Tashqi iqtisodiy faoliyat statistikasi


Statistika tovarlar importi deganda quyidagilar tushuniladi


Download 1.9 Mb.
bet4/4
Sana23.04.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1392498
1   2   3   4
Bog'liq
TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT STATISTIKASI

Statistika tovarlar importi deganda quyidagilar tushuniladi:

Statistika tovarlar importi deganda quyidagilar tushuniladi:

1. Ichki iste’mol va qayta ishlash maqsadidagi tovarlar.

2. Uzoq muddatdagi reeksportni ko‘zlab olib kelingan tovarlar.

3. Tegishli bojxona omborlarida qayta ishlash uchun olib kellingan tovarlar.

Birinchi kategoriyadagi tovarlar bojxona qo‘mitasi tomonidan olib boriladigan ichki iste’mol uchun olib kirilayotgan mahsulotlarni mamlakat hududiga qo‘yish bilan bog‘liq ommaviy tadbirlardir. O‘zbekiston importida ushbu tovarlar ulushi o‘ta yuqoridir. Eksport haqida gap borganda esa:

1.Mamlakat hududida ishlab chiqarilgan, qazib olingan yoki etishtirilgan mahsulotlar.

2. Bojxona nazorati ostida qayta ishlangan mahsulotlar.

3. Belgilangan bojxona omborlariga olib kelingan tovarlar.

4. Ichki iste’mol uchun import qilingan, ammo iste’mol qilinmay qolgan mahsulotlar.

Statistika tovar va xizmatlar import va eksportini o‘rganishda bir necha usullardan foydalanadi. Bunday usullar jumlasiga statistikaning umumiy usullaridan dinamika ko‘rsatkichlari, indekslar usuli, grafik va jadvallar usullari, tarkib va salmoqni ifodalovchi ko‘rsatkichlar, shu bilan birga balans usullari bilan keng foydalaniladi. Tashqi savdo balansi mamlakat uchun ma’lum muddatda tashqi savdo holatini yaqqol ko‘rsatib beradi. Shu bilan birga tashqi savdo balansi mamlakat tashqi savdosi istiqbolini va tashqi savdoga tegishli chora-tadbirlar manbai ekanligini hisobga olishi lozim.


Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling