Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi


Faoliyat turlari bo'yicha


Download 238.83 Kb.
bet5/19
Sana16.06.2023
Hajmi238.83 Kb.
#1498654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Tashkiliy tuzilmalarning zamonaviy turlari

Faoliyat turlari bo'yicha. Faoliyat turi mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar)ning bir turdagi majmuasini olinishiga olib keluvchi jarayon sifatida belgilanadi. Faoliyatning bir turi bitta oddiy jarayondan (masalan to'kimachilikdan) tashkil topishi yoki butun bir qator jarayonlarni qamrab olishi (avtomobillarni ishlab chiqarish) mumkin.
Xo'jalik yuritish sub'yektlarini fao liyat turlariga ajratishda kuyidagi farqlar ko'zga tashlanadi:
- asosiy faoliyat - bu qo'shimcha qiymatni tashkil qilishda katta ulush qo'shuvchi faoliyatdir.Amalda mahsulotning alohida turlari bo'yicha bunday ma'lumotlarni olishning iloji yo'q. Shuning uchun faoliyatning asosiy turini faoliyatning ushbu turi bilan bog'liq tovarlar va xizmatlarga to'g'ri keluvchi yalpi ishlab chiqarishning ustivor ulushi bilan belgilash tavsiya etiladi. Bunday hisoblashning murakkabligida faoliyatning asosiy turi faoliyatning tegishli turi bilan band bo'lgan xodimlarning xodimlar umumiy sonidagi ulushini hisoblashdan aniqlanishi mumkin. Bunda asosiy faoliyatga umumiy qo'shimcha qiymat yoki band bo'lganlar sonining 50 yoki undan ortiq foizi to'g'ri kelishi shart emas, ammo bu faoliyat ustivor bo'lishi kerak;
- ko'makchi faoliyat - unga fao liyatning boshqa sohalar mahsulotlari ishlab chiqariladigan ayrim turlari kirtiladi. Ko'makchi faoliyat iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat klassifikatorining tegishli guruhlarida hisobga olinadi. Fao liyatning asosiy va ko'makchi turlari mahsulotlari bozorda sotish yoki foydalanishning boshqa turlari uchun mo'ljallanganlar.
- yordamchi faoliyat - bu ob'yekt faoliyatining asosiy turlarini qo'llab quvvatlash uchun amalga oshiriladigan faoliyatdir. U asosiy va ikkilamchi dan ajratilmaydi - u asosiy ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatuvchi faoliyat (tashish, saqlash, xarid qilish, boshqaruv ta'minot, marketing, ta'mirlash va sozlash ishlari va h.k.). Xo'jalik yurituvchi sub'yektlar tarkibiy bo'linmalarning yordamchi faoliyati uning asosiy faoliyati bo'yicha hisobga olinadi.
Tashkilotlar o'lchamlari bo'yicha yirik, o'rtacha va kichik guruhlarga ajratilishi mumkin. Bunday bo'linishning tasniflovchi alomatlari sifatida ko'proq tahlil qilish uchun olinishi osonrok bo'lgan band bo'lganlar soni. sotishlar(oborot)ning hajmi, aktivlarning balans qiymati kabi mezonlardan foydalaniladi. Ammo ulardan hech biri tashkilotni u yoki bu guruhiga kiritish uchun yetarlicha dalilli asoslar bo'lmagani sababli, amalda ko'pincha mezonlarning kombinatsiyasidan foydalaniladi.
Bizning mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish haqidagi" qonunda o'z aksini topgan yondashuvdan foydalanilgan.
Unga ko'ra kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga quyidagi shartlarga mos keluvchi kooperativlar, tijorat tashkilotlari, yakka tadbirkorlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi dehqon (fermer) xo'jaliklari kiradilar:
yakka tartibdagi tadbirkorlik - yuridik shaxs tashkil etmagan holda jismoniy shaxs tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi. Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan xo dimlar yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida o'ziga tegishli bo'lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va undan foydalanishga yo'l qo'yadigan o'zga ashyoviy huquq tufayli o'ziga tegishli bo'lgan mol-mulk huquqi negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi;
kichik korxonalar - mustaqil xo'jalik faoliyatini olib boruvchio'z balansiga ega bo'lgan, soliqlar va boshqa to'lovlarni to'lagandan so'ng foydasini o'zi taqsimlaydigan korxo na;
mikrofirma - kichik biznes korxonasining bir turi. Mamalakatimizda sanoat ishlab chiqarishning tarmoqlarida 20 kishigacha, xizmat ko'rsatish sohasida 10 kishigacha, savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 5 kishigacha ishlovchi korxo nalar mikrofirma hisoblanadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining kengayishi iqtisodiyotning boshqa soxa va tarmoqlari ishlab chiqarish xajmidagi salmogining oshishi orqali xam namoyon bo`ladi.

Tashkilotlarni tashqi va ichki muhit omillariga moslashishlariga ko'ra ikki turdagi mexanistik va organik tashkilotlarga ajratish mumkin.


Tashkilotlarning mexanistik turi qo'yidagilar bilan tariilanadi:

  • aniq ma’lum va barqaror vazifalar;

  • egilmaydigan tuzilma;

  • o'zgarishlarga qarshiliq qilish ;

  • nazoratning ierarxik tuzimi;

  • kommunikatsiyalarning ko'proq farmoyishlar, yo'ruqnomalar va rahbarlik tomonidan qabul qilingan qarorlarga ega buyruqli turi.

Organik turdagi vazifalar uchun quydagilar xosdir:

  • dinamik vazifalar;

  • egiluvchan tuzilma;

  • o'zgarishlarga tayyorlik;

  • hokimiyatni bilimlar va tajribaga asoslanishi;

  • o'zini o'zi nazorat qilish va hamkasblarning nazorati;

  • komunikatsiyalarning axborotlar va maslahatlarga ega ko'p yo'nalishligi.

Ushbu turlardan har biri ma'lum afzalliklarga ega. Shunga ko'ra, ushbu turlardan har biriga atrof muhitning xarakteri noaniqlikning darajasiga muvofiq ma'lum afzallik berish mumkin. Agar atrof-muhitning dinamik, noaniqlik darajasi yuqori bo'lsa tashkilotlarning organik turi samaraliroq bo'ladi. Agarda atrof-muhitning barqarorligi va noaniqligi past darajada bo'lsa, afzallikni tashkilotlarning mexanistik turiga berish mumkin.
Bundan tashqari, tashkilotlarni faoliyatining boskichlari, rivojlanganlik darajasiga muvofiq bo'lish mumkin.



Download 238.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling