«Tashkiliy hulq» fanidan oraliq nazorat ishi
Download 138.5 Kb.
|
Tashkiliy hulq oraliq sohibjon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Odamlarning mavhumlikdan qo’rqishi
- Ish yuzasidan muloqot muloqot
«Tashkiliy hulq» fanidan oraliq nazorat ishi 14- variant 1. Tashkiliy o'zgartirishlarga qarshilik guruhlari. 2. Ish yuzasidan muloqot va muzokaralar. Telefon kommunikatsiyalar. 3. Funktsional murakkablilik darajasi. O'zini-o'zi tartibga soluvchi jarayonlar. Kafedra mudiri: dots. T.Dadaboyev Javoblar: 1) Ayrim joylarda amalga oshirilayotgan o’zgartirishlar ko’pincha muayyan qarshiliklarga uchrashi mumkin. SHunday qarshiliklar oqibatida mehnat unumdorligi, ish sur’ati va mahsulot sifati pasayishi, mehnat intizomi yomonlashuvi, xodimlar qo’nimsizligi, qiziqish kamayishi, kayfiyat tushib ketishi, mehnat mojarolari kelib chiqishi, o’tkazilayotgan o’zgartirishlarda xodimlarning ishtirok etish ishtiyoqi yo’qolishi ehtimoldan xoli emas. O’zgartirishlarga qarshiliklar turlicha bo’ladi. Bunday qarshiliklarda ayrim kishilar yoki jamoalar qatnashishi yoxud ular tashkiliy tus olishi ham mumkin. Qarshilik guruhlari barcha tashkilotlarda ko'plab uchrab turadi.Ular o'zgarishlarga ko'nika olmaydilar yoki o'zgarishlardan qo'rqadilar.Bazida insonlar mol dunyoga ham ruju qo'yishadi. Quyida bazi hollarni keltirib o'tamiz:
2) Ish yuzasidan muloqot muloqot – odamlarning o’zaro shaxsiy munosabatlari, aloqalari, zarur hollarda, ish jarayonida va ish uchun axborot va fikr-mulohazalarni baham ko’rishdir. U biror xabarni aytish, farmoyish berish yoki olish, muzokara o’tkazishni o’z ichiga oladi. Muloqot maqsadlari oshkora va pinhona bo’lishi mumkin. SHu sababli muloqotdoshlarning haqiqiy maqsadlarini bilib olish ularning aniq harakat va ishlarini tushunish uchun muhimdir, bu esa amaliy o’zaro harakatning strategiyasinigina emas, taktikasini ham bilib olish imkonini beradi. Dastlabki taassurot odamlarning tanishuvidan, avvalo, ularning tashqi qiyofasi va xatti-harakatlaridan boshlanadi. SHu jaryonda yoqtirish yoki yoqtirmaslik tuyg’usi tug’iladi. Salom-alik va o’zaro suhbatdagi jozibadorlik tufayli yoqtirish tuyg’usi, beo’xshov xatti-harakat oqibatida yoqimsizlik tuyg’usi tug’iladi. Kimningdir maqsadi suhbatdoshiga yoqmasligi mumkin. B unarsa suhbatdoshlarning shaxsiy idroki va tajribasiga bog’liq bo’ladi. Suhbatdoshlar bir-birining niyatini anglagan taqdirda muloqot ma’noli, samarali bo’ladi. Bir-birini anglash jarayoni o’z fikrini, niyati va orzularini oshkora bayon etishga tayyorlikni, suhbatdoshning gapini tinglash, uning intilishlari va qiziqishlarini tushunish qobiliyatini talab qiladi. Suhbatdoshlar o’zaro harakatning aniq shaklini tanlab olishlari, ya’ni ular hamkorlik qiladilarmi yoki raqobatga kirishadilarmi, - shunga aniqlik kiritish lozim bo’ladi. Ish yuzasidan muloqot muloqotning muvaffaqiyatli bo’lishi uchun muayyan qoidalarga rioya etilishi kerak. Download 138.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling