7. O‘quvchilarning odob-axloqqa oid majburiyatlari
a) Ta’lim muassasasi hududida:
hududni ifloslantirmaslik va chiqindilarni faqat maxsus belgilangan joylarga tashlash;
ustozlar va maktab mexmonlari bilan uchrashganda salom berish;
o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida hududda sababsiz yurmaslik;
ta’lim muassasasi mulki (ko‘char va ko‘chmas mulki, o‘simlik va hayvonot dunyosi va hokazolar)ga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish;
maktab yo‘laklarida tinchlikni saqlash;
maktabga «Ustav»da belgilangan o‘quvchilar formasida kelish (o‘quvchilarning kiyim boshi toza va ozoda bo‘lishi, o‘quvchi qizlarning sochlari tekis turmaklangan, kalta yubka va oldi haddan tashqari ochiq ko‘ylak kiymasligi, o‘g‘il bolalarning sochlari tekislangan, maktabga shortik va maykada, «zamonaviy moda» deb tizzasi yirtilgan shim, g‘arbning jangari fil’m qahramonlari aks ettirilgan kiyimlarda kelmasligi);
maktabga o‘quv-qurollari, dars jadvalida belgilangan o‘quv darsliklari bilan kelish (o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan papka tutishi, kundalik daftarining bo‘lishi, darsga to‘liq o‘quv darsliklari bilan qatnashishi, ma’naviyatga zid hamda sifatsiz daftarlardan foydalanmasligi);
narkotik va psixotrop moddalar, alkogolь va tamaki mahsulotlarining iste’mol qilinishi hamda tarqatilishiga qarshi kurashish.
Do'stlaringiz bilan baham: |