Tashqi iqtisodiy aloqalar tushunchasi, mohiyati va tasnifi…4


Download 138.22 Kb.
bet1/5
Sana23.04.2023
Hajmi138.22 Kb.
#1382647
  1   2   3   4   5
Bog'liq
aziz


Mavzu:Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida tashqi savdoning ahamiyati.
Reja:
Kirish………………………………………………………………..2
I-Bob. TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT.

    1. Tashqi iqtisodiy aloqalar tushunchasi, mohiyati va tasnifi…4

    2. Tashqi savdo - tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy shaklidir..7

II-Bob. XALQARO SAVDO - TASHQI IQTISODIY
FAOLIYATNING ASOSIY SHAKLI.
2.1. Xalqaro savdo……………………………………………….20
2.2. Xalqaro savdo va jahon tovar bozorlari…………………...25
Xulosa…………………………………………………………….29
Foydalanilgan adabyotlar……………………………………….31


Kirish.
Hozirgi kunda davlatlar o'rtasidagi xalqaro savdoning rivojlanishi, ishlab chiqarish integratsiyalashuvining kengayishi va takomillashuvi tashqi iqtisodiy faoliyatning yanada erkinlashuviga sabab bo`lmoqda. Bugungi bozor islohotlari munosabatlarining yangi strategiyasi asosiy yo'nalishlaridan biri - tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solishni muvofiqlashtirish hisoblanadi. Bu munosabatlar bozor munosabatlari shakllanishi sharoitida siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samarasi, mamlakat ichki va tashqi iqtisodiy manfaatlarini himoya qiIishga qaratilgan jihatlami, shu jumladan, tashqi iqtisodiy muvozanatni ta'minlash, eksport va import munosabatlarida ilg'or siljishlarni rag'batlantirish, xorijiy kapital oqimini kuchaytirishga yo'naltirilgan vakolatli davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan qonunchilik, rioya qilish va nazorat qilish yo'nalishidagi chora-tadbirlar tizimini yaratishni o'z ichiga oladi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni oqilona tartibga solish davlat iqtisodiy rivojlanish strategiyasining muhim tarkibiy qismi sanaladi.Bu esa o'z navbatida, mamlakatning o'ziga xos ichki va tashqisharoitlarini inobatga olgan holda, jahon bozorining salbiy o'zgarishlaridan himoya qiluvchi, unda egaUangan mavqeyini saqlab qolish va kengaytirishni ta'minlovchi maqbul darajadagi protektsionizm va erkin savdo siyosati qo'llanilishini taqozo etadi. O'tishdavri iqtisodiyotini boshidan kechirayotgan mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarini kengaytirish uchun o'zini erkin bozor girdobiga tashlab qo'ya olmaydi. Bunday sharoitda davlatning rivojlantirish kafolati sifatida faol qatnashuviga zaruriyat tug'iladi. Bozor munosabatlariga o'tishning ilk bosqichlarida tashqi iqtisodiy aloqalaming davlat tomonidan tartibga solinishi, ayniqsa, muhimdir. Bu esa, birinchi navbatda, tashqi savdo va tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa shakllarini tartibga solish mexanizmlarini p'zgaruvchan ichki va tashqi sharoitlarga muntazam moslashtirib borishni, ya'ni oqilona tashqi iqtisodiyotni yurgizishni talab etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida, bozor munosabatlarining asosiy tamoyillari amalda bo'lishi davlat tomonidan, mamlakat iqtisodiy havfsizligini ta'minlash va umummilliy manfaatlami himoya qilish, tashqi iqtisodiy faoliyat(TIF)ni tartibga solish maqsadida amalga oshiriladi. TIFni tartibga solish bo'yicha davlat organlarining faoliyati deyarli barcha mamlakatlarda amalga oshiriladi. Lekin bu faoliyatning ko'lami, shakllari va usullari, aniq maqsad va vazifalari har bir mamlakatning hududiy jihatdan katta-kichikligidan, jahon xo'jaligida tutgan o'mi, tashqi va ichki siyosatidan kelib chiqqan holda belgilanadi.


Download 138.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling