Ташкентский государственный
Ta’lim muassasasida jamoa a’zosining sha’ni va qadr qimmati hurmat qilinishi, o‘zaro munosabatlarda «Siz»
Download 150.5 Kb.
|
2 5269388314812613689
3.4. Ta’lim muassasasida jamoa a’zosining sha’ni va qadr qimmati hurmat qilinishi, o‘zaro munosabatlarda «Siz» deb murojaat qilish odat tusiga kirishi lozim. Ularning bir-biriga nisbatan hurmatsizlik qilishi, behayo so‘zlar ishlatishi qat’iyan taqiqlanadi.
3.5. Jamoa a’zolari umumta’lim maktablari hududida yurganda bir-biriga o‘zaro hurmatda bo‘lishi, yo‘lning o‘ng tomonidan yurishlari, bir-biriga duch kelganda albatta salomlashishlari kerak. Bunda o‘quvchilar o‘qituvchilarga, erkaklar xotin-qizlarga, yoshlar kattalarga birinchi bo‘lib salom berishlari tavsiya etiladi. (Ushbu holatda qo‘l berib so‘rashish istisno bo‘lib, yoshi katta shaxslar birinchi bo‘lib qo‘l uzatganidan keyingina unga javoban qo‘l uzatish mumkin). 3.6. Binolarga kirish joylarida tirbandlik yuzaga kelsa, o‘quvchilar o‘qituvchi va xodimlarni, erkaklar esa ayollarni o‘zlaridan oldin o‘tkazib yuborishlari lozim. 3.7. Milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo‘lmagan yoki umumta’lim maktabining ichki muammolariga taalluqli masalalarni Internet tarmog‘iga joylashtirish yoki undan turli maqsadlar yo‘lida foydalanish ta’qiqlanadi. 3.8. Kompьyuterlarda ta’lim muassasasiga tegishli bo‘lmagan ma’lumotlarni, shuningdek, turli kinofilьmlar, noqonuniy diniy ma’lumotlar, behayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ‘ib qiluvchi har qanday materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish va targ‘ib etish qat’iyan man etiladi. 3.9. O‘qituvchilar va o‘quvchilar tasdiqlangan mashg‘ulotlar jadvali asosida ishga va darsga o‘z vaqtida kelishi shart va ijodiy yondoshgan holda ish kunidan va dars jarayonidan unumli foydalanishlari lozim. 3.10. Ta’lim muassasasida har qanday huquqbuzarlik sodir etish ta’qiqlanadi. Jumladan, tuhmat qilish, haqorat qilish, jamoa a’zosiga ma’naviy yoki moddiy zarar etkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotni tarqatish, tan jarohati etkazish, fuqorolik muomalasidan chiqarilgan vositalarga oid munosabatlarga kirishish (giyohvand moddalar, psixotropik vositalar va hokazo), ichkilikbozlik, kashandalik, maishiy tinchlikka tajovuz qilish, janjallashish, qimor va tavakalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar o‘ynash qat’iyan man etiladi. Download 150.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling