Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi


Divizional (yoki bo'limli) tashkiliy tuzilma


Download 238.83 Kb.
bet11/19
Sana16.06.2023
Hajmi238.83 Kb.
#1498654
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
Tashkiliy tuzilmalarning zamonaviy turlari

Divizional (yoki bo'limli) tashkiliy tuzilma yakuniy natija (mahsulot, is'temolchi yoki bozor)ga asoslanadi. Bu tuzilmada yuqori darajadagi bir qator vazifalarni markazlashuvi va ishlab chikarish (tijorat) bo'linmalarining faoliyatini markalashtirilmaganligi birlashtiriladi. Tashkilotning yuqori darajasi asosiy resurslarni rejalashtiradi va taqsimlaydi, strategik qarorlarni qabul qiladi, shu bilan birga bo'linmalar operativ qarorlarni qabul qiladilar,"foydaning markazlari" bo'lgan holda, foyda olish uchun ma'suldirlar. Divizional tuzilmani ba'zida "muvofiqlashtiril gan markazlashtirmaslik" sifatida belgilaydilar. Undan ko'p mahsulotli ishlab chiqarish(tijorat) yoki ko'p millatli kompaniyalarda keng foydalanadilar, ulardagi xududiy tarqoqlikda mamlakatli bo'limlarni avtonomlashtirish zarur. Ayniqs, u bozor holatining o'zgarishlari kamroq ta'sir ko'rsatuvchi va amalda texnoligik yangiliklarga bog'lik bo'lmagan sohalarda samarali qo'llaniladi.
Tashkilotning divizional tuzilmasida har xil bozorlardagi faoliyatning turlarini ratsional boshqarish mumkin. Ishlab chiqarish bo'limlari rahbarlari o'zlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulot, ko'rsatilayotgan xizmatlar va o'zlariga biriktirilgan xududga ko'ra faoliyatni nafaqat "daraja bo'yicha", balki "vazifalar bo'yicha" ham muvofiqlashtiradilar. Natijada qarorlar qabul qilish jarayoni tezlashadi va uni amalga oshirishning sifati oshadi.
Ammo ishlab chiqarish bo'limlarida maqsadlarni "qisqartirish" tendensiyasi kuzatiladi. Bo'limlarni tashkil qilish natijasida boshqaruv apparatini o'sishi qo'shimcha xarajatlarni oshishiga olib keladi. Asosiy resurslarni markazlashtirgan holda taqsimlanishda ular yetishmagan holda bo'limlar o'rtasida nizolar vujudga kelishi mumkin. Divizional tashkilotlarda yana bo'limlararo kar'yera qiyinlashadi.
Mahsulotli tashkiliy tuzilmada qandaydir mahsulotni ishlab chikarish va sotishga rahbarlik qilish bo'yicha vakolatlar bitta rahbarga topshiriladi, u mahsulotning ushbu turi uchun javobgar bo'ladi. Ikkilamchi vazifaviy xizmatlar (ishlab chiqarish, texnik va sotish) rahbarlari boshqaruvchi oldida hisobot berishlari kerak.
Mahsulotli tuzilmaga muvofiq harakat qiluvchi yirik firma aniq maqsulotga unga mahsulotning bir ikki turini ishlab chiqaruvchi firma qaragandek e' tiborni qaratadi. Natijada bu firma yangi mahsulotni ishlab chiqarishda boshqa tashkiliy tuzilmalarga asoslangan firmalarga qaraganda kattaroq muvaffaqiyatlarga erishadi.

Download 238.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling