Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi


Download 238.83 Kb.
bet8/19
Sana16.06.2023
Hajmi238.83 Kb.
#1498654
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
Tashkiliy tuzilmalarning zamonaviy turlari

To'g'ri chiziqli tuzilma tashkilot va har bir bo'linmaning boshida barcha vakolatlarga ega bo'lgan va boshqaruvning barcha vazifalarini o'z qo'liga jamlagan rahbat turishini ko'zga tutadi. Zanjircha bo'yicha yuqoridan pastga uzatiladigan uning qarori barcha quyida turuvchi bo'g'inlar tomonidan bajarilishi majburiydir. Boshqaruvning ushbu tizimi rahbarlarning ierarxiyasi shunday asosda tashkil qilinadi (masalan, tashkilot tashkilot direktori, sex boshlig'i, master).

Direktor

D


Sex boshlig'i


Sex boshlig'i


Sex boshlig'i


master


master


master


master


master


master

irektor


To'g'ri chiziqli tashkilot tuzilmasi.
Yakka hukmronlik tamoyili shundan iboratki, qo'l ostidagilar faqat bitta rahbarning farmoyishlarini bajaradilar. Buning ustiga amaldor shaxs qandaydir ijrochilarga ularning bevosita rahbarini chetlab o'tib, farmoyish berish huqukiga ega emas.
Ushbu tuzilma ayrim mutaxassislar va xizmat bo'linmalarini mavjud bo'lishiga yo'l qo'yadiki, ular faqat to'g'ri chiziqli rahbarga axborotlarni yig'ish va ishlab chiqarish yordam beradilar, ammo o'zlari boshqarilayotgan ob'yektga ko'rsatmalar yoki yo'riqnomalar beraolmaydilar.
Boshqaruvning bu tuzilmasining afzalligi farmoyishlarning yakkaligi va aniqligi, rahbarning o'zi boshqarayotgan bo'linma faoliyati natijalari uchun oshirilgan javobgarligi, qarorlar qabul qilishdagi operativligi, ijrochilar tomonidan bir birlari bilan muvofiklashtirilgan farmoyishlarni olinishidir.
To'g'ri chiziqli tuzilmaning kamchiliklari qo'yidagilardan iborat: rahbarga nisbatan yuqori talab, u boshqaruvning barcha vazifalari va korxona (bo'linma) faoliyati turlari bo'yicha keng bilimlar va tajribaga ega bo'lishi, axborotlar bilan to'ldirilishi, qo'li ostidagilar, yuqori rahbarlar va qo'shni tashkilotlar bilan aloqaning ko'pliligiga ega bo'lishi kerak.

Download 238.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling