Tashqi iqtisodiy faoliyat


Download 0.62 Mb.
bet43/49
Sana08.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#245730
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49
Bog'liq
BMI

Brending texnologiyasi - bu o’ziga xos usul va uslublardan tashkil topgan bilimlar tizimidir. U operatsiyalar va protseduralardan tashkil topib, ma’lum bir tartib va ketma- ket keladigan kombinatsiyalardir.

Brending jarayoni - bu boshqaruv faoliyatining majmui bo’lib, brending tizimida operatsiya va protseduralarning o’zaro, uyg’un mos ravishda ta’minlovchi usul va uslublardan iborat.

Ko’pgina kompaniyalar (Coca - Cola kabi) bir xil yagona turdagi o’z brendlaridan ham milliy ham xalqaro miqyosda foydalanadilar. Ba’zi kompaniyalar, jumladan, Nestle firmasi bir necha mahsulot turlari uchun har xil brendlarni ishlatib (Nestea va Neskafe kabi) xalqaro bozorlarga o’z mahsulotlarini olib kiradilar. Shunday bo’lsada, firma belgilarini xalqaro miqyosda foydalanishda ham til omili, firma nomlarining qo’shilishi va ishlab chiqaruvchi davlat imidji kabi omillar salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.


84





Iste’molchilarda tadqiqot o’tkazganda shuni ko’rsatadiki, ular harid qilgan mahsulotning narxini aniq bilmasalarda, uning diapazoni atroflicha necha pul bo’lganligi eslarida bo’lar ekan. Haridorlar mahsulotlarning narhini ko’rganlarida bunday guruhlarga bo’lishar ekan:

  • Adolatli narx ( bu narx mahsulotga to’g’ri keladi);

  • O’rta narx;

  • Yuqori narxda mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan narxdan;

  • Yuqori narx (iste’molchilar juda ko’p to’lab yuborishmoqda);

  • Past narx ( iste’molchilar bu narxda harid qilganda pullarini tejashmoqda);

  • Raqobatbardosh narx;

  • Prognozga oid narx;

  • Chegirmali narx.

Tabiatiga ko’ra brending 2ta amaliy maqsadga ega.

Birinchisi, Brending- bu muloqotning amaliy quroli. Ishlab chiqaruvchi va xaridor o’rtasidagi muloqot. Va bu muloqot qanchalik to’g’ri yo’lga qo’yilsa, korxonaning brending siyosati natijasi shunchalik samaraga ega bo’ladi. Shuning uchun biz, bozor qatnashchilari orasidagi muloqotni tashkil qilish san’atini - brending deb ataymiz.

Ikkinchisi, brending - raqobatdan ajralish qurolidir.

Quyida brend yaratishda kerak bo’lishi mumkin bo’lgan takliflar berilgan.

  1. Hech kim siz uchun brend yaratib bermaydi

Bo’lajak brendni yaratish haqidagi g’oya sizniki bo’lishi kerak. Bo’lajak brendning egasi sifatida siz brendning ma’nosini, iste’molchilar uchun u nima bo’lishini, iste’molchi sifatida kimlarni ko’rishni xohlayotganingizni aniq bilishingiz kerak. Brending agentliklari sizga turli xil konsepsiya taklif qilishlari, uning tashqi ko’rinishini shakllantirib berishlari, brendni iste’molchiga yetkazishga yordam berishi mumkin. Agentliklar turli bozorlarda har xil iste’molchilar bilan ishlash tajribasiga ega bo’lib, siz ko’rmay o’tkazib yuborgan biror narsani ko’rishlari mumkin.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling