Tashqi, ichki va aralash sekretsiya bezJari haqida umumiy tushuncha


Download 149.9 Kb.
bet6/7
Sana24.12.2022
Hajmi149.9 Kb.
#1063603
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Tashqi

Me'da osti bezi. Bu bez me'daning pastki va orqa sohasida bi¬rinchi bel umurtqasi ro'parasida joylashgan bo'lib, uzunJigi 16¬20 sm, massasi 70-80 g. Me'da osti bezi aralash bez bo'lib, to'qimasining 98-99% i tashqi sekretsiya funksiyasini bajarib, ovqat hazm qilishda ishtirok etuvchi fermentlarni ishlab chiqara¬di. Bez to'qimasining 1-2% i, ya'ni Langergans orolchasi deb ataluvchi qismi ichki sekretsiya funksiyasini bajaradi.Bezning Langergans orolchasida glyukagon, insulin, gastrin gormonlari ishlab chiqariladi. Glyukagon gormoni jigar va mus¬kullarda zahira holda to'plangan glikogen moddasini parchalab, glyukozaga aylantiradi va u qonga o'tib miya, yurak hamda boshqa organlarning hujayralariga oziq modda sifatida o'zlashtiriladi.



6-rasm.
1- buyrak us!; bez;; 2-buyrak.


In¬sulin gormoni qondagi qand moddasining ortiqcha qismi jigar va muskul to'qimalarida glikogen moddasi sifatida zahira holda to'planishini ta'minlaydi. Gastrin gormoni qon orqali me'daning ferment ajratish funksiyasini boshqarishda ishtirok etadi.
Me'da osti bezining insulin ishlab chiqarish funksiyasi alohida ahamiyatga ega, chunki bezning bu funksiyasining buzilishi aholi orasida ko'p tarqalgan qandli diabet kasalligi kelib chiqishiga sabab bo'ladi. Bu surunkali kasallik bo'lib, uzoq yillar, aksariyat hollarda umr bo'yi davom etadi. Bu kasallikda me'da osti bezining insulin ishJab chiqarish funksiyasi buzilishi tufayli, organizmga kerakli bo'lgan insulin gormoni bezdan qonga o'tmay qoladi. Buning oqibatida organizmda uglevodlar almashinuvi buziladi, ya'ni ovqat bilan iste'mol qilingan uglevodlarning parchalanishidan hosil bo'lgan qand (glyukoza) insulin ta'sirida glikogenga aylanmay, uning qondagi miqdori ortib ketadi. Sog'lom odam qonida qandning normal miqdori 80-120 mg % bo'ladi, qandli diabet kasalligida esa uning miqdori 150-250 mg % ga ko'tariJib, undan ham ortib ketishi mumkin.
Qondagi qandning miqdori normal bo'lganda, u buyrak or¬qali siydik bilan tashqariga chiqarilmaydi, ya'ni sog'lom odamning siydigida qand mutlaqo bo'lmaydi. Qonda qandning miqdori 140¬150 mg % dan oshaversa, u siydik bilan tashqariga chiqarila bosh laydi. Bunday bemorlar tez chanqaydi va ko'p suv iste'mol qiladi. Iste'mol qilingan ovqat tarkibidagi uglevodlar hujayra va to'qi¬malarda o'zlashtirilmasdan, siydik bilan tashqariga chiqib ketishi tufayli bemor tez och qoladi va tez-tez ovqat iste'mol qilishga majbur bo'ladi. Aks holda teri ostidagi zahira yog' moddalari par¬chalanib, glyukozaga aylanadi, hatto hujayra va to'qimalar tarki¬bidagi oqsil, yog' moddalari ham glyukozaga aylanib, qonga o'tadi va undan siydik bilan tashqariga chiqariladi. Buning oqibatida bemor ozadi, kuchsizlanadi, ish qobiliyati pasayadi.
1921-1922-yillarda kanadalik olimlar Banting va Best sigir va cho'chqaning me'da osti bezidagi Langergans orolchalari hujay¬ralaridan maxsus preparat tayyorlab, uni insulin deb atadilar. Insulin hozirgi paytda qandli diabet kasalligiga uchragan bemorlami davolashda keng qo'llanilmoqda

Download 149.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling