Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi


rasm. Tashkilotning yashash davri


Download 232.29 Kb.
bet3/19
Sana18.06.2023
Hajmi232.29 Kb.
#1591052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Tashkiliy tuzilmalarning zamonaviy turlari

rasm. Tashkilotning yashash davri

Birinchi bosqich - tashkilotni tashkil qilinishi, uni vujudga kelishi. Bunda asosiy vazifalar - bozorga chiqish, yanada rivojlanish uchun ko'proq foyda olishdir.


Ikkinchi bosqich - tashkilotning o'sishi. Bu bosqichning asosiy maqsadi - qisqa muddatli foyda va jadal o'sish. Asosiy vazifa -bozorning bir qismini qamrab olish.
Uchinchi bosqich - tashkilotning balog'ati. Bunda asosiy maqsad barcha yo'nalishlar bo'yicha samaradorlikni oshishidan iborat bo'ladi. Eng muhim vazifa - korxonaning obro'sini oshirish. Bu korxonaning tuzilishiga davriy ravishda o'zgartirishlar kiritishni talab qiladi.
To'rtinchi bosqich - tanazzul, tashkilotni qarishi. Raqobat, bozorni qisqarishi natijasida tashkilot o'z mahsulotiga talabni kamayishiga duch keladi. Tashkilotning asosiy maqsadi mavjud o'rinlari saqlab qolish hisobiga barqarorlikni ta'minlashdan iboratdir.
Tashkilot hayotining yana bir pallasini ajratish mumkin. Tashkilotdagi ishlarning holati va menejmentning hulqiga ko'ra quyidagi variantlar bo'lishi mumkin; tashkilotning qaytadan tiklanishi yoki uni tugatilishi. Ko'pgina hollarda tashkilotni boshqarishning asosiy maqsadi uni qaytadan tiklashdan iborat bo'ladi. Bunda tashkilot faoliyatini o'zgartirish, uni qayta tashkil qilish va innovatsiyalarni tadbiq etish asosiy vazifa bo'ladi.
Bozor tomonidan o'zini o'zi boshqarish bozor xo'jaligi sub'yektlarining mehnat jamoalarini tashkil qiluvchi mulk egalari, tadbirkorlar, menejerlar, yollanma xodimlarga yangicha ijtimoiy stratifikatsiyalanishi (bo'linishi)ni, va shunga ko'ra, mulk egasini o'zini o'zi boshqarishi, tadbirkorni o'zini o'zi boshqarishi, menejerning kasbiy boshqaruvi va mehnat jamoasi a'zolarining o'zini o'zi boshqarishini kuzda tutadi. Bozor iqtisodiyoti sub'yektlari o'rtasida vujudga keladigan boshqaruv vazifalarini taqsimlanishi ko'pgina omillarga bog'liqdir. Hammadan avval har bir sub'yektning imkoniyatli (xos bo'lgan) vazifalarini ajratish kerak. Masalan, mulk egasi uchun bu - egalik qilish, foydalanish, boshqarish vazifasidir. Mulk egasining dastlabki boshqaruv munosabati bo'lgan o'zini o'zi boshqarishiga ko'ra uning mulki vazifa sifatida bo'ladi, uni u to'liq hajmda yoki qisman bajarishi mumkin.
Tadbirkor, bozor iqtisodiyotining mustaqil sub'yekti sifatida sarmoya-mulkni sarmoya-vazifadan ajralishi natijasida paydo bo'lgan, buning oqibatida mulk egasi va tadbirkorlar bir birlariga nisbatan avtonom bo'lib qolganlar (mulk egasi-tadbirkor, tadbirkor esa mulk egasi bo'lolmasligi mumkin). Tadbirkor, bozor iqtisodiyotining asosiy arbobi sifatida, o'z nomidan, o'zining tavakalchiligi va javobgarligi ostida foyda olish uchun bozorni tovarlar va xizmatlar bilan to'ldirishga qaratilgan tashabbusli faoliyatni tashkil qiladi.
Menejment va uning sub' yekti - menejerni har tomonlama ta'riflash mumkin. Birinchidan, menejmentni, tashkilot davlatniki bo'lsa ham, davlatga emas, balki tadbirkorlik tuzulmasi (tashkilot)ga tegishli ekanligini tasdiqlash zarur. Ikkinchidan, menejmentning, turli-tuman bilimlarni talab qiluvchi, kasbiy yo'lantirilganligi ajratiladi. Uchinchidan, menejment boshqaruv tamoyillari, vazifalari, usullari va shakllarining yig'indisi sifatida bo'ladi. Menejer tashkilot faoliyatining samaradorligi uchun javob beradi va buning uchun tegishli daromad oladi.
Mehnat jamoasining boshqaruv faoliyati sohasi hammadan avval mehnat munosabatlari va ishning sifatini qarab oladi. Xodimlar tomonidan bajariladigan boshqaruv vazifalarining doirasi ularning rivojlanganligi darajasi, ijtimoiy sherikligi, malakasi, shaxsiy sifatlari va boshqa ominlarga bog'liqdir.
Shuni ta'kidlash keraki, mulk egasi-tadbirkorni o'zini o'zi boshqarishi, menejerni kasbiy boshqaruvi va mehnat jamoasini o'zini o'zi boshqarish o'rtasidagi chegaralar shartli va harakatchandirlar. Tadbirkor, menejer, xodimlar tashkilotning aktsiyasi yoki payi (ulush)ni xarid qilib, uning birgalikdagi egasi bo'ladilar. Bunda mulk egasi, tadbirkor, menejer, mehnat jamoasi a'zosi vazifalarini ma'lum darajada bunday birlashishida ularni bir vaqtdagi chegaralanishlari birmuncha samaraliroq bo'ladi.
Tashkilotning bevosita va kundalik boshqaruvida menejerlar va, ayniqsa, ularning yuqori darajasi muhim rol o'ynaydi. Bunda mulk egasining o'zini o'zi boshqarishi daslabki boshqaruv munosabati bo'ladi.
Zamonaviy tashkilotlar katta turli-tumanliklari bilan ta'riflanadilar va ma'lum alomatlar bo'yicha bo'linadilar.
Masalan, shakllantirish alomatlari asosida quyidagilarga ajrati ladilar:

Download 232.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling