Otcheti
» (Hisobotlar). Hisobotlar jadval va so’rovlarda joylashgan
ma’lumotlarni qulay shakllantirilgan ko’rinishda qog’ozga chiqarish uchun
mo’ljallangan va modullarni ishga turishga imkon beradi.
«Makrosi»
(Makroslar) - makroslardan foydalanish qaytariluvchan
jarayonlarni avtomatlashtirishga imkon beradi. Qaytariluvchan buyruqlarni bitta
makrosga guruhlashtirib, bu buyruqlarni bevosita klaviatura orqali amalga
oshirishni ta’minlash mumkin.
«Moduli»
(Modullar). Modullar ma’lumotlar bazasi ob’ektlari bilan olib
borilayotgan jarayonlarni avtomat tarzda bajarish, sozlash funktsiyalarini yaratish,
shakl yoki hisobot ustida sichqoncha tugmasini bosish va shu kabi holatlarga
ishlov berish jarayonlarini yozish va jarayonlarni dasturiy boshqarish uchun
VBA-kodlarga ega bo’ladi, ya’ni, VBA-kodlardan qo’shima sifatida foydalanish
sozlanadigan menyu, vositalar paneli va boshqa imkoniyatlarga ega ma’lumotlar
bazasini yaratishga imkon beradi. Modullar foydalanuvchiga biron-bir haraktni
bajarilishida ma’lumotlar bazasi ob’ektlarini tanlash ketma-keligini yodda olib
qolish zaruriyatidan xalos qiladi va ish samaradorligini oshiradi. Ma’lumotlar
bazasi 32768 tagacha bo’lgan ob’ektlarni o’z ichiga oladi.
Ma’lumotlar bazasini qurishda Access tarkibiga qulaylashtirish vositalarini
kiritilishi ma’lumotlar bazasini yaratish jarayonlarini soddalashtirib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |