki aning ahd-u paymonida men oʻlsam dagʻi
Yaxshi fursat topsang, ul bad ahd-u paymonimgʻa ayt.
Buki aning zulfi zunnorida dinim hosili
Kufr ila boʻlmish mubaddal, nomusulmonimgʻa ayt.
Buki qilmishmen jahon-u jonni aning sadqasi,
Yuz tuman jon-u jahondin yaxshi jononimgʻa ayt.
Buki yuz jon sadqasi qilsam pushaymon boʻlmagʻum,
Vasligʻa bir vaʼda qilgʻandin pushaymonimgʻa ayt.
Buki yuz ming fitnakoʻzluk boʻlsa paydo onsizin,
Qilmagʻum nazzora hargiz koʻzi fattonimgʻa ayt.
Buki chok aylab yoqa, usruk chiqar el qasdigʻa,
Men oʻlub el jon topar, beboki nodonimgʻa ayt.
Dahr bogʻi gullari husnin vafosiz erkanin,
Yuzi gul, jismi suman, koʻyi gulistonimgʻa ayt.
Ey Navoiy, hech gulshanning seningdek xushnavo
Bulbuli yoʻq erkanin shohi suxandonimgʻa ayt.
* * *
Tor koʻngulluk beklar, man-man demang, kenglik qiling,
Toʻqson ikki bovli oʻzbak yurtidur, tenglik qiling.
Birni Qipchoq-u Xitoy-u, birni Yuz, Nayman demang,
Qirq-u Yuz, Ming son boʻlub, bir xon oyinlik qiling.
Bir yaqodin bosh chiqorib, barcha bir toʻngʻa kirib,
Bir oʻngurluk, bir tirizlik, bir yaqo, yenglik qiling.
Kim qoʻyubdur, uhdayi oʻz mulkungizdin chiqmayin,
Ikki, uch, toʻrt daʼvosin etmakni koʻtahlik qiling.
Mardlar maydon chekib, rangin koʻtarib zaxmlar,
Sizga yoʻq ul javhar-u yuzga upo-englik qiling.
* * *
Xazon yafrog'i yanglig' gul yuzung hajrida sarg'ardim,
Kо'rub rahm aylagil, ey lola rux, bu chehrayi zardim.
Sen, ey gul, qo‘ymading sarkashligingni sarvdek hargiz,
Ayog'ingg'a tushib, bargi xazondek muncha yolbordim.
Latofat gulshanida gul kabi sen sabz-u xurram qol,
Men archi dahr bog'idin xazon yaprog'idek bordim.
Xazondek qon yoshim sorig' yuzumdin el tanaffurda,
Bahar range, bihamdilloh, ulusdin o‘zni qutqordim.
Ne toledur mangakim, axtari baxtim topilmaydur,
Falak avroqini har nechakim daftardin axtardim.
Ulusning ta'n-u ta'rifi manga, Bobur, barobardur,
Bu olamda o‘zumni chun yamon-yaxshidin o‘tkardim.
* * *
Jonimdin oʻzga yori vafodor topmadim,
Koʻnglumdin oʻzga mahrami asror topmadim.
Jonimdin oʻzga jonni dilafkor koʻrmadim,
Koʻnglum kibi koʻngulni giriftor topmadim.
Usruk koʻziga toki koʻngul boʻldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.
Nochor furqati bila xoʻy etmisham, netay,
Chun vasligʻa oʻzumni sazovor topmadim.
Bore boray eshigiga bu navbat, ey koʻngul,
Nechaki borib eshigiga bor topmadim.
Bobur, oʻzungni oʻrgatakoʻr yorsizki, men
Istab jahonni muncha qilib yor topmadim.
* * *
Xating aro uzoring sabza ichinda lola,
Ul chashmi pur xumoring loladag'i g'azola.
Barcha parilar, ey, jon, girdingda zoru hayron,
Go'yo erur namoyon oy tegrasida xola.
Mehru vafoni ey yor ko'p ko'rdi sendin ag'ror,
Jabru jafoni bisyor qilding mango havola.
Hajringda, ey pariro', ko'zimdin uchti uyqu,
Har kecha tongga tegra ishimdur ohu nola.
Yuz sahfasinda xatlar yoshdinki har taraf bor
Ishqingda Bobur aylar bu nav' yuz risola.
* * *
Ko‘rgali husnungni zor-u mubtalo bo‘ldum sanga,
Ne baloliq kun edikim, oshno bo‘ldum sanga.
Har necha dedimki, kun-kundin uzay sendin ko‘ngul,
Vahki, kun-kundin batarrak mubtalo bo‘ldum sanga.
Men qachon dedim, vafo qilg‘il manga - zulm aylading,
Sen qachon deding, fido bo‘lg‘il manga - bo‘ldum sanga.
Qay pari paykarg‘a dersen, telba bo‘lding bu sifat,
Ey pari paykar, ne qilsang, qil manga, bo‘ldum sanga.
Ey ko‘ngul, tarki nasihat ayladim, ovora bo‘l,
Yuz balo yetmaski, men ham bir balo bo‘ldum sanga.
Jomi Jam birla Xizr suyi nasibimdur mudom,
Soqiyo, to tarki joh aylab gado bo‘ldum sanga.
G‘ussa changidin navoe topmadim ushshoq aro,
To Navoiydek asir-u benavo bo‘ldum sanga.
* * *
O‘n sakiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab chun sarvinozim o‘n sakiz yoshindadur.
Desa bo‘lg‘aykim, yana ham o‘n sakiz yil husni bor,
O‘n sakiz yoshinda buncha fitnakim boshindadur.
O‘n sakiz yil dema, yuz sakson yil o‘lsa uldurur –
Husn shohi, ul balolarkim ko‘z-u qoshindadur.
Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki bor,
Barchasi ezid taolo sun naqqoshindadur.
Tan anga siym-u, ichinda tosh muzmar ko‘nglidin,
Aqlg‘a yuz hayrat, ul oyning ich-u toshindadur.
May ketur, ey mug‘ki yuz hayrat aro qolmish Masih,
Bul ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.
To Navoiy to‘kti ul oy furqatidin bahri ashk,
Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur.
* * *
Qaro koʻzum, kelu mardumlugʻ emdi fan qilgʻil,
Koʻzum qarosida mardum kebi vatan qilgʻil.
Yuzing guliga koʻngil ravzasin yasa gulshan,
Qading niholigʻa jon gulshanin chaman qilgʻil.
Takovaringgʻa bagʻir qonidin hino bogʻla,
Itingga gʻamzada jon rishtasin rasan qilgʻil.
Firoq togʻida topilsa tuprogʻim, ey charx,
Xamir etib, yana ul togʻda koʻhkan qilgʻil.
Yuzung visoligʻa yetsun desang koʻngillarni,
Sochingni boshtin-ayogʻ chin ila shikan qilgʻil.
Xazon sipohigʻa, ey bogʻbon, emas moniʼ,
Bu bogʻ tomida gar ignadin tikan qilgʻil.
Yuzida terni koʻrib oʻlsam, ey rafiq, meni
Gulob ila yuvu gul bargidin kafan qilgʻil.
Navoiy, anjumane shavq jon aro tuzsang,
Aning boshogʻligʻ oʻqin shamʼi anjuman qilgʻil.
* * *
Gulruxi ra’noqadim chun bog‘ tavf aylar borib,
Infiolidan guli ra’no qizarib, sarg‘ayib.
Yuz shikof etting tanim, yo‘q edi ko‘nglimdan nishon,
O‘ylakim o‘t topmag‘aylar kulni har yon axtarib.
Sovug‘ ohimdin yorug‘liq oz, vale ko‘p tiyralik,
Qishda ul yanglig‘ki, tun bo‘lg‘ay uzun, kun qisqorib.
Zaf’ vaqti ko‘yidin chiqmoq taxayyul aylasam,
Ikki qatla har qadamda tinmoq istarmen horib.
Tutmadim bo‘g‘zim sabudek boda tarki aylabon,
May tilarmen piri dayr ollida balkim yolborib.
Soqiyo, lab tashnamen, andoqki, ko‘k jomi to‘la,
Boda tutsang, sarnigun aylarmen ani sipqorib.
Ey ajal, hijron aro olding Navoiy jonini,
Lutf qilding, jonni andan, ani jondin qutqorib.
* * *
Orazin yopqoch ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,
O‘ylakim, paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘och quyosh.
Qut bir bodom-u yerim go‘shayi mehrob edi,
G‘orati din etti nogah bir balolig‘ ko‘z-u qosh.
Bu damodam ohim ifsho aylar ul oy ishqini,
Subhning bot-bot dami andoqki aylar mehr fosh.
Bo‘saye qilmas muruvvat, asr-u qattiqdur labing,
Desam, og‘zi ichra aytur, la’l ham bor navi tosh.
Novaking ko‘nglumga kirgach jon talashmoq bu ekin,
Kim qilur paykonini ko‘nglum bila jonim talosh.
Umri jovid istasang fard o‘lki, bo‘ston xizridur—
Sarvkim, da’b ayladi ozadalig‘ birla maosh.
Qoshi ollinda Navoiy bersa jon ayb etmangiz,
Gar budur mehrob, bir-bir qo‘yg‘usidur barcha bosh.
* * *
Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin,
Ko‘ngluma har birining dard-u balosinmu deyin?
Ko‘zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin,
Bu kudurat aro ruxsori safosinmir deyin?
Ishq dardinmu deyin, hajri nabardinmu deyin,
Bu qatiq dardlar aro vasli davosinmu deyin?
Zulfi dominmu deyin, la'li kalominmu deyin,
Birining qaydi, yana biring adosinmu deyin?
Turfa holinmu deyin, qaddi niholinmu deyin,
Moviy ko‘nglak uza gulrang qabosinmu deyin.
Charx ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin,
Jonima har birining javr-u jafosinmu deyin?
Ey Navoiy, dema qosh-u ko‘zining vasfini et,
Qoshi yosinmu deyin, ko‘zi qarosinmu deyin?
* * *
Lolagun to‘n ichra, yo Rab, ul g'azoli Chin erur,
Yo ko‘zumning mardumi, qon yosh ila rangin erur.
Bilmon oyokim shafaq ichra erur zarrin g'azol,
Lolagun to‘n ichra yoxud ul g'azoli Chin erur.
Aylamish guldasta bandi sun to‘n-u jismidin,
San’atekim arg'uvon bargi aro nasrin erur.
Qadmudur bu yo erur shingarf ila yozg'in alif,
Belmu yo toreki, la'l ichra anga taskin erur.
Ko‘nglum ichra soldi ul to‘n aks yoxud bo‘ldi qon,
Xalq ko‘nglin qon etarga, vah, bu ne oyin erur.

Bir qadah gulgun may, ey soqiy, to‘la tutkim, ko‘ngul,


Ul buti gulgunqabo bedodidin g‘amgin erur.
Ey Navoiy, qatl uchun gar xud qizil to‘n kiydi yor,
Basdur ul to‘n rangi ne muhtoji qatl-u kun erur.
Dema tog'-u lola dahr ichra — ajal qaploni bil,
Kim, kiyiklar qonidin boshtin ayog' rangin erur.

* * *
Sendek manga bir yori jafokor topilmas,


Mendek sanga bir zori vafodor topilmas.
Bu shakl-u shamoyil bila xud hur-u parisen,
Kim jinsi bashar ichra bu miqdor topilmas.

Ag'yor ko‘z olida-u ul yor ayon yo‘q,


G‘am xori ko‘ngul ichra-yu g'amxor topilmas.
Ey gul, meni zor etmaki husnung chamanida,
Ko‘zni yumub ochquncha, bu gulzor topilmas.
Bobur seni chun yor dedi, yorlig' etgil,
Olamda kishiga yo‘q esa, yor topilmas.
* * *
Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig‘,
Kimki, ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig‘.
Gar zamonni nayf qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko‘rmadim hargiz, netoyin, bu zamondin yaxshilig‘!
Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko‘ngluma,
Kelmadi jonimg'a hech oromi jondin yaxshilig'.
Ey ko‘ngul, chun yaxshidin ko‘rdung yamonliq asru ko‘p,
Emdi ko‘z tutmoq ne ma’ni har yamondin yaxshilig'?
Bori elga yaxshilig' qilg'ilki, mundin yaxshi yo‘q
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig!
Yaxshilig' ahli jahonda istama Bobur kibi,
Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig'?
* * *
Mening ko‘nglumki, gulning g'unchasidek tah-batah qondur,
Agar yuz ming bahor o‘lsa, ochilmog'i ne imkondur.
Agar ul qoshi yosiz bog' gashtin orzu qilsam,
Ko‘zumga o‘qdurur sarv-u ko‘ngulga g'uncha paykondur.
Bahor-u bog' sayrin ne qilaykim, dilistonimning,
Yuzi gul, zulfi sunbul, qomati sarvi xiromondur.
Visoli lazzatidin zavq topmog'liq erur dushvor,
Firoqi shiddatinda yo‘qsa jon bermaklik osondur.
Boshidin evrulur armoni birla o‘ldum, ey Bobur,
Mening na'shimni bori ul pari ko‘yidin aylondur.
* * *
G'unchani og'zing desam, naylay aning guftori yo'q,
Sarvni qadding desam, netay aning raftori yo'q.
Oyni ne yanglig' sanga nisbat qilurkim, husn aro
Sarvdek ham qaddi yo'q, ham gul kibi ruxsori yo'q.
Zulfunga sunbulni ne nav' aylagay tashbihkim,
Ham diloso atri yo'q, ham jon rishtasidek tori yo'q.
Ayta olmon la'lingga yoqut o'xsharkim, oning
Ham chuchuk ta'mi-yu ham jonbaxshliq osori yo'q.
Gar raqibingdin meni o'ksuk ko'rarsen tong emas,
Kimki oshiq bo'ldi itdin kam ham oning ori yo'q.
Istasang ko'nglumga osoyish qadah tut, soqiyo,
Kim dame yo'qkim ulusdin yuz tuman ozori yo'q.
Ko'yida itti Husayniy ko'ngli, tong yo'q, istasa —
Kim, bo'lubtur onda bir devonai afgori yo'q.



Download 56.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling