Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi Tashkilotning ichki va tashqi muhiti
Download 0.79 Mb.
|
KURS ISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish kooperativi (arteli)
Sho'ba va bog'liq jamiyatlar. Xo'jalik jamiyati, agar boshqa (asosiy) xo'jalik jamiyati yoki o'rtoqlik uning nizom sarmoyasidagi ustivor ishtiroki sababli yoki ular orasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yoki boshqa tartibda bunday jamiyat tomonidan qabul qilinadigan qarorni belgilab berish imkoniyatiga ega bo'lsa, sho'ba jamiyat deb tan olinadi.
Sho'ba jamiyat asosiy jamiyat (o'rtoqlik)ning qarzlari bo'yicha javob bermaydi. Sho'ba jamiyatiga uning uchun majburiy bo'lgan qo'rsatmani, shu jumladan uning bilan shartnoma bo'yicha ko'rsatma berish huquqiga ega asosiy jamiyat (o'rtoqlik) keyingi tomonidan bu ko'rsatmani ijro etish uchun tuzilgan bitimlar bo'yicha sho'ba jamiyat bilan birgalikda javob beradi. Sho'ba jamiyatining ishtirokchilari(aksiyadorlari), agarda xo'jalik jamiyatlari haqidagi qonunda boshqa narsa qo'zda tutilmagan bo'lsa, asosiy jamiyat (o'rtoqlik)dan uning aybi bilan sho'ba jamiyatga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilish huquqiga egalar. Xo'jalik jamiyati, agar boshqa(ustivor, ishtiroq etuvchi) jamiyat aksiyadorlik jamiyati ovoz beruvchi aksiyalarining yigirma foizidan ko'prog'iga yoki ma'sulyati cheklangan jamiyat nizom sarmoyasining yigirma foiziga ega bo'lsa, bog'lik deb tan olinadi. Ishlab chiqarish kooperativi (arteli) - fuqarolarning o'zlarning shaxsiy mahnatlari va boshqa ishtiroklariga asoslangan birgalikdagi ishlab chiqarish va boshqa xo'jalik faoliyati (sanoat, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, sotish, ishlarini bajarish, savdo, maishiy xizmatlar va boshqa xizmatlarni ko'rsatish) uchun a'zolik va uning a'zolari (ishtirokchilari)ning mulkiy payli badallarini birlashtirish asosidagi ixtiyoriy birlashmasidir. Qonun va ishlab chiqarish kooperativining ta'sis hujjatlari tomonidan uning faoliyatida yuridik shaxslarni ham ishtiroq etishi ko'zda tutilishi mumkin. Ishlab chiqarish kooperativi tijorat tashkiloti bo'ladi. Kooperativning firma nomi uning nomi va "ishlab chiqarish kooperativi" yoki "arteli" so'ziga ega bo'lishi kerak. Kooperativning ta'sis hujjati uning a'zolari umumiy majlisi tomonidan tasdiqlangan nizomidan iborat bo'ladi. Kooperativ a'zolarining soni beshtadan kam bo'lmasligi kerak. Kooperativ boshqaruvining yuqori idorasi uning a'zolarining umumiy majlisidan iborat bo'ladi. Ellik nafardan ortiq a'zosiga ega kooperativdai kuzatuv kengashi tashkil qilinishi mumkin, u kooperativ ijroiya idoralari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. Boshqaruv va (yoki) uning raisi kooperativning ijroiya idoralari bo'ladilar. Ular kooperativ faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradilar va kuzatuv kengashi va kooperativ a'zolarining umumiy majlisiga hisobot beradilar. Faqat kooperativ a'zolari kooperativning kuzatuv kengashi va boshqaruvining a'zolari, hamda kooperativ raisi bo'lishlari mumkin. Kooperativ a'zosi bir vaqtda kuzatuv kengashi a'zosi va boshqaruv a'zosi yoki kooperativ raisi bo'lishi mumkin emas. Kooperativ boshqaruv idoralarining huquq doirasi va ular tomonidan qarorlarni qabul qilish tartibi qonun va kooperativning nizomi tomonidan belgilab beriladi. Kooperativ a'zolari umumiy majlisining mutloq huquq doirasiga qo'yidagilar kiradi: nizomni o'zgartirish; kuzatuv kengashini tashkil qilish va uning a'zolari vakolatlarini tugatish, hamda agar bu huquq nizom bo'yicha uning kuzatuv kengashiga topshirilmagan bo'lsa, kooperativ ijroiya idoralarini tashkil qilish va vakolatini tugatish; kooperativ a'zoligiga qabul qilish va undan chiqarish; kooperativning yillik hisobotlari va buxgalteriya balanslarini tasdiqlash va uning foyda va zararlarini taqsimlash; kooperativni qayta tashkil qilish va tugatish haqidagi qarorni qabul qilish. Ishlab chiqarish kooperativlari haqidagi qonun va kooperativ nizomi tomoni dan umumiy majlisning mutloq huquq doirasiga yana boshqa masalalarni hal qilish ham kiritilishi mumkin. Kooperativning umumiy majlisi va kuzatuv kengashining mutloq huquq doirasiga kiritilgan masalalar ular tomonidan kooperativning ijroiya idoralariga hal qilish uchun topshirilishi mumkin emas. Kooperativ a'zosi umumiy majlis tomonidan qarorlar qabul qilishda bitta ovozga ega bo'ladi. Download 0.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling