Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi


Tashkilotlar faoliyatini turkumlashtirish. Tashkiliy tuzilmalarning turlari


Download 238.83 Kb.
bet6/19
Sana16.06.2023
Hajmi238.83 Kb.
#1498654
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Tashkiliy tuzilmalarning zamonaviy turlari

2.2. Tashkilotlar faoliyatini turkumlashtirish. Tashkiliy tuzilmalarning turlari
Mehnatni taqsimlanishi tashkilotning eng muhim ta'riflari bo'ladi.
Hatto agar ikkita kishi bir maqsadga erishish uchun birgalikda ishlayotgan bo'lsalar ham, ular o'zaro mehnatni taqsimlashlari kerak. Ishni tashkil qiluvchi tarkibiy qismlarga bunday taqsimlanishi mehnatni gorizontal bo'linishi deb ataladi. Ishning katta hajmini kichikroq ixtisos- lashtirilgan vazifalarga taqsimlash odamlarning ushbu miqdori mustaqil ishlaganlariga qaraganda ancha ko'proq mahsulotni ishlab chiqarish va sotishga imkon beradi, ya'ni mehnatning kattaroq unumdor-ligini beradi. Kichikroq tashkilotlarda mehnatni gorizontal taqsimlanishi ancha kuchsizroq kuzatiladi. Masalan, umumiy ovqatlantirish korxonalarining bir vaqtda boshqaruvchilari ham bo'lgan egalari, ovqat tayyorlashlari va keluvchilarga xizmat ko'rsatishlari mumkin.
Yirik va o'rtacha tashkilotlarda gorizontal taksimlanish yetarlicha aniq kuzatiladi. U o'ziga xos vazifalarni bajaruvchi va aniq maqsadlarga erishuvchi bo'linmalarni tashkil qilish yo'li bilan amalga oshiriladi. Ular bo'limlar, xizmatlar, sektorlar va h.k. deb ataladilar. Tashkilot kabi, uning bir qismi bo'lgan bo'linmalar ham odamlar guruhidan tashkil topadilar va bu odamlar faoliyatini umumiy maqsadlarga erishish uchun muvofiqlashtirish kerak. Buning uchun muhnatni vertikal taqsimlanishi kerak, bunda bitta bo'linma rahbari boshqa bo'linmalar rahbarlarining ishini muvofiklashtiradi, ular ham, o'z navbatida, keyingi bo'linmalar rahbarlarinig ishini muvofiqlashtiradilar. Mehnatni bunday vertikal taqsimlash natijasida boshqaruv bosqichlari tashkil bo'ladilar.
Demak, tashkilotda mehnat taqsimotining ikkita ichki uzviy shakllari mavjud. Birinchisi - bu mehnatni umumiy faoliyatning qismlarini tashkil qiluvchi tarkibiy qismlarga taqsimlash, ya'ni gorizontal taqsimot, ikkinchisi - harakatlarni muvofiqlashtirish bo'yicha ish, ya'ni vertikal taqsimot. Bu harakatlarni muvofiklashtirish bo'yicha faoliyat boshqaruvning mohiyatini tashkil qiladi.
Tashkilotni rivojlanishi jarayoni, uning faoliyatini turkumlashtirish oltita bosqichdan tashkil topadi.

Download 238.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling