Ташқи иқтисодий фаолиятни ривожлантиришда суғурта бозорининг роли
Kelajakda rivojlanish strategiyasi
Download 1.22 Mb.
|
Kitob 4595 uzsmart.uz
Kelajakda rivojlanish strategiyasi - korporativ va xususiy sug‘urta bozorida o‘z vaziyatini mustahkamlash, eksport-import sug‘urtasini jadallashtirish, sug‘urtada innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish, mijozlar bilan aloqa o‘rnatishga alohida yondashish, bunda sug‘urtaga oid masalalarni hal etishda har bir Sug‘urtalovchiga yuqori darajada e’tibor berish.
Eksportni sug‘urtalash yoki siyosiy va tijorat qaltisliklaridan eksport shartnomalarini sug‘urtalash O‘zbekistonda sug‘urta ishining nisbatan yangi sohasi hisoblanadi. Korxonalar uchun eksport sug‘urtasi deganda, birinchi navbatda, xorijga yuborilayotgan yuklarni sug‘urtalashni tasavvur qilinadi. Biroq eksport sug‘urtasi – bu moliyaviy qaltisliklarni sug‘urtalash hamdir. Eksport operatsiyalarini sug‘urtalash O‘zbekiston bozorida, birinchi navbatda, «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta kompaniyasi faoliyati bilan bog‘liq. Kompaniya zimmasiga amalda O‘zbekiston Respublikasi eksport-kredit agentligi (EKA) vazifasi yuklatilgan Kompaniyaning o’ziga xos xususiyatlaridan biri investistiyalarni faqat iqtisodiy xavf-xatarlardangina emas, balki siyosiy xavf-xatarlardan (urush, inqilob, fuqarolar galayoni, pul o’tkazishni chegaralash va boshqalar) xam ximoya qiladi. Shu munosabat bilan xorijiy mamlakatlarda sug`urtaning bu turiga qiziqish kuchaymoqda. Chizmadan ko’rinadiki, kompaniyaga bosh direktor raxbarlik qiladi va direktorlar kengashi muxim masalalarni muxokama qilib tavsiyalar beradi. Kompaniyaning viloyatlarda xam bo’limlari mavjud. Markaziy boshqarmada umumiy xavf-xatarlar, strategik rivojlanish, moliyaviy xavf-xatar, xalqaro bo’limlar mavjud. Tashqi iqtisodiy soxa O’zbekiston iqtisodiyotining eng jo’shqin rivojlanayotgan tarmogi xisoblanadi. Shu munosabat bilan xozirgi bosqichda tashqi iqtisodiy faoliyatni eksport-import operastiyalari, xorijiy investistiyalar ishtirokidagi qo’shma korxonalar mol-mulki, xalqaro yuk tashuvchilarni mas’uliyati, xorijiy pudratchilar ishtirokidagi qurilishni sug`urtalash va shu kabilar kompaniyaning asosiy yo’nalishlariga aylanmoqda. Kompaniyaning «O’zbekinvest» Interneyshnl Ishnurans LTD qushma korxonasi tomonidan chet ellik savdo kompaniyalariga beriladigan sug`urta xizmatlarining yo’nalishlari quyidagilardan iborat: sarmoyani sug`urtalash; savdo sug`urtasi. «O’zbekinvest» bosh kompaniyasi va uning xududiy idoralari bo’yicha quyidagi sug`urta xizmatlari taqdim etilmoqda: eksport qaltisliklarini sug`urtalash, musodara, transfer kechikish, embargo joriy etish, shartlarni bajarishdagi to’sqinliklar va boshqalar; qurilish-montaj ishlarini sug`urtalash; yuklarni sug`urtalash; aviastiya vositalarini sug`urtalash; avtotransport mas’uliyatini sug`urtalash; xayot va salomatlikni sug`urtalash. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling