Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi


Boshqaruvning vazifaviy tuzilishi


Download 232.29 Kb.
bet9/19
Sana18.06.2023
Hajmi232.29 Kb.
#1591052
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Tashkiliy tuzilmalarning zamonaviy turlari

Boshqaruvning vazifaviy tuzilishi - bu tuzilmada boshqaruv ta'sirlari to'g'ri chiziqli va vazifaviyga ajraladilar va bu ta'sirlardan har biri ijrochi uchun majburiydir. Vazifaviy aloqalar boshqaruvning har qanday umumiy va aniq vazifalari majmuasini amalga oshiradilar.
Ushbu tuzilma umumiy rahbar va bo'linmalar (texnik, iqtisodiy va h.k.) rahbarlari ijrochilarga o'z ta'sirini vazifalar bo'yicha taqsimlaydilar. Rahbarlar bir birlarining ishiga aralashmaydilar. Umumiy rahbarlar faqat bo'linmalar rahbarlarining harakatlarini muvofiklashtiradilar va o'z vazifalarining cheklangan ro'yxatini bajaradilar (rahbarlar o'rtasidagi muvofiqlashtiruvchi aloqa rasmda ko'rsatilmagan).
Har bir rahbar faqat vazifalarning aniq ijrochilar tomonidan ishni bajarilishi uchun zarur bo'lgan zarur qisminigina o'ziga oladi. Bunda rahbarlarni ishni bajarilishini borishi haqida xabardor qiluvchi teskari aloqa bo'lmasligi mumkin. Bunday tuzilmada rahbarlar vazifaviy deb ataladilar.
Ijrochi ham o'zining ishlarining bir qismini quyida turuvchi darajaga topshirishi va unga nisbatan vazifaviy rahbar bo'lishi mumkin. Shunday qilib, bitta ijrochi bir vaqtda bir necha vazifaviy rahbarlarga bo'ysunishi mumkin.
Boshqaruvning vazifaviy tuzilishining afzalliklari quyidagilar: rahbarlikka aniq sohadagi omilkor mutaxassislarni jalb qilinishi;
nostandart vaziyatlarni hal qilishdagi operativlik;
vazifaviy rahbarlarning kasb mahoratini tez o'sishi; Boshqaruvning vazifaviy tuzilishining kamchiliklari kuyidagilar:
yakka xukumronlik tamoyilini buzilishi; javobgar shaxsni yo'q bo'lishi; bo'linmalar faoliyatini muvofiklashtirishni qiyinligi.
To'g'ri chiziqli vazifaviy tuzilma o'z ichiga ham to'g'ri chiziqli va ham vazifali tashkil qilishlarni oladi, bu ijrochilar uchun ikki tomonlama bo'ysunishni yaratadi. Boshqaruvning ko'pgina idoralari va ijrochilari boshqaruv faoliyati(vazifalari)ning alohidagi turlarini bajarishga ixtisoslashadilar, vazifaviy bo'linmalar quyida turuvchi bo'limlarga ko'rsatmalar va farmoyishlarni (vakolatlari doirasida ) berish huquqiga egalar (5.6- rasm.)
Bu tuzilmaning afzalliklari aniq vazifalar uchun javob beruvchi mutaxasislarning yuqori omilkorligi, to'g'ri chiziqli rahbarlarning ular vazifaviy faoliyat masalalari bo'yicha ma'lumotlar tayyorlashdan ozod bo'lganliklari natijasida operativ boshqaruv bo'yicha imkoniyatlarini kengayishidir.






Korxo na direktori







Moliya Xodimlar

Rejalashtirish Ta'minot







1-bo'lim

2-bo'lim 3-bo'lim

Tuzilmaning kamchiligiga qo'yidagilarni kiritish mumkin:

  • harakatlar birligining yo'qligi;

  • vazifaviy xizmatlar o'rtasida doimiy o'zaro aloqalarni qo'llab quvvatlash imkoniyati yo'qligi;

  • qarorlar qabul qilishning uzoq muddatli tadbirlari; ijrochilarning ish uchun javobgarliklarini pasayishi, chunki

  • ulardan har biri bir necha rahbarlardan ko'rsatmalar oladilar;

  • xodimlar tomonidan "yuqoridan" olinadigan ko'rsatmalar va farmoyishlarni muvofiqlashmaganligini, chunki har bir vazifaviy bo'linma o'zining masalalarini birinchi o'ringa qo'yadi.

yakka hukmronlik tamoyilini buzilishi. Boshqaruvning to'g'ri chiziqli - shtabli tuzilmasida birinchi (to'g'ri chiziqli) rahbarga aniq masalalarni ishlab chiqish va tegishli qarorlar, rejalarni tayyorlashda shtablar deb atalgan, vazifaviy bo'limlardan tashkil topgan boshqaruvning maxsus apparati yordam beradi. Bunday bo'linma o'z qarorlarini yuqori rahbar orqali o'tkazadi yoki (maxsus vakolatlar doirasida) ularni pastda turuvchi daraja xizmatlari va ijrochilarigacha yetkazadi.
Vazifaviy bo'linmalar, qoidaga ko'ra, ishlab chiqarish (tijorat) bo'limlariga mastaqil ravishda farmoyishlar berish huquqiga ega emaslar.
Vazifaviy xizmatlar ishlab chiqarishning texnik qo'llab quvvatlanishini amalga oshiradilar, ishlab chiqarishga rahbarlik qilish bilan bog'lik masalalarni hal qilish variantlarini tayyorlaydilar, to'g'ri chiziqli rahbarni rejalashtirish, moliyaviy hisob-kitoblar, moddiy-texnik ta' minot va boshqa masalalardan ozod qiladilar. Tashkiliy tuzilma boshqaruvning yuqori operativligini ta'minlaydi.
Firma qanchalik yirik bo'lsa, u shunchalik shoxlab ketgan apparatga ega bo'ladi. Shu munosabat bilan vazifaviy xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish yoki o'zining ixtiyorida kompyuter texnikasiga ega bo'lgan yuqori malakali xodimlarga ega yirik ixtisoslashgan bo'linmalarni tashkil qilish haqidagi masala vujudga keladi.
Boshqaruvning bu tuzilmalarida bo'linmalar o'rtasida gorizontal darajadagi yaqin aloqalar va o'zaro hamkorliklar yo'qdir.

Download 232.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling