Ташқи иқтисодий фаолиятни ривожлантиришда суғурта бозорининг роли
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 7769 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Шахсий суғрта Manba : Sug`urta ishi.Ma’ruza matni. Sh. Mamajonov, D. Inamova. NAMANGAN - 2005
40 ( 2.3.1 –diagramma) Jaxon miqyosida shaxsiy sug`urtaning xissasi Европа 31% Осиёда 34% АҚШ 29.1 Россия 2,7 % Германия 5% Франция5,5 % БуюкБритания 9,3 Шахсий суғрта Manba : Sug`urta ishi.Ma’ruza matni. Sh. Mamajonov, D. Inamova. NAMANGAN - 2005 Jadvaldan ko’rinadiki, Evropa 31% shu xisobda Buyuk Britaniyada 9,3%, Franstiyada 5,5%, Germaniyada 5%, Rossiyada 2,7%, Gollandiyada 1,8%, Osiyoda 34%, shu xisobda Yaponiyada 28,7, Janubiy Koreyada 3,2%, Shimoliy Amerikada 31%, shu xisobda AqShda 29,1%, Kanadada 2,3%, Okeaniyada 1,8%, Afrikada 1,3%, Lotin Amerikasida 0,3%, hayot sug`urtasida Yaponiya peshqadamlik qilmoqda (1,645 trln dollar) undan keyin Shvestariya (1,635 trln dollar), AqSh 6-o’rinda, uning sug`urta kapitallari Yaponiya fondining yarmiga teng. Rossiya 27-o’rinda, Yaponiya sug`urta fondining 1,8 qismiga teng. Lekin AqSh sug`urta tizimida shaxsiy sug`urta mulk sug`urtasiga qaraganda ustun xisoblanib, uning sug`urta fondidagi xissasi 70% teng keladi. Jaxon mamlakatlarida sug`urta tashkilotlarini turlari va amalga oshiriladigan sug`urta turlari.Jaxonda ish olib borayotgan necha 10 minglab katta kichik sug`urta tashkilotlari, ularning filiallari tuzilishi bir xil emas. Bu tashkilotlarni quyidagi guruxlarga bo’lish mumkin: 41 1) fuqarolarning barcha tabaqalarga xizmat qiluvchi akstiyalari birja va boshqa yo’l bilan sotiladigan erkin sug`urta kompaniyalari; 2) xususiy xissadorlik sug`urta kompaniyalari, bu tashkilotlarning xususiyati shundan iboratki uning akstiyalariga ma’lum doiradagi shaxslar egalik qiladilar. Jamiyat qarori bilan ishonchli kishilar ularning akstiyalarini sotib olishi mumkin; 3) davlat sug`urta kompaniyalari, ularning akstiyalariga davlat tula yoki qisman egalik qiladi. Bundan tashqari davlat tomonidan ayrim ixtisoslashgan sug`urta tashkilotlari barpo qilinishi mumkin. Bu tashkilotlar eksportni sug`urtalash yoki qayta sug`urtalashga yordam berishlari mumkin; 4) o’zaro sug`urtalash jamiyatlari. Ayrim ishlab chiqarish soxalari bunday sug`urta kompaniyalari tuzilib ularni asosiy maqsadi foyda olish bulmasdan murakkab vaziyatlarda bir-birlariga uzaro yordam kursatishdir; 5) ayrim sanoat va savdo tarmoqlariga xizmat qiluvchi ixtisoslashgan sug`urta tashkilotlari. Masalan, aviastiya soxasida sug`urtalash chegaralangan bulgani uchun, ular uz tarmoqlari bo’yicha ixtisoslashgan tashkilotlarni tuzadilar; Bu sanab utilgan sug`urta tashkilotlarining daromadlari sug`urta to’lovlari, chiqargan akstiyalar bo’yicha dividendlar xisobiga shakllanadi. Sug`urta tashkilotlari ixtisoslashgan va ixtisoslashmagan asosda uz ishlarini tashkil qiladilar, ixtisoslashmagan sug`urta tashkilotlari sug`urtaning bir necha turlari bo’yicha uz faoliyatlarini amalga oshiradilar. Ixtisoslashgan sug`urta tashkilotlari kupincha 1-2 ixtisosli yo’nalishlarda ish olib boradilar. Dastlab shuni aytish kerakki, bunday ixtisoslashish 1978 yil 1 yanvardan boshlab tashkil qilingan Evropa Iqtisodiy Hamkorlik tizimida to’laroq ifodasini topgan. Bu tizimda sug`urtaning barcha turlari dastlabki ikki turga bulinadi: uzoq muddatli va qisqa muddatli umumiy sug`urta guruxlari. Uzoq muddatli sug`urta turlariga quyidagi sug`urta yo’nalishlari kiradi: 1. Hayotni sug`urtalash; 2. Nikox va farzand tavalludini sug`urtalash; 3. Uzluksiz sog-salomatlik sug`urtasi; 4. Kapitalning qayta sug`urtasi; 42 5. Pensiya sug`urtasi; 6. Boshqa xillardagi uzoq muddatli sug`urta usullari. Sug`urtaning umumiy turlari quyidagilardan ibort: 1. Baxtsizlik xodisalaridan sug`urtalash; 2. Betoblik sug`urtasi; 3. Avtomobil sug`urtasi; 4. Temir yul vagonlari sug`urtasi; 5. Samolyotlar sug`urtasi; 6. Kemalar sug`urtasi; 7. Yuklarni transport sug`urtasi; 8. Mulklarni yongin va tabiiy ofatlardan sug`urtalash; 9. Transport xaydovchilarini fuqarolik javobgarligi sug`urtasi; 10. Aviakompaniya egalarini fuqarolik javobgarligi sug`urtasi; 11. Kema egalarining fuqarolik javobgarlik sug`urtasi; 12. Umumiy javobgarlik sug`urtasi; 13. Moliyaviy zararlar sug`urtasi; 14. Sud harajatlari bo’yicha to’lovlar sug`urtasi. Jaxon mamlakatlarda sug`urta tizimi va uning xususiyatlari. Sug`urta bozori tushunchasi ayrim mamlakatlar ko’lami va barcha jaxon mamlakatlari miqyosida qo’llaniladi. Jaxon sug`urta bozori o’z tarkibiga kura rivojlangan va boshqa mamlakatlardagi sug`urta kompaniyalardan tashkil topgan bo’lib, jaxon miqyosida markaz jaxon sug`urta tashkiloti xuquqiy jixatdan bir butun assostiastiya sifatida shakllanmagan bulsa ham, lekin Evropa miqyosida bunday yuridik assostiastiya mavjud. Bular tomonidan birgalikda qator umumiy qonunlar qabul qilingan. Bunday assostiastiyalar faqat xuquqiy tomondan amalga oshirilmasdan, balki iqtisodiy jixatdan ham amalga oshirilmoqda. AQSh sug`urta biznesi uslubiy jixatdan Buyuk Britaniyadan keyin rivojlangan bulsa ham jaxon miqyosida tutgan o’rni jixatidan tengi yuq xisoblanadi. Uning sug`urta monopoliyalari rivojlangan industrial mamlakatlar 43 sug`urta bozorining taxminan 50% ni nazorat qiladi. AqShda 8000 dan ortiq mulk va 2000 ga yaqin hayotni sug`urtalash kompaniyalari faoliyat kursatadi. 2.3.2-diagramma АQSH SUG`URTA BIZNESI AQSH Mulk sug`urtasi-8000 kompaniya Bikifit sug`urtasi Shaxsiy+tibbiyot+ omonat+pensiya Hayotni sug`urtasi-2000 kompaniya Manba:muallif ishlanmasi AqSh sug`urta tizimining uziga xos xususiyati shundan iboratki, mamlakat miqyosida yagona birlashgan markaziy sug`urta boshqarmasi bulmasada, sug`urtani boshqarish har bir shtat miqyosida tashkil qilingan va har bir shtatning uz sug`urta qonunlari mavjud. Birinchi xususiyati shundan iboratki, AqShda 3 shakldagi sug`urta mavjud. Bularning birinchisi, Bikifit (shaxsiy sug`urtasi) bu sug`urta faqat shaxsiy sug`urtadan iborat bo’lmasdan, tibbiyot sug`urtasi, omonatlar, pensiya sug`urtasini ham qamrab oladi. Ikkinchisi tijorat sug`urtasi xisoblanadi, u sanoat tarmoqlari bo’yicha tashkil qilinadi. Barcha sug`urta kompaniyalarining aktivlari 1,6 trln. bo’lib, ushbu kursatkich har bir kompaniya bo’yicha 950 mln. dollarni tashkil qiladi. Bular orasida 2 yirik sug`urta kompaniyasi bo’yicha aktiv 45 mlrd. dollarga teng keladi. Barcha sug`urta kompaniyalarining faoliyati 3 konsalting kompaniyasi tomonidan taxlil qilinadi. 44 Bu taxlilda tulanadigan qoplama, daromadlar va foyda koeffistienti debitorlik qarzlari markaziy o’rin tutadi, taxlilda elektron bank markaziy o’rin tutadi. Uchinchi xususiyati shundan iboratki, pensiya to’lovlari sug`urta kompaniyalarining obrusi yuqori bulganligi sababli pensiya ta’minotini boshqarish ularning ixtiyoriga berilgan. Pensiya fondlarini boshqargani uchun sug`urta tashkilotlari tegishli xizmat xaqi oladilar. Bundan tashqari uz mablaglaridan investistiya maqsadlari uchun foydalaniladi. Sug`urta kompaniyalari Amerika sanoat kompaniyalari bilan birgalikda ishlaydilar. Tashkiliy jixatdan sug`urta ishlari akstiyadorlik jamiyatlari bilan hamkorlikda sug`urtalash jamiyatlari bilan birgalikda ish olib boradilar. Ularning asosiy vazifalarini anderrayter va sug`urta brokerlari amalga oshiradilar. Masalan Prodneshnl jamiyatida 22 ming sug`urta brokeri xizmat qiladi. Steyd, Signa, Amerika Interneyshnl Grupp (AIG) sug`urta kompaniyalari jaxon miqyosida faqat sug`urta operastiyalarinigina emas, balki kredit, xisob-kitob operastiyalarini ham boshqaradilar. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling