Tashkil etish va boshqarish


Bevosita jadval tartibida jadvallar yaratish


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/27
Sana05.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#222732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
ARrTIqR5cXXlvCkEKJzAiz2KBYrHolp7

Bevosita jadval tartibida jadvallar yaratish  

Access    bevosita  jadval  tartibida  ham  jadvallar  yaratish  imkonini  beradi. 

Bunda  Access  aniqlab  berilmagan  holatda  foydalaniladigan,    tuzilishi  20  maydon 

va  30  ta  bo’sh  yozuvdan  iborat  bo’lgan  jadval  asosida  yangi  jadval  yaratadi, 

shundan  so’ng  jadvalga  ma’lumotlarni  to’g’ridan-to’g’ri  kiritish  mumkin  bo’ladi. 

Jadval  tartibida  yaratilgan    jadval  cheklangan  qo’llanishga  ega  bo’lib,  jadval 

maydoni  mazmuniy  nomga  ega  bo’lmaganligi  uchun  deyarli  har  doim  maydonni 

qayta nomlash uchun tuzilishni qayta tahrir qilish kerak bo’ladi.   

Jadval  tuzilishini  ishlab  chiqishda  unda  qanday  axborotlarni  saqlashi 

kerakligini  ko’rsatish  zarur  bo’ladi.  Jadvalga  qanday  axborotlar  kiritilishi  lozim 

bo’lgan  aniqlangandan  so’ng,  uni  maydonlar  bo’yicha  taqsimlab  tashlash  kerak 

bo’ladi.  Bu  jarayon  jadvalda  unikal  bo’lgan  maydon  nomlarini  tanlashdan  iborat 

bo’ladi. Nomlashda maydon nomi undagi axborotlar mazmuni to’g’risida etarlicha 

axborotlar  bera  oladigan  bo’lishi  bilan  birga  haddan  tashqari  uzun  bo’lib 

ketmasligi kerak. Odatda, ma’lumotlar bazasini ishlab chiqishda   turli jadvallar bir 

xil  nomga  ega  bo’lgan  maydonlarni  o’z  ichiga  olishi  mumkin  (jadvallar  shu 

maydonnlar vositasida bir-biriga bog’lanadi). Access ham turli jadvallardagi bir xil 

nomlanishli  maydon  nomlaridan  foydalanishga  imkon  beradi,  ammo,  Access 

maydon  nomlaridan  ma’lumotlar  yaxlitligini  anqlashda  foydalanishini  hisobga 

olib, maydon nomlarini takrorlanmasligini e’tiborga olish lozim.  

Jadvalni  to’ldirishdan  avval  bu  jadvalni  ma’lumotlar  bazasidagi  boshqa 

jadvallar  bilan  bog’lanishlarini  aniqlab  olish,  kalit  maydonlarni  aniqlash  va 

indekslarini yaratish lozim bo’ladi. 

Jadvallar o’rtasidagi bog’lanish kalit maydonlarda mos tushuvchi qiymatlar 

o’rtasidagi,  odatda,  turli  jadvallar  maydoni  o’rtasida,  munosabatlarni  o’rnatadi. 

Ko’p hollarda bir jadval kalitli maydonini ikkinchi jadvalning mos keluvchi (ko’p 




hollarda  bir  xil  nomga  ega  bo’lgan),  tashqi  kalit  maydoni  deb  nomlanuvchi  

maydoni  bilan  bog’lanishni  amalga  oshiradi.  Kalit  maydonga  ega  maydon  bosh 

jadval,  tashqi  kalit  maydonini  o’z  ichiga  olgan  jadval  bog’langan  jadval  deb 

yuritiladi. Munosabatlarning to’rt turi mavjud: 

  Birga-bir.    “A”  (bosh  jadval)  jadvali    ma’lumoti  “birga-bir” 



munosabatidan  foydalanish  “B”  (bog’langan  jadval)  jadvalida  bittadan  ortiq 

bog’langan  ma’lumotga  ega  bo’la  olmaydi  va  aksincha.  Bunday  ma’lumotlarni 

bitta jadvalga joylashtirish mumkinligidan bog’lanishning bu turidan kamdan-kam 

holatlarda  foydalaniladi.”Birga-bir”  munosabatda  bog’lanish  turidan  juda  keng 

jadvallarni  taqsimlab  yuborish  yoki    himoyalash  maqsadlarida  jadval  qischmini 

ajratib  tashlash  uchun  foydalaniladi.  “Birga-bir”  munosabatda  bog’langan 

jadvallarda kalit maydon unikal (o’zigagina xos) bo’lishi lozim.  

  Birga-ko’p  munosabat.    "Birga-ko’p"  munosabat  bilan  bog’lanish 



jadvallar  o’rtasidagi  bog’lanishlarda  eng  ko’p  foydalaniladigan  munosabat  turi 

hisoblanadi. Bunday bog’lanishda “A” jadvaldagi har bir yozuv “B” jadvaldagi bir 

nechta yozuvga mos kelishi mumkin, “B” jadvaldagi yozuvlar esa “A” jadvaldagi 

bittadan  ortiq  yozuvga  mos  kelishi  mumkin  emas.  “A”  jadvaldagi  kalit  maydoni 

unikal  bo’lishi  kerak.  “A”  va  “B”  jadvallarni  “birga-ko’p”  munosabat  bilan 

bog’lanishini  “B”  va  “A”  jadvallari  o’rtasidagi  ”Ko’pga-bir”  bog’lanish 

munosabati sifatida ko’rish mumkin.  

 




Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling