Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi


Download 32.04 Kb.
bet4/5
Sana29.03.2023
Hajmi32.04 Kb.
#1307650
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi

Resurslar


Foydalanish

Qabul qilingan moliyaviy vazifalar.

Moliyaviy aktivlarni hosil qilish

Sof kreditlar.




Sof qarzlar.




JAMI.

JAMI.

Moliyaviy hisobning pirovard qoldig‘i sof kreditlar yoki qarzlar hisoblanadi. Bu qoldiq moliyaviy aktiv va passivlar qoldig‘iga teng bo‘lishi kerak. Moliyaviy hisobning muvozanatlashgan ko‘rsatkichi moliyaviy aktiv va passivlarning o‘zgarishi hisoblanadi. Bu operatsiya turlarini aniqlash, davlatlar yoki milliy iqtisodiyot sektorlari o‘rtasidagi, moliyaviy tuzilma o‘zgarishlarni va holatini aniqlashga yordam beradi. «Tashqi dunyo» tarmog’i moliyaviy hisobining bir qancha ko‘rsatkichlari bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar orqali tarmoqlar bilan amalgam oshiriladigan operatsiyalarni aniqlash mumkin. Buning uchun asosan, davlat statistikasi hisoblarining xalqaro jahon standarti ko‘rsatkichlariga moslashtirib borishimiz kerak. Bundan tashqari, barcha statistik hisobot shakllari va buxgalteriya hisobot hujjatlarini to‘ldirishda yoppasiga statistik kuzatishlar olib boorish bilan birga tanlama hamda asosiy massivni kuzatish va boshqa kuzatish usullaridan foydalanishimiz kerak bo‘ladi.
3. Tashqi savdoni o‘rganishning statistik usullari
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligiga erishganidan so‘ng, jahon hamjamiyati bilan iqtisodiy-moliyaviy va diplomatik munosabatlarni o‘rnatdi. Bu diplomatik munosabatlarning negizida tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratildi. Hozirgi kunda respublikada tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asosi yaratilgan va samarali ishlab kelmoqda. Shu jihatdan respublikada tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha statistik hisobni yuritish va uni yanada takomillashtirish muhim masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi.
Mamlakatning jahon xo‘jaligi aloqalarida xalqaro mehnat taqsimotida keng miqyosda ishtirok etishi ochiq turdagi iqtisodiyotni barpo etishning asosidir. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan.
Hozirgi kunda O‘zbekistonni dunyodagi 180 tadan ortiq davlat tan oldi. Ulardan deyarli barchasi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. O‘zbekiston poytaxtida 30 dan ortiq mamlakatlarning, shu jumladan buyukligi e’tirof etilgan AQSh, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoy kabi davlatlarning elchixonalari faoliyat yuritiyapti. Hozir dunyoning 20 dan ortiq davlatida (AQSh, Germaniya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Rossiya va boshqalarda) respublikamizning diplomatiya elchixonalari ish boshladi.
O‘zbekiston Respublikasi ko‘p tomonlama xalqaro iqtisodiy hamkorlik tashkilotlari faoliyatida qatnashmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqtisodiy muassasalari, Jahon banki, Xalqaro Valyuta Fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashuvchi tashkilot, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kabi va boshqa obro‘-e’tiborli xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirdi hamda ularda faol siyosat o‘tkaza boshladi.


Xulosa
TIF statistikasi chet el mamlakatlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalar olib boruvchi korxonalar va tashkilotlar hamda davlat tomonidan amalga oshiriladigan chet el korxonalari, firmalari hamda davlatlari O‘zbekiston Respublikasi bilan olib boriladigan iqtisodiy aloqalarining miqdoriy tomonini ularning sifatlaridan ajratmagan holda muayyan makonda va zamonda o‘rganadi.
Milliy hisoblar tizimida «Tashqi dunyo sektori» alohida o‘rin tutadi. Uning vazifalari va asosiy hisoblari batafsil yoritiladi.
«Tashqi dunyo sektori» 3ta hisobdan tashkil topgan:
1) joriy operatsiyalar;
2) kapital harajatlar;
3) moliyaviy hisob.
Ushbu hisoblarni o‘rganish «Tashqi dunyo» sektori to‘g‘risida to‘la va batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingizga imkon beradi.
Tashqi savdoni o‘rganishda statistik usullardan keng va o‘rinli foydalaniladi. Bu, ayniqsa, tashqi savdo dinamikasini va tuzilmasini tahlil qilishda yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu erda statistik jadvallardan, grafiklardan unumli foydalanilgan.



Download 32.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling