Tashqi iqtisodiy faoliyat


Download 0.62 Mb.
bet38/49
Sana08.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#245730
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49
Bog'liq
BMI

70





zarur. Buning javobini bilish uchun bizning mahsulotimizni oluvchilar kimlarni tashkil etishini bilishimiz kerak:

  • Mahsulotning hozirgi iste’molchilari

  • Raqobatchi brendlarning mahsulotlarini iste’mol qiluvchilar

  • Hozirda hech qaysi brend mahsulotlarini harid qilmaydiganlar.

Buni 18-rasmda sxema orqali ko’rish mumkin.





18-rasm. Potensial xaridorlarning modeli25


Segment 1- bular xali yangi xaridorlar, brend bilan notanish Segment 2 - mahsulot guruhi bir bo’lib, ammo boshqa kompaniyaning brendi ularning ehtiyojini qondiradi.

Segment - 3 brendning hozirgi xaridorlari, ular brend mahsuloti bilan mamnun.


25 Гибас Д.Д., О'Рейли Д. Деловые отношения с покупателем. - М.:Амалфея, 1998.


71






5-jadval

Brend - menejer vazifasi har bir segmenti uchun26



Vazifasi

Bozor










1

Xaridorlarning sonini oshirish

Butun bozor Segment 1 va 2

2

Mahsulotga talabni oshirish

Butun bozor

3

Mahsulotga bo’lgan butun qiziqishni oshirish

Butun bozor Segment 1 va 2

4

Iste’molchilarni o’ziga qaytarib olish

Butun bozor Segment 1 va 2

5

Ishlatmaydigan iste’molchilarni o’ziga jalb etish

Segment1

6

Raqobatchi mahsulotni iste’mol qiluvchilarni o’ziga jalb etish

Segment2

7

Hozirgi mijozlarni saqlab qolish

Segment 3

8

Mahsulotni tez-tez harid qilinishini oshirish

Segment 3


Kompaniya brendi xalqaro miqiyosdagi bozorga kirishdan oldin boshqa (kirib bormoqchi bo’lgan ) davlatning bir qator brend rivoji uchun ta’sir etadigan omillarni o’rganishi kerak, bular:

  1. Bozorning noyobligini o’rganishi;

  2. O’ziga o’xshash brendning rivojini o’rganib, taqqoslashi;

  3. Raqobatchi brendni o’rganishi;

  4. Marketing tizimini o’rganishi;

  5. Davlat boshqaruvini o’rganishi va hokazolar.

Bir davlatdagi bozor tizimiga moslashib olib, huddi shu pozitsiyani boshqa davlatda ham qaytarish o’ziga xos davlatning marketing kompleksi xar doim ham to’g’ri kelavermaydi. U erning prinsiplariga to’g’ri kelishi uchun o’ziga xos alohida bozor uchun marketing strategiyasini ishlab chiqish va belgilangan standartlarga to’la amal qilish kerak.


26 Гибас Д.Д., О'Рейли Д. Деловые отношения с покупателем. - М.:Амалфея, 1998.


72


Brend qoniqarli imidjiga ega bo’lishi uchun u davlatning qoidalariga hisobga olgan holda yaratish kerak. Brend atrofidagi kuchli birikmalarni shu davlatga to’g’ri keladigan asotsiatsiyalaoidan olishi kerak.

Avtomatik tarzda tuzilgan brend programmasi bir davlatga to’g’ri kelsa, boshqasiga esa to’g’ri kelmasligi mumkin. Bu qonunni ko’pgina kompaniyalar g’ayotiy tajribalardan o’tkazishgan. Bunga misol qilib, 1990 yili “Pepsi Co” kompaniyasi o’z mahsulotlarini nemis savdo rastalarida sotish uchun ruhsatnoma oladi. Bu kompaniya “Coca-Cola” singari nufuzini ortishi uchun narxini ham u bilan barobar qilib quydi. Lekin u “Coca-Cola” singari o’z savdo markasini taqsimot kanallari orqali mustaxkamlagandek o’z brendiga bunday sharoit yaratib bermadi. Bunday uslub nemis bozorida ishlamadi, ichimliklar savdo rastalarida sotilmay qolaverdi. Bozor ulushi atigi 5% ga zo’rg’a etdi.

Brendni xalqaro bozorga kiritayotganda strategiya singari ketma-ketlik prinsipiga amal qilish kerak. Strategik ketma-ketlik shuni talab etadiki, oldin iste’molchilar nimani istayaptganini bilib keyin markaning imidjini yaratish kerak. Bunday taktika xalqaro bozorda o’z nufuzini egallashga yordam beradi. Bunga misol qilib “Kellogg” amerikalik kompaniyasini olaylik. Jo’xori yormasini yaratgan bu kompaniya, jo’xori bodroqlariga soviq sut bilan ivitib, keyin iste’mol qilishni tavsiya qiladi.

1962 yil “Kellogg” o’z mahsulotini Braziliya bozorlariga kirg’izganida, bunday sutlik nonushtani umuman xush ko’rmasligini bildilar. Kompaniya amerikada yaratilgan reklamasini o’zgartirib, bu bo’tqani oila atrofida nonushta qilish kerakligiga akstent berdi.

Franstuzlar esa muzdek sut o’rniga iliq sut quyib uning mazasini o’zgartirganligi tufayli, faqatgina soviq sut ustidan quyish kerakligiga akstent berildi.

Sharqiy Osiyoliklar esa nonushtaga umuman sut iste’mol qilinmasligi ham o’rganildi. Shunda “Kellogg” dunyoning o’zgacha xususiyatlarini inobatga olib xar bir bozor uchun o’z strategiyasini yaratdi.


73





Shundan ko’rinib turibdiki, xalqaro bozorga chiqish uchun o’zgacha ehtiyotkorlik va sabr kerak bo’ladi.

Marketologlar puxta tuzilgan reja va strategiyalari orqali brend kompaniyasiga xalqro darajada nufuz yaratish yo’llarini izlap topmoqda. Global darajadagi marketing ishlab chiqarish va uni taqsimlash unga keng imkon keng yaratmoqda. Brend kompaniyasining standartlari yuqori bo’lgani sari, uning mahsulotlarini savdo bozorida taqsimlash onson kechayapti.

Mahsulotni milliy bozordan xalqaro bozorga olib chiqish, uning imidjini ko’tarish, uni kuchli brendga aylantirish uchun aniq strategiyasini yaratish kerak. Mahsulotni xalqaro bozorda unga tegishli bo’lgan asotsiatsiyalar bilan tanitish kerak. Mahsulot taniqli va kuchli bo’lgandagina o’z foydasini berib, kapital qurilmasini qurishi boshlaydi.

Quyidagi xalqaro bozorga chiqish programmasidagi savollar brend kompaniyasining strategiyasini yaratishga yordam beradi:

  1. Xalqaro bozorning umumiy va o’zgacha bo’lgan tomonlarini aniqlang.

  • Umumiyligi nimada ekan?

  • O’zgachaligi qanday?

  • Marketing nuqtai nazaridan segmentni o’rab turgan omillarni atroflicha ko’rib chiqdingizmi? Standart va undan o’zgacha bo’lgan bozordan brend kompaniyasiga kam harajat qilgan holda faroliyat qilishingiz mumkin ekanmi?

  1. Brendni xaoqaro bozorga kirish ketma-ketlik prinsipidan foydalaning.

  • Kapital shakllantirishga ketma-ketlik bilan strategiya yaratildimi?

  • Yaratgan marketing dasturingiz kompaniyaning strategik maqsadi bozorni egallashga to’g’ri yo’naltirilganmi?

  1. Kerakli bo’lgan marketing infratuzilmasini yarating.

  • Kerakli bo’lgan infratuzilma yaratildimi? Ishlab chiqarishni yaxshiladingizmi, logistika va tarmoqlararo taqsimlanishni to’g’ri o’ylab ko’rdingizmi?

  • Boshqa davlatning infratuzilmasi sizga to’g’ri keldimi?


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling