Tashqi iqtisodiy faoliyat


Download 0.62 Mb.
bet40/49
Sana08.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#245730
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49
Bog'liq
BMI

75





Ko’pgina tadqiqotlarda savdo-sotiq qaysi kanal orqali samarali foyda berishini aniqlaganlar. Bu ikkala yo’lning asosiy maqsadi foyda olish. Xar bir kanalning guruhi o’z salohiyatiga ega. Masalan, sanoat mahsulotlarni yurg’izish uchun to’g’ri kanal orqali savdo-sotiqni amalga oshirish kerak, agarda:

  • Iste’molchi uchun mahsulot to’g’risida eng to’g’ri va aniq ma’lumot olish kerak bo’lsa.

  • Agarda mahsulot yuqori darajadagi alohida ishlatish uchun mo’ljallangan bo’lsa.

  • Mahsulotning sifatini yuqori darajada ushlab turish kerak bo’lsa.

  • Iste’molchilar ishonchi yuqori texnik tizimini yaratib berish kerak bo’lsa.

Boshqa tomondan bilvosita kanalining samarali tomoni shundaki, agarda

quyidagi faktorlar unga ta’sir etsa:

  • Tovar va xizmat ko’rsatishning keng assortimentga egaligi.

  • Tovar va xizmat ko’rsatishning savdo aloqa yo’llari bilan amalga oshirish mumkin bo’lsa.

Tepada keltirilgan omillar bozor segmentini hisobga olgan holda amalga oshirish kerak. Ko’pincha ishla chiqaruvchi kompaniya ikki kanallarni bog’lagan holda foydalanadi, ba’zida ularni murakkablashtirib yuborishadi. Ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bu kanallarni birga optimal holatga keltirib, foyda olish yo’lini tuzishadi. Murakkab tizimda ko’p qatnashchilar bo’ladi va moliyaviy qiyinchilik tug’diradi, ammo bozorni egallash uchun onsonlik tug’diradi.

  1. Milliy brend tizimini shakllantirish va korxonalarda brending mexanizmini amalga oshirish istiqbollari

Brendingning mamlakatimizdagi muvaffaqiyatli misollariga e’tibor bersak, hammasi ham unchalik yomon emasligini ko’ramiz.

Tabiatiga ko’ra brending 2ta amaliy maqsadga ega.


76





Birinchisi, Brending- bu muloqotning amaliy quroli. Ishlab chiqaruvchi va xaridor o’rtasidagi muloqot. Va bu muloqot qanchalik to’g’ri yo’lga qo’yilsa, korxonaning brending siyosati natijasi shunchalik samaraga ega bo’ladi. Shuning uchun biz, bozor qatnashchilari orasidagi muloqotni tashkil qilish san’atini - brending deb ataymiz.

Ikkinchisi, brending - raqobatdan ajralish qurolidir.

Davlatimizda ikkinchi maqsad bilan ahvol unchalik ham yaxshi bo’lmasa (chunki, o’z segmentlarida yangi bo’lgan va foyda haqida vaqtincha qayg’urmaydigan mahsulotlar juda ko’p), birinchisi bilan hammasi o’z o’rnida bo’lishi kerak.

Sifatli mahsulot ishlab chiqarishiga qaramay, o’zbek ishlab chiqaruvchilarining odatiy muammosi - ular qadoqlash, qadoq dizayni va reklamadan to’g’ri va samarali foydalanishmaydi. Tashqi ko’rinishidan sifatsiz bo’lgani uchun, biz ishlab chiqargan mahsulotlar qo’shni mamlakatlar bilan raqobatlasha olmayapti.

Qachongacha o’zbek iste’molchisi: “O’zbekiston mahsulotlarini sotib olish o’rniga, yaxshisi Qozog’istonning mahsulotidan (yog’, pishloq) ola qolay” degan fikr bilan yashaydi. Rossiyaning mahsulotlari haqida gapirmasa ham bo’ladi. Ular allaqachon chiroyli qadoqlanib, reklama qilib berilgan.

Birinchi mulohaza. O’zbekistonda brendlar kerakmi?

Ha, ular bor. Iste’molchi uchun kurashayotgan viloyatlarda brending jarayoni sekin asta rivojlanib kelmoqda. Ularning ko’pchiligi hali brend darajasiga chiqmagan bo’lsada, lekin bor. Uyali operatorlar, sharbatlar, mineral suvlar mamlakatda peshqadamdir. Qolganlari esa o’z imkoniyatlari va brend kuchidan yetarlicha foydalana olmayaptilar.

Ko’pchilik, fransuzlarning “Grey Goose”i bilan ruslarning “Столичная” aroqlari o’rtasidagi farqini kuchli marketing va reklamaning to’g’ri yo’lga qo’yilganidan deb bilmaydi. Vaholanki shunday, aynan yuqoridagi 2 omil tufayligina “Grey Goose” o’z sohasida yetakchi. Aroq bozori faqat brending asosida ushlab turiladi. Bir xil tarkib, bir xil ta’m va bir xil texnologiya. Hammasi bir xil, faqat “Grey Goose” dagi elit


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling