Jadvallar
Jadvallarni “Jadval ustasi” tartibida yaratish
“Jadval ustasi” yordamida ma’lumotlar bazasi ob’ektlarini yaratish
jarayonlari bir necha qadamlardan tashkil topgan bo’lib, yaratilayotgan ob’ekt
talab qilinayotgan ko’rsatkichlarini har bir qadamda o’rnatish mumkin. Jadval
ustasi tadbirkorlikda qo’llash uchun 33 ta jadval namunasi va shaxsiy
foydalanishlar uchun 22 ta jadval namunasi asosida yangi jadvallar yaratishga
imkon beradi.
Jadvallarni “Jadval Konstruktori”
(“Konstruktor tablits”)
tartibida
yaratish
Agarda ma’lumotlarni boshqa jadvaldan olish yoki bog’lash mumkin
bo’lmasa, jadvallar ko’p hollarda jadvalning talab qilinayotgan tuzilishini
aniqlashga imkon beruvchi konstruktor tartibida yaratiladi. Jadvallar konstruktori
tartibida jadvalning nomi, ma’lumotlar turi, izohlashlar, shu bilan birga,
qo’shimcha ravishda jadval maydoni xususiyatlarini ko’rish mumkin. Konstruktor
tartibida ochilgan jadval oynasi yuqori qismida paydo bo’ladigan ko’rinishga
jadval tuzilishi blankasi yoki oddiy jadval blankasi deb nomlanadi. Konstruktor
tartibida ochilgan jadval oynasi quyi qismida esa jadval maydonlari xususiyatlari,
shuningdek jadval faol xususiyatlarining izohi chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |