Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi
Tashqi savdoni o‘rganishning statistik usullari
Download 35.34 Kb.
|
Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi.
3. Tashqi savdoni o‘rganishning statistik usullari
O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligiga erishganidan so‘ng, jahon hamjamiyati bilan iqtisodiy-moliyaviy va diplomatik munosabatlarni o‘rnatdi. Bu diplomatik munosabatlarning negizida tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratildi. Hozirgi kunda respublikada tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asosi yaratilgan va samarali ishlab kelmoqda. Shu jihatdan respublikada tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha statistik hisobni yuritish va uni yanada takomillashtirish muhim masalalardan biri bo‘lib hisoblanadi. Mamlakatning jahon xo‘jaligi aloqalarida xalqaro mehnat taqsimotida keng miqyosda ishtirok etishi ochiq turdagi iqtisodiyotni barpo etishning asosidir. O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan. Hozirgi kunda O‘zbekistonni dunyodagi 180 tadan ortiq davlat tan oldi. Ulardan deyarli barchasi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatildi. O‘zbekiston poytaxtida 30 dan ortiq mamlakatlarning, shu jumladan buyukligi e’tirof etilgan AQSh, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoy kabi davlatlarning elchixonalari faoliyat yuritiyapti. Hozir dunyoning 20 dan ortiq davlatida (AQSh, Germaniya, Fransiya, Turkiya, Hindiston, Rossiya va boshqalarda) respublikamizning diplomatiya elchixonalari ish boshladi. O‘zbekiston Respublikasi ko‘p tomonlama xalqaro iqtisodiy hamkorlik tashkilotlari faoliyatida qatnashmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqtisodiy muassasalari, Jahon banki, Xalqaro Valyuta Fondi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashuvchi tashkilot, Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kabi va boshqa obro‘-e’tiborli xalqaro moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarga a’zo bo‘lib kirdi hamda ularda faol siyosat o‘tkaza boshladi. Xalqaro Valyuta Fondi, Jahon banki, Xalqaro moliya korporatsiyasi ishtirokida ishlab chiqilgan hamda respublikada kichik va hususiy biznesni rivojlantirishga ko‘maklashuvchi bir qancha loyihalar, shuningdek, iqtisodiyotning eng manfaatli sohalaridagi loyihalarni moliyaviy jihatdan ta’minlash dasturi amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari bilan birgalikda Turkiya, Eron va Pokiston tomonidan tuzilgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lib kirdi. Mazkur tashkilot doirasida respublika xalqaro transport yo‘llarini birgalikda qurish loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda faol qatnashmoqda. Bu yo‘llar O‘zbekistonga dengiz portlariga, mamlakatlararo transport tarmoqlariga, jahon tovar va kapital bozorlariga chiqish imkonini beradi. 2004 yilning iyun oyida O‘zbekiston Tariflar va savdo Bosh Bitimi (GATT)da kuzatuvchi maqomini oldi. Bu tashkilot jahon savdosining hozirgi tizimini boshqarishda markaziy o‘rinni egallab turibdi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonning GATTga to‘la huquqli a’zo bo‘lib qo‘shilishi to‘g‘risidagi masala o‘rganib chiqilmoqda. Agar bu masala ijobiy hal etilsa, respublikamiz mazkur Bitimning to‘la huquqli ishtirokchilari bo‘lmish 111 ta mamlakat bilan savdo-sotiq qilish uchun mustahkam huquqiy asoslarga va imtiyozlarga ega bo‘ladi. O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi ham uzoq muddatli, ham qisqa muddatli ahamiyatga ega eng muhim vazifalarni birlashtirish maqsadlaridan kelib chiqib amalga oshirilmoqda. Birinchidan, jahon iqtisodiyotiga qo‘shilishdan iborat bo‘lgan strategik integrasion vazifa - O‘zbekistondagi barcha xo‘jalik sub’ektlarining tashqi dunyo bilan o‘zaro aloqalari uchun teng huquqli va milliy manfaatlarga mos keladigan shart-sharoitlar yaratish asosida xalqaro valyuta-moliya va savdo mexanizmlariga bevosita qo‘shilish nazarda tutiladi. Ikkinchidan, respublikaning joriy muammolarini hal etishga bevosita ko‘maklashish, mavjud xalqaro tajriba asosida, yuqorida sanab o‘tilgan muassasalardan moliyaviy, texnikaviy yordam va maslahat olish yo‘li bilan o‘tkazilayotgan islohotlarni qullab-quvvatlash ko‘zda tutilmoqda. Respublikada tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishi zarur bo‘lgan barcha muassasalar amalda yangidan barpo etildi. Tashqi iqtisodiy aloqa vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, bojxonalar xizmati tashkil etildi. Vazirlar Mahkamasida, vazirliklar va idoralarda, korporatsiyalar, kontsernlar, uyushmalarda va mahalliy boshqaruv idoralarida tegishli tashqi iqtisodiy bo‘linmalar tuzildi va faoliyat yuritmoqda. Xorijiy hamkorlar ishtirokida respublikada xalqaro savdo-sotiq, markazi tuzildi. Dunyoning bir qancha mamlakatlarida savdo uylari ochildi. O‘zbekiston bilan AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya o‘rtasida hamda respublikamiz bilan faol hamkorlik qilishdan manfaatdor boshqa mamlakatlar o‘rtasida bahamjihatlik asosida savdo-sanoat palatalari barpo etildi. Islohot amalga oshirila boshlangan paytdan buyon tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining tarkibi va tuzilishi o‘zgardi. Respublikaning ikki mingtadan ko‘proq xo‘jalik sub’ekti, shu jumladan, uyushmalar, kontsernlar, kichik va xususiy korxonalar tashqi bozorga chiqish huquqini oldi. Tashqi savdo bilan bir qatorda tashqi iqtisodiy hamkorlikning boshqa shakllari ham sezilarli darajada kuchayib bormoqda. Respublikada xorijiy sarmoyalar ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalar tobora ko‘paymoqda. Hozirgi vaqtda respublika hududida ro‘yxatdan o‘tkazilgan xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar 2627 tadan oshdi, 100 foiz xorijiy sarmoya bilan ishlovchi korxonalar 110 taga etdi. Hozirgi kunda an’anaviy sheriklar - MDH, mamlakatlaridan tashqari eksportning anchagina qismi Turkiya, Belьgiya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Gollandiya, Polsha, Koreya Respublikasi, Indoneziya, Malayziya kabi mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonning 1991 yil 1 sentyabrda Mustaqillikka erishishi hamda 1992 yil 2 martda BMTga a’zo bo‘lishi Respublikamizni jahon davlatlari bilan tashqi iqtisodiy faoliyatda yanada faolroq qatnashishiga olib keldi. O‘tgan davr mobaynida Respublikamizda tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha bir qancha islohotlar amalga oshirildi. O‘tgan yillar mobaynida iqtisodiy kompleks bo‘yicha olib borilayotgan tashqi ishlar, tashqi iqtisodiy faoliyatda qatnashuvchi tomonlar faoliyatini bozor iqtisodiyoti tamoyil asosida olib borildi. Chet el mamlakatlari bilan iqtisodiy savdo munosabatlari hamda xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, mustahkamlash borasida olib borilayotgan ishlar yanada jadallashtirildi. Tashqi savdo rivojlanishida 2015 yilda 2014 yilga nisbatan ijobiy o‘zgarishlar kuzatildi. Tashqi savdo aylanmasi 9,6%ga ko‘paydi va 9,5 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi.1 Bunga asosan quyidagilar sabab: bo‘ldi: eksport-import bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni ro‘yxatga olish amaliyotini soddalashtirildi; Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida import shartnomalarni dastlabki ro‘yxatga olish bekor qilindi; qushimcha qiymat solig‘idan tashqari barcha turdagi soliq va yig‘imlarni to‘lashdan ozod qilingan xorijiy investisiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan raqobatbardosh tayyor iste’mol tovarlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish bo‘yicha qushimcha choralarning qo‘llanildi; Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy bank, Davlat soliq qo‘mitasi va tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi o‘rtasida tashqi savdo amaliyotlarini ayirboshlashning yagona elektron tizimi yaratildi; joriy xalqaro amaliyot bo‘yicha milliy valyutani (so‘mni) erkin ayirboshlash – konvertatsiya kiritildi; yuridik shaxslar, shuningdek, eksport-import amaliyotlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro‘yxatga olingan jismoniy shaxslar uchun yog‘och va yog‘och mahsulotlarini import qilishda bojxona tolovi stavkasi nolga tenglashtirildi. 2015 yildan boshlab O‘zbekiston import qilishga nisbatan ko‘proq eksport qila boshladi. Tovar ayirboshlashning umumiy hajmida eksportning salmog‘i 56,93%, importning esa 43,07%ni tashkil qildi. Download 35.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling