4. Pedagog-tarbiyachilar va o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari
4.1. Pedagog-tarbiyachilar va o‘quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari «ustoz-shogird» an’anasiga asoslanishi lozim.
4.2. O‘qituvchi sinfga kirib kelishi bilan o‘quvchilar hurmat yuzasidan o‘rinlaridan turib, kutib olishlari, salomlashishlari, o‘qituvchi ruhsatidan so‘ng o‘rinlariga o‘tirishlari lozim. Sinfga kirgan har bir katta odamga huddi shunday tartibda munosabatda bo‘ladilar.
4.3. O‘quvchilar dars mashg‘ulotlari davomida o‘zboshimchalik bilan maktabdan chiqib ketishi ta’qiqlanadi. Sababsiz darsga kelmaganligi uchun keyingi darsga kirishga ruxsatni sinf rahbari va maktab ma’muriyatining ko‘rsatmasi bilan amalga oshirish tartibiga rioya qilishi lozim. (Agar o‘quvchi mashg‘ulotga kelmasa, buning sabablarini isbotlovchi hujjatlar - tibbiy ma’lumotnoma yoki ota-onasining tushuntirish xati sinf rahbariga taqdim etilishi lozim).
4.4. Maktab hududida o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, axloqsizlik va zo‘ravonlikni targ‘ib etuvchi, past saviyadagi «ommaviy madaniyat» elementlari aks etgan tasvirlar mavjud bo‘lgan nashr-matbaa mahsulotlari (plakatlar, kitoblar, risolalar, bukletlar, daftarlar, yon daftarlar, rasm daftarlari va boshqa) sotilishiga va tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
4.5. Dars mashg‘ulotini tugaganligini bildiruvchi qo‘ng‘iroq o‘qituvchilar uchun chalinadi. O‘qituvchi tanaffus boshlanishi va mashg‘ulot yakunlanganligini e’lon qilgandagina, o‘quvchilarning sinfdan chiqishlariga ruhsat beriladi. O‘qituvchi sinfdan chiqayotganda o‘quvchilar o‘rinlaridan turib, hurmat ko‘rsatadilar.
4.6. Dars mashg‘ulotlari vaqtida uyali aloqa vositalaridan foydalanish barcha uchun ta’qiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |