Tashkil etish va boshqarish
Relyatsion ma’lumotlar bazasi
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
ARrTIqR5cXXlvCkEKJzAiz2KBYrHolp7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’lumotlarni kiritish va o’zgartirish
- Ma’lumotlar bazasi himoyasi
- Qog’ozga chiqarish vositasi
Relyatsion ma’lumotlar bazasi. Barcha MMBT jadvalga yangi
ma’lumotlar qo’shish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan MBBT ba’zi funktsiyalarni amalga oshiruvchi elektron jadval dasturlaridan (Excel) farq qilmaydi. Shu nuqtai nazardan, bu fikrni noto’g’riligini ko’rsatish uchun MBBT va elektron jadval dasturlari o’rtasida tamoyiliy jihatdan mavjud uchta farqni ko’rsatish mumkin: 1. MBBT elektron jadvallar ishlov bera olishi mumkin bo’lgan axborotlar hajmidan ko’p darajada farq qiluvchi katta hajmdagi axborotlarga samarali ishlov berishni ta’minlash uchun ishlab chiqiladi; 2. MBBTda ikkita jadvalni shunday bog’lash mumkinki, bu foydalanuvchi uchun bitta jadvalda ishlayotgandek ko’rinadi. Elektron jadvallarda bunday imkoniyatlarni amalga oshirish amaliy jihatdan mumkin emas; 3. MBBT ma’lumotlar umumiy hajmini kamaytirib beradi. Buning uchun takrorlanuvchi ma’lumotlarga ega bo’lgan jadval bir nechta bog’langan jadvallarga ajratib tashlanadi. Access –Windowsning katta imkoniyatlarga ega ilovasi hisoblanib, MBBTning unumdorligi Windowsning barcha qulaylik va imkoniyatlarini amalga oshiradi. Access relyatsion MBBT sifatida barcha ma’lumotlar turiga kirishni ta’minlaydi va bir vaqtning o’zida bir nechta ma’lumotlar bazasi jadvalidan foydalanishga imkon berishi bilan birga, Paradox yoki dBase muhitida yaratilgan Май
дон Ёзув
лар jadvallardan ham foydalanish mumkin. Foydalanuvchi Microsoft Office muhitida ishlash asosida Accessga to’liq qo’shma bo’lgan matnli hujjatlar (Word), elektron jadvallar (Excel), taqdimot dasturlarini o’z ixtiyoriga oladi. Internet imkoniyatlari yordami World Wide Web ma’lumotlari bilan to’g’ridan-to’g’ri o’zaro hamkorlik qilishi va Internet Explorer va Netscape Navigator kabi ilovalar bilan ishlashni ta’minlash uchun HTML tilida taqdim etilgan ma’lumotlarni translyatsiya qilishi qilishi mumkin. Access ma’lumotlar bazasi fayllari tarmoqda taqsimlanadigan resurslar bo’lgan ko’p foydalanuvchili ilovalarni yaratish uchun maxsus loyihalashtirilgan va Accessda fayllarga ruxsat berilmagan kirishlardan ishonchli himoya tizimi amalga oshiriladi. Ma’lumotlar bazasi bitta faylda saqlanadi, ammo malakali foydalanuvchilar ma’lumotlar bazasini birida ma’lumotlar ob’ekti (jadvallar, so’rovlar), boshqasida ilova ob’ektlari (shakllar, hisobotlar, makroslar, modullar) saqlanadigan ikki qismga ajratishni afzal ko’radilar. Accessning oxirgi versiyalarida VBA-kodlarni kiritmasdan turib ilovalar yaratish mumkin bo’lgan fayllar yangi – kutubxona formatini (.MDE) taqdim etadi. Access MBBT katta quvvatli va murakkab tizim bo’lishiga qaramay, malakali bo’lmagan foydalanuvchilar uchun unday foydalanish murakkab bo’lmaydi. Access MBBTning asosiy funktsiyalari: Ma’lumotlarni tashkil qilish. Jadvallar yaratish va ularni boshqarish. Bog’langan jadvallar va ma’lumotlarga kirishni ta’minlash. Keyinchalik bir nechta jadvalni birlashtirish maqsadlarida Access mos keluvchi maydon qiymatlari bo’yicha jadvallarni bir-biriga bog’lashga imkon beradi. Ma’lumotlarni kiritish va o’zgartirish. Bu funktsiya ma’lumotlarni taqdim etishda jadvaldan farqli bo’lgan shakllarni ishlab chiqish va amalga oshirishni talab qiladi. Ma’lumotlarni taqdim etish. Access ma’lumotlar jadvali va ma’lumotlar bazasining boshqa ob’ektlari asosida turli hisobotlarni shakllantirishga imkon beradi. Makroslar. Makroslardan foydalanish qaytariluvchan jarayonlarni avtomatlashtirishga imkon beradi. Qaytariluvchan buyruqlarni bitta makrosga guruhlashtirib, bu buyruqlarni bevosita klaviatura orqali amalga oshirishni ta’minlaydi. Accessning keyingi versiyalarida makros qo’shmaliylikni ta’minlash uchun ishlatiladi. Modullar. Modullar o’zida Access VBAda (dialekt Visual Basic Application) funktsiya yoki jarayonni ifoda qiladi. Bu jarayonlardan murakkab hisoblashlarda foydalanish mumkin. Protseduri na Access VBAdagi jarayonlar standart makroslar imkoniyatini oshirishga xizmat qiladi. Ma’lumotlar bazasi himoyasi. Bu vosita ko’p fodaylanuvchili muhitda ilova ishlarini tashkil qilishga va ma’lumot bazalariga ruxsatsiz kirishlar oldini olishga imkon beradi.
Qog’ozga chiqarish vositasi. Bu funktsiya yordamida Access ma’lumotlar bazasida ko’rish mumkin bo’lgan barcha ma’lumotlarni qog’ozga chviqarishga imkon beradi. Shuningdek, Access tayyor ilovalarni (Office Developer Edition Tools yordamida) tarqatish uchun distributiv disklarni tuzish imkonini ham beradi. Tarqatish biron-bir tashuvchida barcha zaruriy fayllarni etkazib berishni e’tiborga oladi. ODE Tools paketi o’rnatish dasturlari va tarqatish vositalarini yaratishni o’rnatish ustasini o’z ichiga oladi. Shuningdek, Access o’rnatilmagan kompyuterlarda ilovani bajarilishiga imkon beradi. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling