Tashkil qiluvchi quruq qorishma mahsulotlar. Quruq qurilish qorishmalarini ishlab chiqarishda
Quruq qurilish qorishmalarini ishlab chiqarishda qo’llaniluvchi xom
Download 107.84 Kb. Pdf ko'rish
|
3-маъруза 21
Quruq qurilish qorishmalarini ishlab chiqarishda qo’llaniluvchi xom
ashyo materiallar, ishlab chiqarish texnologiyasi haqida Bog’lovchi moddalar deb-ma’lum stadiyada tarkib tashkil etuvchi elementlarini qorishtirilganda plastik-yelimsimon massa hosil qiladi, qaysikim unga aralashtirilgan sochiluvchan mineral kukun, qum, shag’altosh, chaqiqtosh kabi to’ldirgichlarni ilashtirib, ma’lum muddatda qotuvchi va suv yoki agressiv muhitga chidamli suniy tosh materialga aytiladi. Bog’lovchi moddalar kimiyoviy tarkibiga ko’ra ikki guruhga bo’linadi: Anorganik (mineral) bog’lovchi moddalar (gips, havo ohagi, portlandsement va boshqalar); Organik asosli bog’lovchi moddalar (bitum, qatron, polimerlar); Suvoq qorishmalarini tayyorlash uchun arorganik (mineral) bog’lovchi moddalardan portlandsement, shlakliportlandsement va boshqa sulfatga chidamli sementlardan foydalaniladi, bunda sementning mustahkamligi suvoq tosh mustahkamligidan 3...4 marotiba mustahkamroq bo’ladi. Havo ohagi xamirsimon yoki ohak suvi sifatida, ayrim hollardagina, yachilgan ohak kukuni sifatida ishlatiladi. Shuningdek, qurilish qorishmalarini tayyorlashda gips asosli bog’lovchi moddalardan ham keng foydalaniladi, bunda qorishma mustahkamligi sementda tayyorlangan qorishma mustahkamliga nisbaton yaqinroq bo’ladi. Portlandsement yoki unga turdosh sementlardan M25 va undan yuqori markali qurilish qorishmalarini tayyorlashda foydalaniladi. Ohakli bog’lovchi moddalardan M10 va undan pastroq qurilish qorishmalarini tayyorlashda foydalaniladi. Qurilish qorishmasining tosh sifatida mustahkamligi qanaqa bo’lishidan qatiy nazar, bino ichida havoning namlik darajasi 60% dan yuqori bo’lgan xonalar uchun sement asoli bog’lovchilardan foydalanish tavsiya etiladi. GIPS, GIPS ASOSLI BOG’LOVChI MODDALAR, TARKIBI, XUSUSIYaTLARI, QO’LLALINILIShI Gips asoli bog’lovchi moddalar GOST 125-09 normativ-me’yoriy talablariga muofiq ishlab chiqariladi. Gips asosli bog’lovchi moddalar ishlab chiqarish uchun xom ashyo material sifatida tabiiy gips toshi minerali ishlatiladi. Bu mineral tog’ jinsi bo’lib, kalsiy sulfat tuzining ikki molekula suvli birikmasi shaklida uchraydi: - CaSO4*2H 2 O-tabiiy gips toshi. Toza tabiiy gips toshi tarkibidagi kimyoviy birikmalar guruhi quyidagi 1-jadvalda keltirilgan: 1-jadval Birikmaning nomlanishi Massaga nisbatan % hisobida SaO (kalsiy oksidi) 32.6 SO 3 (sulfat oksidi) 46.5 H 2 O (suv) 20.9 Tabiiy gips toshining fizik ko’rsatkichlari 2-jadvalda keltirilgan: 2-jadval Fizik ko’rsatkichning nomlanishi miqdori Zichligi, kg/m3 2200...2400 Uyurma zichligi, kg/m3 1300...1600 Namligi, % 3...5 Moos shkalasidagi qattiqligi 2 Suvda eruvchanligi, CaSO4 eritmasi sifatida, g/l; quyidagi haroratlarda: t=18 o C t=40 o C t=100 o C 0.2 0.21 0.17 Harorat o’tkazuvchanligi(16..46 oC intervalda) Vt/(m*K) 0.43 Xom ashyo navini tarkibdagi CaSO4*2H2O miqdorga nisbatan % da belgilash: I nav II nav III nav IV nav kamida: 95 90 80 70 Tabiiy gips toshini yuqori harorat ostida ishlov berilganda (107 o C dan boshlab), undagi kimiyoviy bog’langan suv bug’lanib chiqa boshlaydi va oqibatda yarim molekula suvli formaga o’tadi (CaSO4*0.5H2O). Yarim suvli gips toshini tegirmonda tortib maydalab undan gips bog’lovchi moddasi olinadi va bu usulda olinuvchi gips bog’lovchisiga β-modifikasiya rusumi beriladi. Gips bog’lovchi moddasining α modifikasiyali navini ishlab chiqarish uchun, tabiiy gips toshini avtoklav deb nomlanuvchi, germetik yopiq idishda to’yingan yuqori bosimli suv bug’i bilan ishlov berilganda olinadi. Bunda harorat t=115oC dan oshganda kimyoviy bog’lpangan suv tomchi sifatida toshdan ajralib, yarim molekula suvli formaga o’tadi. Download 107.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling