Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi


Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi metodologiyasi va uning vazifalari


Download 1.9 Mb.
bet2/4
Sana23.04.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1392498
1   2   3   4
Bog'liq
TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT STATISTIKASI

Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi metodologiyasi va uning vazifalari .

  • Bugungi kunda jahon savdosiga faqatgina yuqori o’sish sur’atlarigina emas, balki tarmoq va hududiy tuzilishidagi o’zgarishlar ham xosdir. Bu o’zgarishlarni ikkita holat bilan izohlash mumkin. Birinchidan, xalqaro savdo tarkibida xom ashyo, yonilg’i, oziq-ovqat mahsulotlarining hissasi kamaymoqda. Ilm talab sohalarining mahsulotlari va xizmatlarining hissasi esa ortib bormoqda. Ikkinchidan, tayyor mahsulotlar va xizmatlar bozoridagi o’rinlar nisbati o’zgarmoqda. Jahon yalpi eksportida AQSh hissasining pasayishi va aksincha, Yaponiya, Germaniya, yangi industrial davlatlar hamda ayrim rivojlanayotgan davlatlar hissalarining ortib borishida namoyon bo’lmoqda. Ishlab chiqarishning xalqaro kooperatsiyalashuvi xalqaro mehnat taqsimotining asosiy rivojlanish yo’nalishlaridan hisoblanadi. Bunday kooperatsiyaning asosi bo’lib ishlab chiqarish kuchlarining o’sish darajasi va mamlakat ichida yoki tashqarisida bo’lishidan qat’iy nazar alohida korxonalar o’rtasida barqaror xo’jalik aloqalarining shakllanishidir. Xalqaro iqtisodiy aloqalarda davlatlararo kapital migratsiyasi, uni taqsimlash barqaror o’sishni faol omili bo’lib xizmat qiladi. Iqtisod baynalmilallashgan sari kapital faoliyati milliy doiradan chiqib xalqaro mazmun kasb etadi. Mamlakatlararo kapital eksporti yuz beradi.

TIF statistikasi ham o‘z ob’ektini xususiy metodlari yordamida o‘rganadi. Ular quyidagilardan iborat:

1. Ommaviy statistik kuzatish metodi;

2. Kuzatish ma’lumotlarini jamlash va guruhlash;

3. Turli umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarni (masalan, mutlaq va nisbiy miqdor, o‘rtacha miqdor, indeks va hakozo)hisoblash;

4. Tanlanma kuzatish usuli, statistik ma’lumotlarni jadval va grafiklar ko‘rinishida ifodalash.

Ushbu metodlardan foydalanish ushbu qo‘llanmaning tegishli mavzularida keng yoritiladi. Ommaviy hodisa va jarayonlar har xil sohalarda kuzatiladi va turli tuman bo’ladi, ularning kechish sharoitlari ham, tuzilishi ham turlichadir. Demak, bunday hodisa va jarayonlar ko‘pgina shakllarga va turlarga ega. Ayniqsa, ijtimoiy hayotdagi hodisa va jarayonlar o‘zining murakkabligi va o‘zaro bog‘lanishlarga egaligi bilan ajralib turadi. Shu sababli statistik qonuniyatlar ham ularda har xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi va turli jihatlarini ta’riflaydi. O‘z-o‘zidan ravshanki, ularni qandaydir yagona bir usul yordamida o‘rganib bo‘lmaydi. Buning uchun maxsus usullar, yo‘llar majmuasi, bilim vositalari zarur.


Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling