Ташқи иқтисодий фаолиятни ривожлантиришда суғурта бозорининг роли


Download 1.22 Mb.
bet14/28
Sana16.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1516333
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
Bog'liq
Kitob 4595 uzsmart.uz

Buyuk Britaniya sug`urta tizimi.Buyuk Britaniya sug`urta bozorining markazi London xisoblanib, shahar uzining kup qirrali sug`urta faoliyati bilan jaxonda mashxur. Unda jaxondagi yirik sug`urta kompaniyalarining vakolatxonalari mavjud, ular faqat sug`urtalash bilangina emas, balki qayta sug`urtalash bilan ham shugullanadilar. Bular orasida «Lloyd» sug`urta kompaniyasi markaziy o’rin egallaydi.
Buyuk Britaniya sug`urta bozorining xususiyati quyidagilardan iborat:

  1. Aholiga xizmat kursatadigan pensiya, investistiya kompaniyalari faqat avtomobillargina emas, balki boshqa uy-ruzgor mol-mulklari, javobgarlik, fuqarolik sug`urta va sug`urtaning boshqa turlari bilan ham shugullanadilar;

  2. Akstiyadorlar jamiyati hamkorlik sug`urtasi yo’li bilan o’zlariga tegishli sug`urta turlarini amalga oshiradilar;

  3. Sug`urta tashkilotlari orasida Lloyd sug`urta tashkiloti markaziy o’rinni egalaydi, unga 400 sug`urta sindikatlari qaraydi. Ular anderrayterlar tomonidan

boshqariladi. Bundan tashqari brokerlar tomonidan oddiy va qayta sug`urta shartnomalari tuziladi;

  1. Sug`urta tashkilotlari ustidan savdo va sanoat departamentining sug`urta nazorat bo’limi nazorat urnatadi. Sug`urtaning ayrim turlari bo’yicha ruxsat olish uchun departament bo’limiga qator xujjatlar taqdim etiladi;

  2. qayta sug`urta xajmi cheklangan bo’lib, 10 dan 20% gacha olingan majburiyat xisobidan qayta sug`urtalanadi;

  3. Savdo va sanoat departamenti xuzurida sug`urtalanganlar xuquqini ximoya qilish bo’limi bo’lib, bo’lim ixtiyorida maxsus fond tashkil qilingan, uning xisobidan zarar kurgan sug`urta tashkilotlariga dotastiya beriladi;

  4. Buyuk Britaniyada fuqarolik javobgarligining majburiy sug`urtasi mavjud. Transport, uy xayvonlari bundan tashqari buxgalterlar, advokatlarning kasb javobgarligi bo’yicha sug`urta shartnomalari tuziladi;

  5. Moliyaviy xisobot auditor tekshiruvidan o’tadi;

  6. Sug`urta tashkilotlari uz foydasidan mol-mulk uchun soliq to’laydilar. Germaniya sug`urta bozori.Germaniya sug`urta bozorida mol-mulk sug`urtasi 51%, shaxsiy sug`urta 37%, tibbiyot sug`urtasi 12% ni tashkil qiladi. Bu sug`urta to’lovlari faqat fuqarolarga tegishli bulmasdan balki yuridik shaxslarga ham tegishlidir. Hammasi bo’lib sug`urta tashkilotlari faoliyati fuqarolarga xizmat kursatish bo’yicha 87%, xuquqiy shaxslarga esa 13% ni tashkil qiladi.

Sug`urta faoliyati ikki yo’nalishga ega:

  1. Ijtimoiy ta’minot;

  2. Sug`urta xizmatini ko’rsatuvchi sektor.

Ijtimoiy ta’minot yo’li bilan qarilik, vaqtincha mehnat qobiliyatini yuqotish, ishsizlik sug`urtalanadi.
Xususiy sektor 3 yo’nalishda faoliyat kursatadi:

  1. Akstionerlik jamiyatlari mulkini sug`urtalash;

  2. Hamkorlik (uzaro) sug`urtasi;

  3. Davlat sug`urtasi.

Sug`urtani boshqarish Germaniyada yaxshi yulga qo’yilgan. Maxsus sug`urta kompaniyalari faoliyatini nazorat qilish departamenti mavjud bo’lib, uning asosiy vazifasi sug`urtalanganlar xuquqini ximoya qilishdan iborat bo’lib, buning sababi Germaniyada sug`urta tashkilotlari keltirilgan zararlarni qoplaydigan fond tashkil qilinmaganidadir.
Sug`urta tashkilotlari federal viloyatlar (er organlari) tomonidan nazorat qilinadi. Barcha viloyat sug`urta kompaniyalari ustidan Federal Nazorat Departamenti kuzatib boradi.
Germaniyada ixtiyoriy sug`urta bilan birga majburiy sug`urta ham mavjud bo’lib, bunda yollanib ishlovchilar, avtotransport egalarini uchinchi shaxsga etkazgan zararlari, xavo transporti xodimlari, dori-darmon ishlab chiqaruvchilar majburiy tartibda sug`urtalanadilar.
Har bir sug`urta tashkiloti yillik xisobot topshiradi. Sug`urta tashkilotlari daromadi soliqlar vositasida bilan tartibga solinadi. Sug`urta faoliyatidan 50% stavka bilan hayot sug`urtasidan tashqari tuzilgan barcha shartnomalar bo’yicha keladigan daromadlardan soliq olinadi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling