Ташқи иқтисодий фаолият соҳасидаги тадбиркорлик


Tashqi iqtisodiy faoliyag subyektlari


Download 108 Kb.
bet3/7
Sana06.04.2023
Hajmi108 Kb.
#1333152
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TASHQI VA IQTISODIY ALOQALARNI RIVOJLANTIRISH

Tashqi iqtisodiy faoliyag subyektlari

Tashqi iqtisodiy munosabatlarni o`rnatish va uni mustahkamlashga qaratilgan qonunlar va shu qonunlarga muvofiq huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Bunga misol qilib «O`zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to`rrisida», «O`zbekiston Respublikasining investitsiya faoliyati to`g`risida»[3] va boshqa qonunlar, shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning faoliyatini rag`batlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»grt Farmonini, Vazirlar Mahkamasining O`zbekiston Respublikasida xorijiy sarmoyalar ishtirokida korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar, shuningdek ularning tarkibiy bo`limlarini tashkil etish faoliyati to`g`risidagi qarori hamda xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar, shuningdek, ularning tarkibiy bo`limlarini davlat tomonidan ro`yxatga olish tartibi to`g`risidagi Nizom singari bir qancha huquqiy hujjatlarni ko`rsatish mumkin.

Ushbu qonunlar va huquqiy hujjatlar bilan Respublikamizda faoliyat ko`rsatayotgan tadbirkorlarga eksportga mo`ljallangan tovarlar ishlab chiqarib hamda chet el investorlari bilan hamkorlikda mamlakatimizda sifatli mollar ishlab chiqariladigan korxonalar ochib, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarib jahon bozoriga chiqib borishlariga huquqiy kafolatlar yaratildi. Jumladan, «Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning faoliyatini rag`batlantirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi farmon bilan eksportga mo`ljallangan va importning o`rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etishni va ularning samarali faoliyat ko`rsatishini rag`batlantirish O`zbekiston Respublikasining tashqi iqgisodiy va investitsiya siyosatidagi muxim ustuvorlik xisoblanishi belgalab ko`yildi. Shu bilan birga xorijiy investorlarning mulkka va daromadlarini olib ketishga bo`lgan huquqi himoya qilinishini ta`minlovchi, ular uchun qulay investitsiya muhitini yaratuvchi kafolatlar va imtiyozlar yaratish belgilandi, xorijiy investitsiyalar ishtirokida korxonalarni tashkil etish, ro`yxatdan o`tkazish va ularning faoliyat ko`rsatishi tartibini murakkablashtiruvchi idoraviy hujjatlar chiqarish, hukumat qarorlarida nazarda tutilmagan qo`shimcha mg`lumotlar va hujjatlarni so`rash taqiqlandi. Eksportga mo`ljallangan va importning o`rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqaruvchi xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun 1996 yil 1 iyundan boshlab qo`shimcha imtiyozlar joriy qilindi. Bu imtiyozlar quyidagilardan iborat edi: Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga ishlab chiqarishni rivojlanshrish uchun soliqkrediti olish huquqi berildi, ya`ni budjetga to`lanadigan foydadan olinadigan soliq, qo`shilgan qiymat solish va yer solig`i yuzasidan to`lovlar ikki yilgacha mudsatga kechiktirildi.


Ustav fondida xorijiy sarmoya ulushi kamida 500 ming AQSH dollarini tashkil etgan korxonalar mulk soliri to`lashdan ozod qilish ko`rsatidsi. Bu tadbirkorlikning yanada rivojlanishiga, sifatli mollar ishlab chiqarib, tadbirkorlarimizning chet mamlakatlar bozoriga kirib borishiga va o`ziga munosib o`rin olishiga kafolat yaratiddi.





Download 108 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling