Tashkil qilish


Download 0.66 Mb.
bet30/57
Sana24.01.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1115420
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57
Bog'liq
90 minglik ish

Tushuntirish o'quv materiali m azm unini isbot, tahlil, umtimlashma, taqqoslash asosida bayon qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo'llaniladi. Undan odatda nazariy materiallar va murakkab masalalarni o'rganishda foydalaniladi.
Tushuntirish chog'ida o'quv materialining qiyin o'rinlariga urg'u
berilib, m azm un ochiladi. Tushuntirish samarasi o'qituvchining
ko'rgazmali vositalardan foydalanishiga bog'liq. Tushuntirish hikoyaga yaqin bo'lgan ta'lim metodi hisoblanadi. Kasb ta'limida hikoya va tushuntirishdan alohida holda kam foydalaniladi. Masalalarni bayon qilishda, masalan: mashinalar, mexanizmlar tuzilishi yoki texnologik jarayonlarning borish ini bayon qilishda ko'pincha hikoya va tushuntirish birga qo'shib olib boriladi. Hikoyani tushuntirish muvaffaqiyatli o'tkazilishi uchun o'qituvchi o'quvchilarning amaliy tayyorgarligini hisobga olgan holda vetkaziladigan materialni qabul qila ol ish lari n i tasavvur qilishi kerak. Buning uchun o'quvchilar maxsus texnologiya, materialshunoslik mavzulari bo'yicha qaysi o'quv materialini o'tganliklarini bilishi muhimdir. Bundan tashqari, 0‘qituvchi o'quvchilarni y o i la n m a vaqtida savollar yordamida nimalarni eslashlarini tekshiradi va zarur bilimlarni ular xotirasida qayta tiklaydi.
Mci'niza yirik hajmdagi o'quv materialini og'zaki bayon qilish
metodi sanalib, u qa t’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilavotgan axborotlarning ko'pligi, bilimlar bayonining tizimliligi kabi o'ziga
xos xususiyatlarni namoyon etadi.
Ma'ruza m azm uni murakkab tizimlar, hodisalar, obyektlar,
jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bogianishlari, qonun va qoidalardan tashkil topadi, u butun dars jarayonini qamrab olishi mumkin. M a ’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi, bir vaqtda o'quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o'rgata boradi.
Maktab m a ’ruzasining samaradorligini ta’minlash shartlari quyidagilardan iborat: m a ’ruza rejasini tuzish; o'quvchilarni ma'ruza mavzusi, rejasi bilan tanishtirish; m a ’ruza bandlarini mantiqiylik va ketma-ketlikda bayon etish: har bir bandini qisqacha xulosalash; m a ’ruzaning bir qismidan ikkinchisiga o'tishda mantiqiy aloqadorlikni ta’minlash; ma'ruzani muammoli va hissiy tarzda bayon qilish; bunda nutq imkoniyati, misollar, aniq dalillar va qiyoslashlardan foydalanish; o'quvchilarning bilish faoliyatini mahorat bilan boshqarish; m a ’ruzaning m uhim jihatlarini ochib berish; o'quvchilar m a'ruzaning asosiy o'rinlarini yozib borishlariga imkon ya rat ish; m uhim o'rinlarni ta'kidlab ko'rsatish; m a ’ruza m azm unini ko'rgazmali tarzda (namoyish, illyustratsiya, videofilm va boshqalardan foydalangan holda) yoritish.
T a i i m sifatini oshirishda ko'rgazmali metodlar ham alohida
ahamiyatga ega. Ko'rgazmali m etodning quyidagi turlari mavjud:
Ushbu m etodlardan foydalanish zaruriyati ko'rsatmalilik tamoyiliga amal qilish maqsadga muvofiq ekanligida ko'rinadi.
Pedagogik-psixologik yo'nalishda olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan m a ’lum bo‘ladiki, shaxs tom onidan o'zlashtirilayotgan bilimlarning 85 foizi ko'rish retseptorlari vordamida o'zlashti ri lad i. Ko'rgazmali metodlar — bu ko‘rsatmali qurollarni namoyish (ko‘rsatish) qilish, mehnat usullarini ko'rsatish; o'quvchilarning mustaqil kuzatishlari; o'quv-ishlab chiqarish ekskursiyalari.
Ko'rsatmali qurollarni namoyish qilish (ko'rsatish) metodi yordamida o'quvchilarda mehnat harakatlarining muayyan va aniq obrazi shakllanadi. Ular unga taqlid qiladilar va o'z harakatlarini qiyoslaydilar. Mazkur metodning qo'llanilishi kasb t a ’limida ko'rgazmalik tamoyilining yaqqol namunasi bo'lib hisoblanadi. Kasb ta’limi darslarida ko'rsatmali qurollarning turli xil va shakllaridan foydalanish o'qituvchining tushuntirishlarini yaxshi idrok qilish ha mda o'zlashtirishlarga, malakalarning mustahkam shakllanishiga yordam beradi. Plakatlar, sxemalar, modellar, maketlarni namoyish qilish bilan bir qatorda harakatdagi ish quroli. Asboblar, moslamalar xomashyolar, buyumlarning namunalari va hokazolarni ko'rsatish ham katta ahamiyatga ega.

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling