Ташқи иқтисодий фаолиятни ривожлантиришда суғурта бозорининг роли


Download 1.22 Mb.
bet16/28
Sana16.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1516333
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28
Bog'liq
Kitob 4595 uzsmart.uz

"Madad"xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning sug`urta himoyasi bo’yicha Agentlik OAJ."Madad"xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning sug`urta himoyasi bo’yicha Agentlik OAJ O’zbekiston Respublikasining etakchi banklari tashabbusi bilan tashkil etilgan. Ushbu qaror O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
I.A. Karimov tomonidan ma’qullangan hamda Prezidentning maxsus Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 26 iyul 1995 yildagi Qarori bilan qo’llab-quvvatlangan.
  1. Bob.O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlanishida sug`urta siyosatining ahamiyati


    1. O’zbekiston Respublikasida sug`urta biznesi taraqqiyotining moliyaviy masalalari

Mamlakatimizda sug`urta tashkilotlarining moliyasi tabiiy ofatlar, kutilmagan xodisalar natijasida etkazilgan zararlarni qoplash va ularni oldini olish maqsadida shakllangan pul resurslari fondlari bilan bog`liq munosabatlarni ifoda etadi.


Respublikamiz mustaqillikka erishgandan keyin markazlashgan sug`urta fondi o’rniga markazlashmagan ayrim davlat akstiyadorlik va xususiy sug`urta kompaniyalarining moliyasi shakllandi.

3.1.1-jadval. O’zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatuvchi mavjud infratuzilma ob’ektlari (2010 yil 1 yanvar holatiga, birlikda)





Infratuzilma ob’ekti nomi

Soni

Tijorat banklari filiallari

1042

Minibanklar

2318

Axborot-maslahat markazlari

262

Konsalting markazlari

327

Auditor firmalari

113

O’quv markazlari

917

Baholash kompaniyalari

138

Tovar xom ashyo birjasining savdo maydonchalari

204

Mikrokredit tashkilotlari

32

Kredit uyushmalari

103

Biznes-inkubatorlar

34

Sug`urta tashkilotlari

32

Brokerlik idoralari

1424

Manba:www/stat/uz
Jadvaldan ko’rinadiki, O’zbekistonda tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatuvchi mavjud infratuzilma ob’ektlari sug`urta tashkilotlari soni 32 taga ko’paygan.
Mustaqillik yillarida sug`urta markazlashgan tartibda emas, balki markazlashmagan tartibda boshqarila boshlandi. Xozirda har bir sug`urta tashkiloti uzining mustaqil moliyasiga ega bo’lib, ular orasida davlat akstiyadorlik sug`urta tashkilotlari O’zagrosug`urta, Kafolat, O’zbekinvest va Madad sug`urta tashkilotlarining mustaqil moliyalari markaziy o’rin tutadi.
Xozirda sug`urta tashkilotlarining moliyasini tashkil etuvchi pul munosabatlari ikki yo’nalishda amalga oshirilmoqda:

  1. Sug`urta ximoyasi tashkil qilish bilan bog`liq pul munosabatlari;

  2. Sug`urta fondini tashkil qilish bilan bog`liq pul munosabatlari;

O’z navbatida sug`urta ximoyasini shakllantiruvchi pul munosabatlari yana ikki bosqichdan utdi. Birinchi bosqichida sug`urta fondini shakllantiruvchi taqsimlash munosabatlari, ikkinchi bosqichda undan foydalanish bilan bog`liq investistiya munosabatlari amalga oshiriladi.
Sug`urta fondlari tarif asosida xisoblanadigan sug`urta to’lovlari asosida shakllanadi.
Sug`urta to’lovlarini qabul qilish va uning sarflanishi bir vaqtda sodir bulmasdan, turli vaqtlarda sodir buladi. Tuplangan sug`urta mablaglarining bir qismi sug`urta tashkiloti ixtiyorida qoladi. Lekin bozor iqtisodiyoti davrida sug`urta tashkiloti faqat uz harajatlarini qoplash bilan chegaralanmay, balki foyda olishni ham kuzda tutadi.
Shuni aytish kerakki, bu o’rinda «foyda» atamasi shartli ma’noda qullaniladi, chunki sug`urta tashkilotlari milliy daromad xosil qilishda qatnashmaydilar. Shuning uchun ular katta xajmda foyda olishga intilmasliklari kerak, chunki buning natijasida sug`urta tashkiloti bilan sug`urtalanuvchi o’rtasidagi ekvivalentlik tamoyili buziladi.
Foyda deganda - shunday ijobiy natija kuzda tutiladiki, sug`urta ximoyasini amalga oshirish maqsadida daromadlarning harajatlardan oshgan xolda muvozanatlanishi ta’minlanadi. Shunga qaramasdan hududda kamroq zarar kurilsa, sug`urta tashkilotlarining foyda miqdori ba’zan yuqori bulishi mumkin.
Sug`urta tashkilotlari foydasining asosiy manbai uning investistiya faoliyati xisoblanadi. Bu faoliyat natijasida sug`urta fondi mablaglarining bir qismi tijorat maqsadlarini kuzlab sarflanadi.
Sug`urta faoliyatining maqsadi ulkan ijtimoiy ahamiyatiga ega bo’lgan ko’rsatiladigan xizmatlar bo’lsa, investistiya faoliyatining maqsadi esa foyda olishdan iborat. Xaqiqatdan ham bu ikki yo’nalish uzaro uzviy boglangan.
Shunday qilib sug`urtalanuvchining moliyaviy barqarorligining negizi ularning ustav kapitalini va sug`urta zaxiralarini mavjud bo’lishi, shuningdek, qayta sug`urta qilish tizimidan olingan manfaatdorlik xisoblanadi.
Sug`urta tashkilotlarining daromadi va harajatlari.Sug`urta tashkilotlari daromad va harajatlarining muvozanati ularning barqarorligini ifoda qiladi.
Sug`urtalovchilar zimmalariga olgan sug`urta majburiyatlari bajarilishini ta’minlash maqsadida shaxsiy sug`urta bo’yicha bo’lg`usi to’lovlar, mulkiy va javobgarlik sug`urtasi bo’yicha zaxiralarni vujudga keltiradilar. Bu zaxiralar musodara qilinishi mumkin emas. Ular soliklar tulangandan keyin qoladigan va o’z ixtiyorlariga kelib tushadigan daromadlaridan uz faoliyatlarini ta’minlash uchun zarur bulgan fondlar tashkil qilishlari mumkin.
Sug`urta tashkilotlarining daromadlari sug`urta tadbirlaridan investistiya faoliyatlaridan va boshqa tushumlar xisobidan shakllanishi mumkin. Sug`urta to’lovlari sug`urta tashkilotlarining birlamchi daromadidir. Uning asosida sug`urta mablaglarining doimiy harajatlari amalga oshiriladi, shu bilan birga u investistiya faoliyatini mablag` bilan ta’minlashining manbai xisoblanadi.
Sug`urta harajatlariga mablag sarflash bilan uning ixtiyoriga daromadlarning kelib tushishi urtasida muayan vaqt o’tadi. Bu vaqt davomida daromad bilan harajatning farqidan, ya’ni daromadlarni harajatlardan oshgan qismidan foydalanish mumkin. Shaxsiy sug`urtada zaxira mablag`lari 10 va undan kup davrda sug`urta ixtiyorida bulishi mumkin undan tashqari aloxida zaxira va rezerv fondlari shakllanadi. Demak, ular un yillar davomida harakatsiz yotishi mumkin. Bu imkoniyatlar sug`urta fondidan sug`urtalovchining qarz fondini shakllantirishga, tijorat munosabatlarida qatnashishga imkon beradi.
Sug`urtalovchining bu mablaglari iqtisodiyotning har bir tarmog`iga kredit to’g`ridan-to’g`ri berish qimmatbaxo qog`ozlar sotib olish va boshqa maqsadlar uchun foydalanilishi mumkin.
Bundan tashqari sug`urta tashkilotlari kadrlar tayyorlash, maslaxat berish va boshqa xizmat kursatishdan ham daromad olishlari mumkin.
Sug`urta tashkilotlarining harajatlari sug`urta fondining taqsimlanishi jarayonida shakllanishi mumkin. Bu harajatlar ikki bir-biriga bog`liq iqtisodiy jarayonga xizmat qiladi.

  1. Sug`urta bo’yicha zararlarni qoplash majburiyatlarini sug`urtalanuvchilarga tulash.

  2. Sug`urta tashkiloti faoliyatini mablag bilan ta’minlash. Harajatlarni quyidagi moddalarga ajratish mumkin:

  1. Sug`urta qoplamalari va sug`urta ta’minotiga mablag ajratish;

  2. Sug`urta rezervlariga mablag ajratish;

  3. Ogoxlantirish tadbirlariga mablag ajratish;

  4. Mablaglardan bir qismini qayta sug`urtalashga utkazish;

  5. Sug`urtani boshqarishga mablag ajratish;

  6. Boshqa harajatlar.

Bu harajatlarning hammasi sug`urta xizmatlarining tannarxini tashkil qiladi. Tannarxni ikki guruxga bulish mumkin:

  1. Keng ma’nodagi tannarx;

  2. Tor ma’nodagi tannarx.

Yuqoridagi sanab o’tilgan barcha harajatlar keng ma’nodagi harajatlarga kiradi. Sug`urtani boshqarish harajatlari esa (ma’muriy) tor ma’nodagi tannarxga misol buladi.
Jaxon amaliyotida sug`urtaning boshqarish harajatlari ekvizastion inkassa, tugallash va boshqarish harajatlariga bulinadi. Ekvizastion harajatlar shartnoma tuzish maqsadlarida amalga oshiriladi. Shartnoma tuzishdan oldin tibbiyot ko’rigidan o’tish kerak.
Inkassa harajatlari sug`urta to’lovlarini to’lash bilan bog`liq bo’lib, xodimlarga mehnat xaqi sifatida beriladi. Tugallash harajatlariga sug`urta komissiyalari va eksportlarning sug`urta xodisasi sodir bulgan joylarga borishlari bilan bog`liq yul xaqi, sud harajatlari, aloqa harajatlari va boshqalar kiradi. Boshqarish harajatlari xodimlarning ma’muriy idora harajatlaridan tashkil topadi.
Sug`urtalanuvchining daromad va harajatlarini taqqoslab sug`urta tadbirlarining yakunlari aniqlanadi. Bu kursatkich sug`urta tashkilotining barcha faoliyati va sug`urtalashning har biri bo’yicha xisoblanadi.
Moliyaviy natija ikki kursatkich bilan ifodalanadi:

  1. Sug`urtalovchining foydasi (zarari);

  2. Badallar rezervining kupayishi.

Sug`urta tadbirlaridan olinadigan foyda sug`urta xizmatlari kursatish baxosi bilan uning tannarxi urtasidagi farq sifatida xisoblanadi. Daromadlik darajasi rentabellik sifatida yillik foyda miqdorini yillik sug`urta badallari miqdoriga munosabati sifatida aniqlanadi.
Sug`urta tadbirlaridan olinadigan foydadan tashqari investistiya tadbirlaridan ham foyda olinishi mumkin.
Sug`urta tashkilotining sug`urta tadbirlari va investistiya faoliyatidan olinadigan daromadlari daromad soligiga tortiladi.
Sug`urta xodisalarining tasodifiy sodir bulishi qulay sharoitlar va ayrim yillarda ortiqcha mablaglardan zaxira fondini shakllantirishni taqozo etadi. Bu tadbir sug`urta tashkilotlari moliyaviy axvolini barqaror bulishini ta’minlaydi.
Rezerv-(zaxira)fondlarini manbai netto stavkasining ortib qolgan mablagi bo’lib, bu qoldiq, yildan yilga ko’payib va noqulay yilda sarflash uchun to’planib boriladi. Noqulay yillarda harajatlarning daromadlaridan ortgan qismi ana shu rezerv fondlari xisobidan qoplanadi.
Sug`urta soxasida zararning 3 xili kuzatiladi.
Birinchi xilga har yili takrorlanib turadigan bir me’yordagi zararlar xajmi kiradi, ikkinchisiga urtacha zarardan kuproq sodir bulgan zararlar, uchinchisiga esa ulkan sifatlar natijasida xosil bulgan katta miqyosdagi zararlar kiradi. Birinchi va ikkinchi xil zararlarni sug`urta tashkiloti xisobidagi zaxira fondlari xisobidan qoplansa, uchinchi xildagi zararlar esa katta miqdordagi zaxira fondini tashkil qilishni talab qiladi.
Katta miqdordagi zaxira fondlari bir necha sug`urta tashkiloti ishtirokida tashkil qilinishi mumkin. Bunday fondlarni tashkil qilishda qayta sug`urtalash
usullaridan ham foydalanish taqdim qilinadi. Bundan tashqari sug`urta zaxiralarini shakllantirishda badallar rezervlardan ham foydalaniladi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling