Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi


Download 35.34 Kb.
bet4/6
Sana30.03.2023
Hajmi35.34 Kb.
#1310431
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi.

Resurslar


Foydalanish

Qabul qilingan moliyaviy vazifalar.

Moliyaviy aktivlarni hosil qilish

Sof kreditlar.




Sof qarzlar.




JAMI.

JAMI.

Moliyaviy hisobning pirovard qoldig‘i sof kreditlar yoki qarzlar hisoblanadi. Bu qoldiq moliyaviy aktiv va passivlar qoldig‘iga teng bo‘lishi kerak. Moliyaviy hisobning muvozanatlashgan ko‘rsatkichi moliyaviy aktiv va passivlarning o‘zgarishi hisoblanadi. Bu operatsiya turlarini aniqlash, davlatlar yoki milliy iqtisodiyot sektorlari o‘rtasidagi, moliyaviy tuzilma o‘zgarishlarni va holatini aniqlashga yordam beradi. «Tashqi dunyo» tarmog’i moliyaviy hisobining bir qancha ko‘rsatkichlari bo‘lib, bu ko‘rsatkichlar orqali tarmoqlar bilan amalgam oshiriladigan operatsiyalarni aniqlash mumkin. Buning uchun asosan, davlat statistikasi hisoblarining xalqaro jahon standarti ko‘rsatkichlariga moslashtirib borishimiz kerak. Bundan tashqari, barcha statistik hisobot shakllari va buxgalteriya hisobot hujjatlarini to‘ldirishda yoppasiga statistik kuzatishlar olib boorish bilan birga tanlama hamda asosiy massivni kuzatish va boshqa kuzatish usullaridan foydalanishimiz kerak bo‘ladi.
Yangi milliy hisoblar tizimiga o‘tishimizdan asosiy maqsad O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti rivojini tartibga solish samaradorligini oshirishdan iborat. Buning uchun etarli shart-sharoit yaratish, uning faoliyati, roli va ahamiyatini bozor iqtisodiyoti talabiga mos keladigan axborotlar tizimi orqali jahon hamjamiyati doirasida xolisona tahlil etish, boshqaruvga oid echimlar natijasini to‘g‘ri baholash, rivojlanish istiqbolini ilmiy bashorat qilishdan iborat. Buning uchun quyidagi asosiy vazifalarni hal etish kerak bo‘ladi:
- davlat statistika va hisoboti tizimi umum uslubiy asoslarini qayta ko‘rib chiqish va ularni jahon amaliyotida qabul qilingan qonun-qoidalariga moslashtirish;
- milliy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni xalqaro me’yorlarga moslashtirish, O‘zbekiston Respublikasida milliy hisoblar tizimini yaratish, shu jumladan, milliy iqtisodiyotning tarmoq va sektorlariga tatbiqan milliy hisoblar tizimini barpo qilish;
- XXB ko‘rsatkichlarini MXT ko‘rsatkichlari bilan uyg‘unlashtirish, MXT tasviri bo‘yicha tarmoqlararo balanslar(TAB) ishlab chiqish;
- milliy iqtisodiyot ahvolini tasvirlovchi ko‘rsatkichlar tizimining tarkibi, iqtisodiy mazmuni va hisoblash usulini belgilash, bu ishlarning tahliliy yo‘nalishini oshirish, statistik ma’lumotlarni to‘plash va ularni umumlashtirishni tashkil etish;
- xalqaro qoidalar talabiga mos ravishda buxgalteriya, bank, moliya va bojxona faoliyatiga oid yangi boshlang‘ich hisobot shakl larining yagona statistik tizimini ishlab chiqish va uyg‘unlashtirishni ta’minlash;
- moliya, byudjet, va banklar faoliyati statstikasi tizimini takomillashtirish va to‘lov balanslarini ishlab chiqish;
- baholar statistikasi, aholi va mehnat, tashqi savdo statistikasini xalqaro qoidalar talabi asosida qayta tashkil qilish;
- xalqaro statistika tashkilotlariga vaqti-vaqti bilan yuboriladigan ko‘rsatkichlarning tarkibi, yuborilish vaqti va tartibini belgilash;
- turli xildagi mulkchilik va xo‘jalik yuritishga mansub korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat ro‘yxatini yaratish;
- xalqaro standartlarga mos tarzda yagona tasniflash va kodlashtirish tizimini tuzish va amaliyotga tatbiq etish;
- mahsulotlarning kataloglashtirish va chiziqli kodlashtirish tizimini barpo qilish;
- hisobot va statistika sohasida xodimlar tayyorlash va ularni qayta o‘qitish.
Yuqoridagi vazifalar bajarilgandan so‘ng biz yangi statistika tizimiga, ya’ni MXTga o‘tishimiz mumkin. MXTga o‘tish birlamchi statistika axborotini, buxgalteriya, moliya va bank hisobotlarini ketma-ket qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi hamda xalqaro talablar asosida statistika va buxgalteriya hisoboti tizimidagi barcha o‘zgarishlar va qayta qurishni hisobga olgan holda kengaytirilgan tarmoqlararo balans ishlab chiqiladi.

Download 35.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling