Ташкентский государственный


Jamoa a’zolarining odob-axloqiga oid umumiy qoidalar


Download 150.5 Kb.
bet5/16
Sana05.01.2022
Hajmi150.5 Kb.
#224293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2 5269388314812613689

3. Jamoa a’zolarining odob-axloqiga oid umumiy qoidalar

3.1. Umumta’lim maktablarida hamjihatlik, o‘zaro ishonch, hurmat, bir-biriga g‘amxo‘rlik qilish hamda ahil-inoqlik jamoa a’zolarining o‘zaro munosabatlaridagi muhim shartlardir.

3.2. Umumta’lim maktablarida o‘zaro munosabatlarning asosiy tamoyili– bir shaxsning huquqi boshqa shaxsning huquqini paymol qilmasligi lozim. Jumladan:

  • jamoa a’zosining so‘z erkinligi – unga birovga tuhmat qilish, uni haqorat qilish, o‘zaro munosabatlarda umum e’tirof etilgan axloq qoidalarini namoyishkorona mensimaslikda ifodalanuvchi behayo so‘zlardan foydalanish huquqini kafolatlamaydi;

  • e’tiqod erkinligi – ta’lim muassasalarida ibodat qilish, dars vaqtida masjidlarga borish huquqini kafolatlamaydi;

  • kiyinish erkinligi – ta’lim muassasalariga diniy marosim liboslarida hamda tarbiya jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ochiq-sochiq liboslarda kelish huquqini kafolatlamaydi va hokazo.

3.3. Jamoa a’zolari umumta’lim maktabiga orasta bo‘lib, unga monand kiyimda kelishi lozim. Ularining ta’lim muassasasiga odamlar diqqatini tortadigan, elka, ko‘krak va qorin, shuningdek tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda yoki diniy ibodat libosida, metall zanjirlar, to‘g‘nog‘ichlar, tanaga turli munchoqlar qadagan holda, sport kiyim va poyabzalida kelishi ta’qiqlanadi.


Download 150.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling