Ташқи иқтисодий фаолиятни ривожлантиришда суғурта бозорининг роли
Download 1.22 Mb.
|
Kitob 4595 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- BITIRUV MALAKAVIY ISHI Mavzu: Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda sug`urta bozorining roli
- XOLIQOV XUSANJON G`ULOMOVICh Ilmiy rahbar
- O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlanishida sug`urta siyosatining ahamiyati
- KIRISh Mavzuning dolzarbligi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI “TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT” FAKULTETI
BITIRUV MALAKAVIY ISHI Mavzu: Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda sug`urta bozorining roli
TOSHKENT – 2011 Mundarija
KIRISh Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti o’zining ma’no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integrastiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham keskinlashuviga, har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o’z mavqeini mustahkamlash uchun kurashining kuchayishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda sug`urta bozorining ahamiyati va roli har bir mamlakat uchun nihoyatda muhim masala sanaladi. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish vazifasi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda doimo diqqatimiz markazida bo’lib, iqtisodiy rivojlanish borasida erishgan yutuqlarimizning muhim omili hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida kechayotgan murakkab jarayonlar iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, raqobatbardoshligini oshirish uchun uning tarkibiy tuzilishini muttasil takomillashtirib borish zaruratini yanada kuchaytirdi. Mamlakatning raqobatbardoshligi eng avvalo uning iqtisodiyoti raqobatbardoshligi orqali ifodalanadi.1 Bu esa bevosita tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi siyosat instrumentlariga taqaladi. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek,” Bu yil barchamiz ona yurtimiz, O’zbekistonimizning yangi tarixidagi eng buyuk va qutlug` sanalardan biri – Vatanimiz mustaqilligining 20 yillik shonli bayramini keng nishonlaymiz. Tabiiyki, bu bizdan barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirayotgan keng ko’lamli islohotlarimizni atroflicha tahlil etib, kelgusi rejalarimizni aniq-ravshan belgilab olishni talab etadi.”2 1 Ҳодиев Б.Ю., Бекмуродов А.Ш., Ғофуров У.В. Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг 2010 йил 28 январ ва 2010 йил 30 январдаги маърузаларини ўрганиш бўйича Ўқув-услубий мажмуа – Тошкент: Иқтисодиёт. – 2010 2 Президент И. Каримовнинг 2010 йилнинг асосий якунлари ва 2011 йилда Ўзбекистонни ижтимоий- иқтисодий ривожлантиришнинг энг мухим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси Shunga ko’ra, biz mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasini rivojlanishida sug`urta bozorining o’rni va joriy va istiqboldagi chora-tadbirlarini belgilashda jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarining ta’sirini har tomonlama hisobga olishimiz, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar ta’siri nuqtai-nazaridan shakllantirishimiz va ularni izchil amalga oshirishimiz taqozo etiladi. Shu bilan birga hozirgi murakkab sharoitda O’zbekiston iqtisodiyotini erkinlashtirish va modernizastiyalash asosida tashqi iqtisodiy faoliyat tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Respublikamizning jahon iqtisodiyoti va unda ro’y berayotgan jarayonlarda faol ishtirok etishi iqtisodiyotimizga qo’shimcha imkoniyatlar ochib beradi, tashqi iqtisodiy aloqalarning qayta qurilishi yurtimizda ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyotining shakllanishini tezlashtiradi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling