Tashkil qilish
Download 0.66 Mb.
|
90 minglik ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Joriy yo ‘riqnoma.
Yo'riqnoma. Mashg'ulot jarayonida kirish, joriy va yakuniy yo'riqnomalar olib boriladi. Kirish yo'riqnomasining qancha
davom etishi va undagi m a ’lumotlarning hajmi o'quvchilarning yoshiga bog'liq bo'ladi. 5—6-sinflarda materialni birdaniga emas, balki bir necha qismga bo'lib bayon etish tavsiya qilinadi, chunki qo'shaloq darsga mo'ljallangan mehnat topshirig'ini bajarish uchun zarur bo'lgan h a m m a m a ’lumotni o'quvchilar birdaniga qabul qilolmaydilar. 8—9-sinflarda bir qismning o'zida katta hajmdagi materialni bayon qilish m um kin, mehnat topshirig'i qismlarga ajratilmay, birdaniga beriladi. Masalan, 6-sinfda o'quvchilar maktab o'quv-tajriba uchastkasidagi ekinlarga etiketkalar tayyorlashlari kerak. Bu etiketkalar mixlar bilan birlashtirilgan taxtacha va qoziqdan iborat bo'ladi. O'quvchilar buyum texnologiyasini tashkil qiluvchi asosiy operatsiyalar (rejalash, arralash, randaiash) bilan tanishgan. Shu sababli o'qituvchi topshiriq haqida gapirib berib, mana shu operatsivalarni bajarishning asosiy usullarini o'quvchilar bilan birgalikda takrorlaydi. Shundan keyin yangi topshiriqni bayon qil ishi kerak: qoziq uchini randalab o'tkirlash va taxtachaga qoziqni mixlar yordamida mahkamlash. 6-sinfda yangi topshiriqni qismga bo'lib bayon qilish tavsiya etilgani uchun o'quvchilarning topshiriqqa tayyorlanishlari ham bir necha usulda tekshiriladi. M azkur holda materialni bayon qilishni uchta qismga bo'lish m umkin: taxtachani tayyorlash, qoziqni tayyorlash, yig'ish. Joriy yo ‘riqnoma. Bu yo'riqnoma o'quvchilarning mustaqil ishlari bilan bog'liqdir. O'quvchilarning mustaqil ishlari mehnat darsining asosiy bosqichidir. Unga o'quv vaqtining 80% gacha qismi ajratiladi. O'quvchilar mustaqil ishining samaradorligi haqida ular to p shiriqlarni qanday bajarayotgani, mehnatda o'z bilimlaridan qanday foydalanayotgani va hokazolarga qarab xulosa chiqarish mumkin. Bunday m a ’lumotlarni o'quv jarayonining borishini m untazam va rejali kuzatish hamda nazorat qilish orqaligina olish mumkin. Shu sababli o'quvchilarning mustaqil ishi o'qituvchining bunda qatnashmasligini mutlaqo nazarda tutmaydi. Aksincha, o'qituvchining roli alohida m a s ’uliyatli bo'ladi. A m m o o'qituvchining vazifasiga faqat nimalar bo'layotganini qayd qilish, ba’zi o'quvchilar mustaqil ishni uddalay olayotgani, boshqalari uddalay olmayotganini ifodalovchi shakllarni sharhlashgina kirmaydi. Kuzatishlar natijasida olingan m a ’lumotlar o'qituvchi uchun boshlang'ich material bo'ladi, o'qituvchi shu material bazasida o'quvchilarga yondashish, ularning mustaqil ishlarini boshqarishni amalga oshiradi. O'quvchilarning mustaqil ishlari paytida o'qituvchi b iro'r indan boshqa ish o'rniga o'tib, zaruriyatiga qarab yakka yo'riqnomani amalga oshiradi. Agar h a m m a o'quvchilarga qandaydir biror m a ’lumotni yetkazish yoki m a i u m mehnat usulini namoyish qilish lozim bo'lsa, guruhiy yo'riqnoma o'tkazadi. Yo'riqnoma paytida o'qituvchi yo‘1 qo'yilgan xatonigina ko'rsatib qolmaydi, balki eng m uhim i bu xatoning sabablarini ochib beradi, chunki xatoni tuzatishgina emas, unga bundan keyin yo'l qo'ymaslik kerak. 0 ‘quvchilarning mustaqil ishini boshqarish o'qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni talab qiladi. O'quvchilarga yordam berishda uning uchun ishni bajaraish emas, balki ularning faoliyatini to'g'ri yo'lga o'z vaqtida yo'naltirish kerak, chunki ko'pincha mehnat jarayonidagi xatolar tuzatib bo'lmas kamchiliklarga (brakka) olib kelishi m a ’lum. Shu sababli o'qituvchi qayerda bunday xatolarga yo'l qo'yilishi mumkinligini oldindan ko'rishi va o'quvehilarni ulardan saqlab qolishi kerak. O'quvchilarning mustaqil ishini yo'naltirishda ularga ortiqeha g'amxo'rlik qilavermaslik kerak, chunki bu o'quvchilarning tashabbusini bo'g'adi, texnik ijodkorlikning rivojlanishiga to'sqinlik qiladi. O'quvchilarning mustaqil ishlari faoliyatini konstruksiyalash, texnologiyani tashkil etish, modellashtirish, materiallarni bevosita ishlash, zanjirlar yig'ish kabi har xil sohalarni o'z ichiga olishi m umkin. Har qanday holda ham mustaqil faoliyat muvaffaqiyatining zarur sharti unga o'quvchilarning tayyorgarligidir. Agar o'quvchilar topshiriqni tushunsalar va uni bajarish yo'llarini tasavvur qila olsalar, ya’ni topshiriqni bajarishga kuchlari yetsagina topshiriqqa qiziqadilar. Agar topshiriq o'quvchilar hali egallamagan bilimlar va mehnat usullarini qo'llashga mo'ljallangan bo'Isa, bu hoi o'quvehilarni loqaydlikka, o'z kuchlariga ishonmaslikka olib keladi. Shu sababli o'qituvchi o'quvchilarning m ustaqil ishlashi uchun mehnat topshirig'i xarakterini belgilashda eng avvalo uni talab qilinayotgan bilim, ko'nikm a va malakalar nuqtayi nazaridan o'quvchilarning qo'lidan kelish-kelmasligirii tekshiradi. Ba’zan o'quvchilarning mustaqil ishi uchun obyektlarni rejalashtirishda, agar vaqt imkoni bo'Isa, buyum ni takror tayyorlashni bajarish ham maqsadga muvofiqdir. Bunday holda o'quvchilar o'sha usullarni bajarishni mashq qiladilar, o'qituvchi esa ular oldingi xatolarni takroran takrorlamasliklarini tekshiradi. Mehnat ta’limi jarayonida m ehnatning ijtimoiy foydali xarakteri va m e ’yorlanishi o'quvehilarni mustaqil faoliyatga rag'batlantirishning asosiy omili hisoblanadi. Tashkil etilgan musobaqa o'quvchilar mustaqil ishining samaradorligini oshirishda m u h im vosita bo'lib xizmat qiladi. Musobaqaning to'g'ri tashkil qilinishi, o'quvehilarni yagona jamoaga birlashtirilishi xafagarchilik va janjallarga olib kelmasligi kerak. Shu orqali o'quvchilarga bizning jam iyatim iz sharoitida musobaqaning sanoat uchun tavsifli raqobatga hech qanday aloqasi yo‘qligini tushuntirish lozim. Har bir o'quvchining burchi jam oa manfaatlarini unutib o‘zining shaxsiy muvaffaqiyatlariga intilish emas, balki, o'z yutuqlarini yashirmay o'z tajribasi bilan o'rtoqlashishi, o'rtoqlariga yordam berishidadir. Musobaqa shartlarini o'qituvchi sinf faollari bilan birgalikda ishlab chiqadi, musobaqa natijalari esa devoriy gazetada m untazam yoritiladi, maktab radiosi orqal eshittirib boriladi va hokazo. O'quvchilarning mustaqil ishi butun dars davomida yoki uning bir qismida uzluksiz o'tishi, shuningdek yangi materialni bayon qilish bilan almashinishini (asosan 5—6-sinflarda) m umkin. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling