Ташқи иқтисодий фаолиятни ривожлантиришда суғурта бозорининг роли
Moliyaviy rejalashtirish va xisobotlar tuzish
Download 1.22 Mb.
|
Kitob 4595 uzsmart.uz
Moliyaviy rejalashtirish va xisobotlar tuzishMoliyaviy prognozlash markazlashtirilgan tartibda emas, balki markazlashtirilmagan tartibda amalga oshiriladi. Har bir davlat va xususiy sug`urta tashkiloti uz faoliyatini rejalashtiradi. Rejalashtirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: Rejalashtirilish maqsadi aniqlanadi; Har bir maqsadni amalga oshirish uchun sarflanadigan mablaglar va xosil buladigan daromadlar aniklanadi; Rejani bajarish bosqichlari aniklanadi; Rejani tekshiriladi, baxolanadi va tegishli xulosa chiqariladi. Sug`urta tashkilotining rejasi asosan daromad va harajat balansi shaklida tuziladi. Bu moliyaviy rejaning asosi sug`urta to’lovlarining tushumi xisoblanadi. Sug`urta to’lovlari tushumining rejalashtirganda, birinchi navbatda xuquqiy va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan shartnomalar e’tiborga olinadi. Rejalashtirish sug`urtaning har bir turi bo’yicha amalga oshiriladi. Rejalashtirish quyidagi bosqichlarni uzida mujassamlashtiradi: Joriy yilda olinishi kutilgan to’lovlar tushumi; Shartnomaning soni, bir shartnomaga to’g`ri keladigan to’lov miqdori. Bu ikki kursatkichni aniqlab, sug`urta tushumining miqdori aniqlanadi. Bunda ayrim sug`urta to’lovlarining muddati va xususiyatlari e’tiborga olinadi. Uchinchi bosqichda ko’rsatkichlarni har bir ijrochiga etkazish, ma’lum qilish kerak buladi. Har bir sug`urta agenti uzining reja ko’rsatkichlariga ega bulishi kerak. Yillik reja choraklarga bo’lib xisoblanadi. Sug`urta tashkilotining moliyaviy rejasi daromad va harajat bo’limlariga ajratilib aloxida jadvallarda tuziladi. Bunda sug`urta tashkiloti daromad va harajatlarining har bir turi kursatiladi. Masalan, «O’zagrosug`urta» cheklanmagan miqdorda sug`urta fondini belgilashi mumkin. Zaxiraviy fondlar ustav fondining 25 foizini tashkil qiladi, u kompaniya daromadi xisobidan tashkil qilinadi. Kompaniya uz faoliyatini amalga oshirish uchun boshqa fondlarni ham tashkil qilishi mumkin. Sug`urta kompaniyasi moliyaviy xo’jalik faoliyatining asosiy umumlashtiruvchi kursatkichlariga mablaglar tushumlari va ishlab chiqarish harajatlariga ajratiladigan mablaglar, zaxiraviy fondlar, ish yuritish harajatlari kiradi. Soliq tulangandan keyin qolgan daromaddan kompaniyaning fondlarini tashkil qilish va kupaytirishga yunaltirilgan mablaglar ish xaqi fondi, ijtimoiy rivojlantirish, ishlab chiqarish va moddiy ragbatlantirish fondlari chegirib tashlangandan keyin sof foyda aniqlanadi. Bu foyda dividendlar shaklida akstiyadorlar orasida egalik qilayotgan akstiyalari soniga qarab proporstional taqsimlanadi. Sug`urta kompaniyalari uz faoliyati yuzasidan buxgalteriya va statistika xisobotini olib boradi. Yillik xisobot akstiyadorlarining umumiy yigilishida tasdiqlanadi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling