Tashkilot imijini shakllantirishda
Birinchi yoʻnalish- tadbirlar uyushtirish
Download 25.74 Kb.
|
ilmiy maqola - artel imiji
- Bu sahifa navigatsiya:
- “ Artel kompaniyasi kitobxonlikni targ’ib etadi” 2
Birinchi yoʻnalish- tadbirlar uyushtirish (matbuot konferensiyalari, ochiq muloqot, press-tur, davra suhbati va boshqalar). Artel kompaniyasi doimiy ravishda yangi mahsulot chiqrish yoki, yangi filiallar ochishilishi oldidan matbuot anjumanlari, jurnalistlar uchun press-turlar tashkil etadi. Maktab yoshidagi bolalarda IT, texnika, ishlab chiqarish sohalariga qiziqishni orttirish uchun “Artel bilan tanishuv” tadbirlarini o’tkazib turadi.
Ikkinchi yoʻnalish- tashkilot faoliyatining ommaviy axborot vositalarida yoritilishi. “Artel” brendining xalq ommasiga tanilishida o’zgacha yondashuvdagi reklamalarining xizmati katta. Xalqona uslub, o’zbekcha chehralar, samimiy so’zlar, ishonch jalb qiluvchi sodda tushuntirishlardan iborat reklamalar respublikamizning jamiki telekanallarida tinimsiz “aylanib turadi”. Davriy matbuot, radio, internet nashrlari hamda tashqi rekalamalar(palakat, baner, broshyuralar, ekran reklamalari)dagi doimiylik insonlar ongida “artel-ishonchli” g’oyasini singdirishga hissa qo’shmoqda. Ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar mafkura manbalaridan biri boʻlmish hayotimizning ajralmas bir qismiga aylangan. Chunki, ijtimoiy munosabatlarda ularning ahamiyati juda katta boʻlib, jamoatchilikning fikrini shakllantirishda eng muhim omillardan biri hisoblanadi. “Artel kompaniyasi kitobxonlikni targ’ib etadi”2“Artel «Khan academy Uzbek» onlayn bepul ta’lim platformasiga 400 ming AQSH dollari ajratadi.”3“Artel kompaniyasi Isfandiyor Haydarovning shaxsiy ko’rgazmasini tashkil etdi.”4“Artel kompaniyasi shu yilning aprel oyida kattalar va may oyida yoshlar oʻrtasida ogʻir atletika boʻyicha Osiyo va Jahon chempionatlariga homiylik qildi.”5 kabi xabarlarning OAVda tez-tez ko’zga tashlanishi insonlarda kompaniyaning ijtimoiy siyosatiga ishonch va havas ruhini uyg’otishiga yetarli bo’ladi.Uchinchi yoʻnalish - tashkilotning veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlar orqali targʻiboti. Aytish kerakki, kompaniyaning PR bo’limi tarkibidagi “Artel matbuot xizmati” doimiy tarzda so’nggi yangiliklardan mijozlari va o’quvchilarini boxabar etib turadi. Ijtimoiy tarmoqlarda ham kompaniya va uning asoschisi Jahongir Ortiqxo’jayev haqidagi yangiliklar doim katta qiziqish bilan o’qiladi va shov-shuvlarga sabab bo’ladi. Xususan, joriy yilning boshida Artel kompaniyasi “alohida soliq imtiyoziga egaligi haqidagi xabar jamoatchilik muhokamasiga sabab bo’lgan edi. Matbuot xizmati esa bunga quyidagicha rasmiy bayonot berdi: “2020 yil uchun kompaniya to‘lagan soliq va majburiy to‘lovlar davlat budjetiga tushgan jami soliq tushumlarining 0,6 foizini tashkil etgan (103,6 trln.dan 0,63 trln.so‘m). 2021 yilda davlat va mahalliy budjetga 699 mlrd so‘mdan ortiq soliq va bojxona to‘lovlari amalga oshirilgan.”6 Download 25.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling