Tashkil qiluvchi quruq qorishma mahsulotlar. Quruq qurilish qorishmalarini ishlab chiqarishda


Download 107.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana16.06.2023
Hajmi107.84 Kb.
#1518803
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
3-маъруза 21

yelimlash, 
shpaklevkalash 
bo’yoqlar 
tayyorlashda 
foydalaniladi. 
Bog’lovchi moddalar QQQ tarkibida asosiy tashkil etuvchi ashyo 
komponent hisoblanadi. 


Mineral bog’lovchi mddalarning fizik-kimiyoviy ta’sirlardan suniy 
toshga aylanish jarayoni qotish-struktura hosil qilish deb ataladi va shu 
jarayonning amalga oshish shart-sharoitiga ko’ra ular havoda qotuvchi 
(aerosion) va suvda qotuvchi (gidravlik) guruhlarga bo’linadi. 
Havoda qotuvchi (aerosion) bog’lovchi mrddalar deb quruq va ochiq 
havo sharoitida suniy toshga aylanuvchi, ma’lum mustahkamlikka ega 
bo’lib, bu mustahkamlikni uzoq muddatga saqlovchi va vaqt moboynida bu 
mustahkamligi oshib boruvchi ashyolarga aytiladi. Havo bog’lovchi 
moddalar guruhiga qurilish ohagi, gips va magnezial bog’lorvchi moddalar 
kiradi. 
Gidravlik bog’lovchi moddalar deb ochiq havoda, nam-namchil 
sharoitda va suv ichida ham qotib suniy tosh hosilqiluvchi, ma’lum 
mustahkamlikka ega bo’lgan va bu mustahkamlikni shu aytilgan sharoitlarda 
uzoq muddatlarda saqlab qoluvchi va oshirib boruvchi ashyolarga aytiladi. 
Gidravlik bog’lovchi moddalar guruhiga, gidravlik ohak, romansement, 
portlandsement va uning turlari, giltuproqsement, zudlik bilan qotuvchi
qotganda kengayuyachi va kirishmaydigan sementlar kiradi
b) polimer bog’lovchi moddalar- akril, karbomidmetilselyulloza, efir selyulloza, 
polivinilxlorid, “Viker” firmasining “Vin-naps” polimer kukuni va boshqalar; 
3. 
в) to’ldirgichlar-kvars qumi, ohaktosh kukuni, 
marmar kukuni, perlit, vermikulit, marshallit, dolomit, bo’r, kaolin, bentonit
g) tarkib qo’shimchalari-unsurlar-suv-suyuqlikni tutib turuvchilar, rang 
beruvchilar-pigmentlar, armaturalovchi tolalar, ko’pik hosil qiluvchi yoki 
ko’pik hosil bo’lishini so’ndiruvchi, havo simiruvchi, qotish jarayonini 
seklashtiruvchi, aktivlashtiruvchi, quyuqlashtiruvchi, suyuqlik-suvni o’zidan 
itaruvchi (gidrofobizator), sirti aktiv superplastifikatorlar. 
Odatda, QQQ tarkidining 90...95 % bog’lovchi moddalar va to’ldirgichlar 
tashkil qiladi, qolgan 5...10% organik yoki anorganik manbaalardan tuzilgan 
qorishma tarkibini mukammallashtiruvchi (modifikasiya) va rostlovchi 
(reguliruyushiye) qo’shimchalar-unsurlardan tashkil topadi. Bunda qo’shimcha-


unsurlar qorishmalarga turli-tuman spesifik xususiyatlar baxsh etadi-masalan
ravonlik (plastichnost), sirtidan suvni itaruvchanlik (gidrofobnost), sovuq-
ayozli haroratga chidamlilik (morozostoykost), otashbardoshlik (ognestoykost) 
va boshqalar). 
Mukammallashtirilgan tarkibli QQQ foshdalanishning ommalashuviga sabab 
ko’plab funksional qo’shimcha-unsurlarning ishlab chiqilishi va urarni amalda 
tadbiq qilinishi bo’ldi. Mukammallashtirilgan tarkibli QQQ bu funksional 
unsurlar ta’sirida reologik ko’rsatkichlari takomillashib, sifat va samaradorlikka 
eshishishi bilan bir qatorda, ularning tan narxi odatiy (klassik) qorishmalardan 
anchagina qimmatlashib boradi. Sababi, ko’pchilik qo’shimchalarni ishlab 
chiqarishda qimmatbaho (unsur tan narxining 80...97% qiymatini tashkil etadi) 
kimiyoviy moddalardan foydalanishda yoki murakkab, ilmiy salohiyatni talab 
qiluvchi texnologiyalar zaruratida.
Mamlakatimizda, QQQ va betonlar tarkibini mukammallashtirish uchun 
qo’llaniluvchi unsurlarga GOST 24211-2008 talablariga mos kelishi 
me’yorlanadi. Shu me’yoriy hujjatga asosan bu unsurlar ularning ta’sir 
effektiga ko’ra uch guruhga bo’linadi: 

Download 107.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling