Ташқи иқтисодий фаолият соҳасидаги тадбиркорлик
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi tashqi iqgisodiy faoliyat subyekglarining huquq va majburiyatlari
Download 108 Kb.
|
TASHQI VA IQTISODIY ALOQALARNI RIVOJLANTIRISH
3. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi tashqi iqgisodiy faoliyat subyekglarining huquq va majburiyatlari
Tashqi iqtisodiy faoliyat yuritadigan yuridik shaxslar o`z faoliyatlarini ustavi (Nizomi), «O`zbekiston Respublikasining Tashqi iqgisodiy faoliyatito`g`risida», «Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to`grisida», «Valyutyani tartibga solish to`g`risida»gi qonunlari va boshqa huquqiy hujjatlari, O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda bitimlari asosvda yuritadklar. Tashqi iqtisodiy faoliyat yurituvchi yuridik shaxs o`z faoliyatini olib borish uchun maxsus huquq layoqatiga ega bo`lishi kerak. Yuridik shaxslarning huquqiY layoqati uning ustavi yoki nizomi tasdiqlangan vaqgdan e`tiboran, basharti u mazkur turdagi tashkilot haqidagi umumiy nizom asosida harakat qilishi lozim bo`lsa, tashkil etilishi to`g`risida vakolatli organ tomonidan qaror chiqarilgan paytdan boshlab vujudga keladi. Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlarining huquqlari O`zbekiston Respublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyati to`g`risida»gi qonunning 7-modsasida belgilab berilgan. Unda shunday deyiladi: Mulkchilik shakllari va tashqi iqtisodiy faoliyatning turlaridan qat`iy nazar, tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha subyektlari tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda teng huquqga egadir. Tashqi iqtisodiy faoliyatning har bir subyekti amal qilib turgan qonunlar doirasida tashqi iqgisodiy aloqalardagi o`z ishtirokining turlari, shakllari va yo`naliShlarini mustaqil belgilashi, uz xohishiga ko`ra tashqi iqtisodiyotni amalga oshirishi uchun zarur bo`lgan yuridik va jismoniy shaxslarni belgilangam tartibda shartnoma asosida yoki boshqacha tarzda haq to`lab yoxud to`lamasdan jalb etish huquqiga ega. Tashqi iqgisodiy faoliyatning har bir subyekti O`zbekiston Resggublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatning natijalariga, shu jumladan chet el valyutasidagi daromadga egalik qilishga, ulardan foydalanishga va ularni gasarruf etishga haqlidir. Uz qaroriga ko`ra, iqtisodiy faoliyat natijalariga egalik qilish, jismoniy shaxslarga o`tkazishi yoxud ularga ishonib topshirishi mumkin. Huquqyaar ana shu tarzda o`zgaga o`tkazilgan taqsirda tomonlar o`zaro munosabatlarini shartnoma (bitim) asosida tartibga soladilar. O`zbekiston Respublikasining 1993 yil 7 mayda qabul qilingan «Valyutani tartibga solish to`g`risida»gi qonunida rezidentlarning valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibi belgilab berilgan. «Rezidentlar» jumlasiga, O`zbekiston Respublikasida muqim yashash joyi bo`lgan, shu jumladan vaqtincha O`zbekiston Respublikasidan tashqarida turgan jismoniy^shaxslar, O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bo`lib, O`zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqtuzilgan varo`yxatdan o`tgan yuridik shaxslar, shu jumladan chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar, Uzbekiston Respublikasining immunitetga va diplomatiya imtiyozlariga ega bo`lgan xorijdagi diplomatiya, savdo va boshqa rasmiy vakolatxonalari, shuningdek O`zbekiston Respublikasi korxona va tashkilotlarining chet eldagi xo`jalik va boshqa tijorat faoliyati bilan shurullanmaydigan o`zga vakolatxonalari kiradi. Shu qonunda belgilanganidek, «yuridik shaxs bo`lmish rezidentlar o`zlariga tegishli valyuta mablag`laridan ishlab chiqarish va o`z mehnat jamoalarini ijtimoiy-madaniy rivojlantirish maqsadlarida hamda qonunlarga zid bo`lmagan boshqa maqsadlarda mustaqil ravishda foydalanishlari mumkin» (14-modda, 5-bandi). Shu bilan birgalikda jismoniy shaxs bo`lmish rezidentlar tomonidan chet elda chet el valyutasida schyotlar va omonatlar ochilishi, ularda valyuta mablag`lari saqlanishiga rezidentlarning chet elda bo`lish davri uchun, boshqa hollarda esa O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilaydigan tartibda yo`l qo`yiladi (14-modda, 9-bandi) O`zbekiston Respublikasining «Tashqi iqgisodiy faoliyati to`g`risida»gi qonunining 8-moddasidatashqi iqgisodiy faoliyat subyektlarining majburiyatlari belgilab berilgan. YA`ni tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari: tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risidagi hisobotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda takdim etishi; O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlarning O`zbekistonda belgilab qo`yilgan texnikaviy, farmakologiya, sanitariya, veterinariya, fitosanitariya, ekologiya standartlari va talablariga muvofiqligini tayediqlovchi hujjatlarni belgilangan tartibda takdim etishi shart. Tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo`lishi mumkin. Download 108 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling