Ташкентский государственный
Download 150.5 Kb.
|
2 5269388314812613689
Xalq ta’limi vazirining 2013 yil 28-fevraldagi 74-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Umumta’lim maktab o‘qituvchi va o‘quvchilarining odob-axloq qoidalari” Kirish «Umumta’lim maktablarining odob-axloq qoidalari»ni ishlab chiqish zaruriyati Bugungi kunda axborot-kommunikatsion texnologiyalari jamiyat hayotiga shiddat bilan kirib kelmoqda va o‘z ta’sirini tobora kengroq ko‘rsatmoqda. Bu esa o‘z navbatida yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy, ma’naviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda g‘oyaviy immunitetni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor berish lozimligini ko‘rsatmoqda. Yosh avlodni past saviyadagi «ommaviy madaniyat» ta’sirlaridan, milliy o‘ziga xosligimiz, dunyoqarash va tafakkurimizga mutlaqo yot bo‘lgan g‘oyalar, sun’iy «qadriyat va an’ana»lardan, bir so‘z bilan aytganda, ma’naviy tahdidlaridan asrash lozim. Bu boradagi ishlarni avvalo, ta’lim muassasalarining odob-axloq qoidalarini takomillashtirishdan boshlash kerak. O‘quvchi ma’naviyatini shakllantirishda ta’lim-tarbiya jarayoni, targ‘ibot ishlari va ibrat ko‘rsatish kabi pedagogik jihatlar bilan birga o‘quvchilar foydalanyotgan o‘quv qurollarining mazmun-mohiyati, bezatilishi, sifati masalalari ham muhim o‘rin tutadi. Jumladan: Turli bosmaxonalar tomonidan iste’molga chiqarilayotgan, ayniqsa xorijiy davlatlardan keltirilgan daftarlarning aksariyati tarbiyaviy axamiyatga ega emas. Shuningdek, uyali aloqa xizmatidan foydalanuvchi har bir shaxs undan to‘g‘ri foydalanish qoidalarini bilishi va unga amal qilishi zarurligi ehtiyoji kuchyib bormoqda. Tajribadan ma’lumki, ta’lim muassasalarida kiyinish odobi muhimligi saqlanib qolmoqda. Ilm dargohlarida bir xil libos o‘quvchilarda ko‘p jihatdan tenglik hissini uyg‘otib, ularning e’tiborini turli ortiqcha ko‘rinishlardan saqlaydi. Yuqoridagilarni inobatga olib, «Maktab ichki tartib-qoidalari»ning tarkibiy qismi sifatida «Umumta’lim maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilarining odob-axloq qoidalari» ishlab chiqildi. Taklif etilayotgan «Qoidalar» amaldagi «Maktabning ichki tartib-qoidalari»dan ta’sir doirasining kengligi, bayon qilish tilining soddaligi, ta’lim muassasalari ma’muriyatining, pedagog xodimlar va o‘quvchilarning odob-axloqqa oid majburiyatlarini aniq ochib berilganligi hamda ayrim cheklov bandlarining mavjudligi bilan farq qiladi. SHuningdek, mazkur odob-axloq qoidalariga «O‘quvchi-yoshlar uchun tavsiya etiladigan liboslar tavsifi» hamda «Ta’lim muassasalarida uyali aloqa vositalaridan foydalanish tartibi» ilova qilingan. Download 150.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling