Ташқи иқтисодий фаолият соҳасидаги тадбиркорлик


Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi tashqi iqgisodiy faoliyat subyekglarining huquq va majburiyatlari


Download 108 Kb.
bet6/7
Sana06.04.2023
Hajmi108 Kb.
#1333152
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TASHQI VA IQTISODIY ALOQALARNI RIVOJLANTIRISH

Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi tashqi iqgisodiy faoliyat subyekglarining huquq va majburiyatlari

Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari ma`lum bir faoli-yatni amalga oshiradigan bo`lsa shu faoliyat albatta qonunga muvofiq bo`lishi kerak. Tashqi iqgisodiy faoliyat to`g`risida qonunda tashqi iqgisodiy faoliyat obyektlari bedgilab berilgan. Tashqi iqtisodiy faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarning faoliyati ana shu obyektlar doirasida bo`li-shi lozim. Bunday obyektlar oldi-sotdi yoki ayirboshlash obyekti hisoblangan tovarlar (ishlar, xizmatlar), har qanday mol-mulk, shu jumladan qimmatdor qogozyaar, valyutalar va valyuta qimmatliklari, elektr, issiklik energiyasi va energiyaning boshqa turlariga, transport vositalariga nisbatan bo`lgan iqgisodiy faoliyat hisoblanadi.


Gashqi iqtisodiy faoliyatda foydalanilishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan tovarlar bundan mustasno. Tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy faoliyat xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik, tashqi ^iqtisodiy faoliyati, chet el investitsiyalarini jalb etish O`zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati shaklida olib boriladi.
Tashqi iqgisodiy faoliyat yo`nalishlaridan biri bu xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlikdir. Respublikamizning tadbirkorlari bu turdagi tadbirkorlikda xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan ishlab chiqarish, moliya, bank va su^-urga faoliyati, ta`lim va kadrlarni tayyorlash, turizm, sog`liqni saqlash, ilmiy texnikaviy, madaniy, ekologiya, gumanitar va boshqa sohalarda o`zaro foydali aloqalarni o`rnatish va kengaytirishga qaratilgan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiradilar. Bundan tashqari tadbirkorlar tomonidan tovarlarni eksport va import qilish yo`li bilan tashqi savdo faoliyati keng rivojlanmoqsa.
Tovarlarning O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga, ularni qayta olib kirish majburiyatini olmasdan, olib chiqib ketilishi eksport, deb e`tirof etiladi.

Tovarlarni O`zbekiston Respublikasining bojxona hududiga, ularni qayta olib chiqib ketish majburiyatini olmasdan, olib kirish import deb ataladi. Tovarlarning ayrim turlarini eksport va import qilish faqat ularni olib kirish yoki olib chiqish uchun tegishli ruxsatnoma (litsenziya) olinganidan keyin amalga oshiriladi. Tovarlarning ayrim turlarining eksporti va importini amalga oshirish uchun litsenziyalar O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ayrim tovarlar turlarini eksport va import qilishga nisbatan miqdoriy cheklovlar (kvotalar) belgilashi mumkin.


Eksport va import qilinishi litsenziyalanishi hamda kvotalanishi zarur bo`lgan tovarlar ayrim turlarining ro`yxati, shuningdek litsenziyalarni berish va kvotalarni taqsimlash tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Tovarlar eksportini amalga oshirayotganida nazorat hrnatilishi mumkin. Eksport nazoratini o`rnatishdan maqsad Uzbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek xalqaro majburiyatlarga rioya etishni ta`minlashdir. Eksport nazoratiga tushadigan tashqi iqgisodiy faoliyat obyektlarining ro`yxati, shuningdek ularni olib chiqish yoki tranzit tarzida olib o`tish tartibi O`zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasi tomonidan belgalanadi.
Tegishli davlat idoralari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq eksport, import taqiqlanishi hamda cheklanishi mumkin. Eksport, importni taqiqlash hamda cheklanishning asosiy maqsadi fuqarolar hayoti va soG`lirini muhofaza qilish, hayvonot va o`simlik dunyosini hamda atrof-muhitni muhofaza qilish, milliy xavfsizlikni ta`minlash, ijtimoiy axloq-odobga va huquq-tartibotga rioya etish;
O`zbekiston Respublikasi xalqining madaniy merosini saklash, madaniy boyliklarni qonunga zid tarzda olib chiqish, olib kirish va ularga bo`lgan mulk huquqlarini boshqacha o`tkazishdan himoya qilish, respublikaningto`lov balansini saklab turish; O`zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish; tiklab bo`lmaydigan tabiiy resurslar tugatilishining oldini olish va O`zbekiston Respublikasining boshqa manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy faoliyat belgilangan tartibda davlat tomonidan tartibga solib turiladi. Tashqi iqgisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish: tashqi iqtisodiy faoliyatning qonunchilik negizini shakllantirish va takomillashtirish; valyuta bilan tartibga solish: soliq bilan tartibga solish; tarif va notarif bilan tartibga solish; O`zbekiston Respublikasining iqgisodiy manfaatlariga rioya etilishi uchun himoya, kompensatsiya va dempingga qarshi choralarni qo`llash; tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilash; miqsoriy cheklovlar o`rnatish hamda tovarlarning ayrim turlari eksport va import qilinishi ustidan davlat monopoliyasini o`rnatish; qurol-yarog`lar, harbiy texnika, ikki xil maqsadda ishlatilishi mumkin bo`lgan tovarlar va texnologiyaga nisbatan eksport nazoratini o`rnatish; olib kiriladigan va olib chiqiladigan tovarlarni sertifikatlash; texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari va gapablarini belgilash; tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari uchun preferensiya va imtiyozlar berish kabilar bilan amalga oshiriladi.




  1. Download 108 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling