Ташқи иқтисодий фаолиятни ривожлантиришда суғурта бозорининг роли


O’zekiston sug`urta siyosati investistion loyihalarning himoya omili sifatida shakllanishi


Download 1.22 Mb.
bet21/28
Sana16.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1516333
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
Bog'liq
Kitob 4595 uzsmart.uz

O’zekiston sug`urta siyosati investistion loyihalarning himoya omili sifatida shakllanishi


Chet el investorlarining huquqlarini ximoya qilish kafolatlari va choralari to'g'risida)), «Chet el investitsiyalari to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasining qonuni, «Chet el investitsiyalari bilan bog'liq korxonalarga qo'shimcha rag'bat va afzalliklar berish to'g'risida»gi, «Chet el investitsiyalari bilan bog'liq korxonalar ishlab chiqargan mahsulotlar eksportini qo'shimcha rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Prezident farmonlari va boshqa bir qator muhim hujjatlar shular jumlasidandir. 3.3.1-jadval




Ko’rsatkichlar



O’lchov
birligi



Yanvar-dekabr



2009 yil
yanvar-dekabriga nisbatan foiz hisobida



6. Asosiy kapitalga kiritilgan
investistiyalar

mlrd. so’m

15409,1

109,2

Markazlashtirilgan
investistiyalar

mlrd. so’m

2855,3

99,7

byudjet mablag`lari

mlrd. so’m

1136,5

103,6

sug`oriladigan erlarning meliorativ holatini yaxshilash
jamg`armasi mablag`lari

mlrd. so’m

63,8

102,8

byudjetdan tashqari
fondlarning mablag`lari

mlrd. so’m

498,3

77,2

qayta qurish va
rivojlantirish fondining mablag`lari

mlrd. so’m

581,3

141,8

davlat kafolati ostida chet el
investistiyalari va kreditlari

mlrd. so’m



575,4


88,7


Markazlashtirilmagan
investistiyalar

mlrd. so’m

12553,8

111,7

korxonalar mablag`lari

mlrd. so’m

4862,1

94,0

aholi mablag`lari

mlrd. so’m

2430,4

172,4

to’g`ridan-to’g`ri chet el
investistiyalari va kreditlari

mlrd. so’m



3863,6


97,4


tijorat banklarining
kreditlari va boshqa qarz mablag`lari

mlrd. so’m



1397,7

1,9r

Qurilish ishlari

mlrd. so’m

8174,6

108,1

Turar uy-joylarni ishga
tushirish

ming.kv. m

8838,1

116,1

Manba:www/stat/uz
Ta'kidlash joizki, «Chet el investorlarini kafolatlash to'g'risida»gi qonun investitsiya kiritilgandan keyingi o'n yil davomida ham qonunchilik o'zgarishidan investitsiya kiritish shart-sharoitlari yomonlashadigan hollarda chet el investitsiyalarini ximoya qilishni nazarda tutadi.O’zbekistonning tashqi savdo aylanmasi holatini kuzatsak.
3.3.1-diagramma

Manba:www/stat/uz


Chet ellik investor O'zbekiston Respublikasida investitsion faoliyatni quyidagi yo'llar orqali amalga oshirishi mumkin:

  • O'zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari - rezidentlari bilan birgalikda tuzilgan kompaniyalar, banklar, trestlar, kartellar, uyushmalarva boshqa korxonalarga ulush qo'shish;

  • yuz foiz ishtirok etish asosida korxonalar tuzish;

  • portfel investitsiyasi - O'zbekiston yoki O'zbekiston xukumati chiqargan aksiyalar, aksiya va boshqa kimmatbaxo kogozlar sertifikatlarini sotib olish orqali;

  • yer va ko'chmas mulkka, jumladan yer osti kazilma boyliklaridan foydalanishga daxldor yerdan foydalanish va konsessiyalar huquqlarini to'liq yoki qisman sotib olish.

Bundan bir necha yillar ilgari chet el investitsiyasi bilan bog'liq korxonalarning
soliq afzalliklariga quyidagilar kiradi:

  • agar chet el investitsiyasi Davlat investitsion dasturi loyihalari ro'yxatida ko'rsatilgan loyiha bo'yicha amalga oshirilgan bo'lsa, yetti yillik muddatga daromad (foyda)dan olinadigan soliqdan ozod qilish;

  • agar ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 60% dan ortig'i bolalar uchun tovarlar bo'lib hisoblansa, daromad (foyda)dan olinadigan soliqni 10% gacha kamaytirish;

  • kompaniya o'z mahsulot (ish xizmat)ini sotish umumiy hajmining 30% dan kam bo'lmagan qismini eksport qilsa, daromad (foyda)dan olinadigan soliqni 50% ga kamaytirish;

  • kompaniya o'z mahsulot (ish xizmat)ini sotish umumiy hajmining 15% dan 30% gacha bo'lgan qismini eksport qilsa, daromad (foyda)dan olinadigan soliqni 30% ga kamaytirish;

  • agar kompaniya qishloq joyda tuzilgan bo'lsa, ishlab chiqarish boshlangan paytdan boshlab, uch yil muddatga daromad (foyda)dan olinadigan soliqni to'lashdan ozod qilish va keyingi ikki yil davomida foydadan

olinadigan soliqni 50% ga kamaytirish;

  • agar chet el investitsiyasi lokalizatsiya (mahalliylashtirish) dasturlarining loyihalari ro'yxatida ko'rsatilgan loyiha asosida amalga oshirilsa, daromad (foyda)dan olinadigan soliqdan 5 yil muddatga ozod qilish, lokalizatsiya loyihalari asosida ishlab chiqarilgan mahsulotning bir qismiga (soddalashtirilgan soliq tizimi qo'llaniladigan ob'ektlar uchun) alohida soliq belgilash;

  • yangi tashkil qilingan korxonalarni ro'yxatga olingan paytdan boshlab ikki yil muddatga mulk solig'idan ozod qilish;

  • kompaniya o'z mahsulot (ish xizmat)ini sotish umumiy hajmining 30% ni eksport qilsa, mulk solig'ini 50% ga kamaytirish;

  • kompaniya o'z mahsulot (ish xizmat)ini sotish umumiy hajmining 15% dan 30% gacha bo'lgan qismini eksport qilsa, mulk solig'ini 30% ga kamaytirish;

  • agar chet el investitsiyasi lokalizatsiya dasturlarining loyihalari ro'yxatida

ko'rsatilgan loyiha asosida amalga oshirilsa, lokalizatsiya qilinadigan mahsulotlar uchun foydalaniladigan asosiy ishlab chiqarish fondlarining bir qismini 5 yil muddatga mulk solig'idan ozod qilish;

  • oylik ish haqi fondlarini cheklashdan ozod qilish.

Hozirda yuqoridagi imtiyozlarga ayrim o'zgartirishlar kiritilgan. Soliq Kodeksiga
ko'ra investorlarga nisbatan quyida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy
to'lovlar bo'yicha imtiyozlar qo'llaniladi:

  • yuridik shaxslar qonun hujjatlarida belgilanadigan ortiqcha ishchi kuchlari mavjud bo'lgan mintaqalarva qishloq aholi punktlarida joylashtirilganda;

  • chet ellik investorlar tomonidan to'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalar O'zbekiston Respublikasining kafolati berilmagan holda amalga oshirilganda;

  • yuridik shaxslarning ustav kapitalida xorijiy ishtirokchilarning ulushi kamida 50 foizni tashkil etganda;

  • yuridik shaxs davlat ro'yxatidan o'tkazilganidan keyin to'g'ridan-to'g'ri xususiy xorijiy investitsiyalar kiritilganda;

  • xorijiy investitsiyalar erkin almashtiriladigan valyuta yoki yangi zamonaviy texnologik asbob-uskuna tarzida kiritilganda;

  • soliqlar va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha imtiyozlar berilganligi natijasida ushbu imtiyozlarning qo'llanilish muddati mobaynida olingan daromadlar yuridik shaxsni yanada rivojlantirish maqsadida qayta investitsiyalashga yo'naltirilganda.


Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling