Tashkilotlar va ularni boshqarish Mavzu 3 Marketing va menejment Maxamadaliyeva E`zoza Rustamxodjayevna Dars rejasi


Download 219.57 Kb.
bet1/4
Sana26.09.2023
Hajmi219.57 Kb.
#1688041
  1   2   3   4
Bog'liq
mavzu 3 (2)

Tashkilotlar va ularni boshqarish

Mavzu 3

Marketing va menejment

Maxamadaliyeva E`zoza Rustamxodjayevna

Dars rejasi:

Tashkilotlar tushunchasi va ularning tasnifi


Tashkilot deb atalishi uchun qandaydir guruh quyidagi majburiy talablarga javob berishi kerak:
— hech bo‘lmaganda, o‘zini ushbu guruhning a’zosi deb hisoblaydigan ikkita shaxsning mavjud bo‘lishi;
— hech bo‘lmaganda, guruhning barcha a’zolari o‘zlari uchun umumiy deb qabul qilgan bir maqsadning mavjud bo‘lishi;
— maqsad (maqsadlar)ga erishish uchun birgalikda ishlaydigan guruh a’zolarining mavjud bolishi.

Tashkilotning yashash davri

Birinchi bosqich tashkilotning tashkil etilishi, uni vujudga kelishi. Bunda asosiy vazifalar — bozorga chiqish, yanada rivojlanish uchun ko'proq foyda olishdir.

  • Birinchi bosqich — tashkilotning tashkil etilishi, uni vujudga kelishi. Bunda asosiy vazifalar — bozorga chiqish, yanada rivojlanish uchun ko'proq foyda olishdir.
  • Ikkinchi bosqich — tashkilotning o‘sishi. Bu bosqichning asosiy maqsadi — qisqa muddatli foyda va jadal o‘sish.
  • Uchinchi bosqich — tashkilotning balog‘ati. Bunda asosiy maqsad barcha yo‘nalishlar bo‘yicha samaradorlikning oshishidan iborat bo‘ladi. Eng muhim vazifa — korxonaning obro‘sini oshirish.
  • To‘rtinchi bosqich tanazzul, tashkilotning eskirishi. Raqobat va bozorning qisqarishi natijasida tashkilot o‘z mahsulotiga talabning kamayishiga duch keladi

Shakllantirish alomatlari

  • rasmiy tashkilotlar, ular aniq qo‘yilgan maqsad, shakllantirilgan qoidalar, tuzilma va aloqaga egalar; bu guruhga Biznesning barcha tashkilotlari, davlat va xalqaro institut va idoralar kiradi. Ushbu o‘rganishning predmeti asosan rasmiy xo‘jalik tashkilotlari yuridik shaxslardan iboratdir;
  • norasmiy tashkilotlar, ular aniq ma’lum maqsadlar, qoidalar va tuzilmalarsiz faoliyat yuritadilar; ularga oila, do‘stlik, odamlar o‘rtasidagi norasmiy munosabatlarning barcha institutlari kiradi.

Download 219.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling