Tashkil etish va boshqarish
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
ARrTIqR5cXXlvCkEKJzAiz2KBYrHolp7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ko’pga-ko’p munosabat
Ko’pga-bir munosabat. "Ko’pga-bir" munosabatdagi bog’lanishdan
foydalanishda “A” jadvaldagi yozuvlarga “B” jadvaldagi bitta yozuv mos keladi, “B” jadvaldagi bitta yozuv esa “A” jadvaldagi bir nechta yozuvga mos kelishi mumkin. “B” jadvaldagi kalit maydoni unikal bo’lishi kerak. “A” va “B” jadvallarni “ko’pga-bir” munosabat bilan bog’lanishini “B” va “A” jadvallari o’rtasidagi ”birga-ko’p” bog’lanish munosabati sifatida ko’rish mumkin. 6. Ko’pga-ko’p munosabat. “Ko’pga-ko’p” munosabatdan foydalanishda “A” jadvaldagi bitta yozuvga “B” jadvalda bir nechta yozuv mos kelishi, “B” jadvaldagi bitta yozuvga esa “A” jadvaldagi bir nechta yozuv mos kelishi mumkin. Bunday holatda “A” va “B” jadvallardagi kalit maydoni unikal bo’lishi talab etilmaydi. Bog’lanish munosabatining bu turidan tashqi kalitlarga ega jadvallarni bog’lash uchun foydalaniladi. Bog’langan maydonlar albatta bir xil nomga ega bo’lishi shart emas, ammo ular aynan bir xil ma’lumotlar turiga ega bo’lishi zarur. Bundan tashqari, sonli ("Chislovoy" ) turida bog’lanayotgan ma’lumotlar bir qiymatdagi maydon kattaligi ("Razmer polya") xususiyatlariga ega bo’lishi lozim. Bu qoida ketma-ket raqamlanib boradigan va katta sonli ko’rsatkichga ega bo’lgan maydon bilan bog’lanishi mumkin bo’lgan ("Dlinnoe tseloe") hisoblagich (schetchik)
maydoniga taalluqli bo’lmaydi.turli uzunliklarga ega matnli maydonlar bilan bog’lanishni o’rnatish imkoniyati mavjud, ammo bu so’rovlarni yaratishda bir muncha murakkabliklar olib keladi. Ilova qilingan axborotlar yaxlitligini ta’minlash Access muhim xususiyatlaridan hisoblanadi, agarda jadvallar o’rtasidagi bog’lanishda ilova yaxlitligi shartlari qo’yilgan bo’lsa, u holda Access bog’langan jadvalga bosh jadvaldagi yozuvlarga mos kelmaydigan yozuvlar kiritilishiga, shuningdek, bosh jadvaldan bog’langan jadval ega bo’lgan yozuvlarni o’chirib tashlashga imkon bermaydi. Ma’lumotlar yaxlitligi sharti bog’langan jadvallardagi yozuvlar o’rtasidagi aloqalarni quvvatlab tutsrish uchun Accessda foydalanilayotgan qoidalar tizimini aniqlab beradi. Bu qoidalar bog’langan ma’lumotlarni tasodifan o’chirib tashlash yoki o’zgartirishlar kiritilishiga taqiqlab qo’yadi. Ma’lumotlar yaxlitligi shartlarining qo’yilishi bag’langan jadvallar bilan jarayonlar olib borilishiga cheklovlar qo’yadi, bog’langan jadvallar tashqi kalitlariga bosh jadval kalit maydonlari ega bo’lmagan qiymatlarni kiritish imkoni bo’lmaydi. Birlamchi kalitni aniqlash ham zarurdir. Agarda undan bosh jadval sifatida foydalanilmasa unga kalitni aniqlab berish shart emas. Odatda, bosh jadvallarda real ob’ekt to’g’risidagi axborotlar saqlanadi va har bir ob’ekt uchun faqat bitta yozuv amalga oshiriladi. Jadval kalitini aniqlab berish jadvalda bir xil yozuvlar paydo bo’lishi oldini olishning eng sodda usuli hisoblanadi. Bosh jadvalda birlamchi kalitni aniqlangan bo’lishi zarur, Access bunday kaliti aniqlanmagan jadvallarni shubhali deb hisoblaydi. Bunday jadvallarni konstruktor tartibida ochilish holatida jadval kaliti aniqlanmaganligi to’g’risidagi muloqot oynasi chiqadi. Takrorlanadigan ma’lumotlar paydo bo’lmasligi uchun bog’langan ma’lumotlarda ham kalitni aniqlab berish mumkin. Jadval kalitini bir nechta maydon qiymati bo’yicha ham aniqldash mumkin. Access kalit qiymati bo’yicha jadvalni avtomat tarzda indeksatsiyani amalga oshirali, ammo boshqa maydon qiymatlari bo’yicha qo’shimcha indeksatsiyalarni yaratish talab qilinishi mumkin. Indekslar jadvalning indeksatsiya qilingan maydonlarida ma’lumotlarni izlash jarayonlarini tezlashtirishga imkon beradi. Accessning har bir jadvali 32 tagacha indekslarga ega bo’lishi va ulardan 5tasi tarkibiy bo’lishi mumkin (tarkibiy indekslarga 10 ortiq bo’lmagan maydon kiritilishi mumkin). Har bir maydon uchun indeks yaratish jadvalni to’ldirish jarayonini sekinlashtirib yuboradi, chunki indeksatsiya har bir kiritilgan yoki o’zgartirilgan yozuvda avtomat tarzda amalga oshiriladi. Jadvaldagi barcha ma’lumotlarning bir xil turga ega bo’lishi relyatsion jadvalni ishlab chiqishning asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Jadval har bir maydoni uchun ma’lumot turini kiritish zarur, kiritilmagan taqdirda ma’lumot turi matnli deb qabul qilinadi. Ma’lumot turini kiritishda uning uzunligi, formati, maydon qiymatlarini aniq aks ettirish va sonli qiymatlarni aniqligiga ta’sir etuvchi boshqa ko’rsatkichlarni ham kiritish mumkin. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling