Tashqi iqtisodiy faoliyat


Bozor segmenti o’sish sur’atlari


Download 0.62 Mb.
bet36/49
Sana08.01.2022
Hajmi0.62 Mb.
#245730
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49
Bog'liq
BMI

Bozor segmenti o’sish sur’atlari.

Bozorni segmentlashda ushbu guruhlarga bo’linadi:

  • Aniq belgilangani. Segmenti aniq topib ko’rsatib berildimi?

  • Xajmi. Mahsulotning sotilish istiqboli qanday?

  • Barchaga barobar bo’lgan xarid. Tao’simot kanali mavjudmi? Qanday qilib iste’molchi bilan brend orasidagi muloqot amalga oshayapti?

  • Marketing dasturiga bo ’lgan munosabat. Iste’molchilar marketing dasturiga qanday munosabatdalar?

Segmentlashning birinchi maqsadi bu foyda ko’rishdir. Iste’molchilarni xarakati orqali klassifikastiyalashda segmentni foydasini baholab berishda yordam beradi. Masalan, Baldinger kompaniyasi segmentni samarali bo’lishi uchun brendga bo’lgan sodiqligi bilan tahlil qiladi. U iste’molchilarni sodiq, o’zgaruvchan, mahsulotning eng zo’rini qidiradigan va past narxdagi mahsulotlarni xush ko’radiganlarga ajratadi.

Market Facts tadqiqotchi kompaniyasi iste’molchi va savdo markasi orasidagi bo’ladigan o’zgaruvchanlikni aniqlashga harakat qildi. Bu modelbni echimini to’g’ribilish uchun iste’molchilarni brendga nisbatan qanchalik sodiq ekanligini aniq bilish kerak. Bu modelb iste’molchilarni to’rt guruhga ajratadi:

  • Almashtiruvchilar. Bular qat’iyatsiz, onson bir savdo markasidan ikkinchi savdo markasiga o’taverishadi.


66






  • Qiziquvchan. Savdo markasiga sodiq bo’lmaganligi uchun boshqa savdo markaning mahsulotlariga qiziqishi.

  • O’rtamiyona. Bu iste’molchilarga savdo markasining mahsuloti qoniqtiradi va bu vaqt oralig’ida hali fikrlari o’zgargani yo’q.

  • Sodiq. Bular savdo markasiga juda ham sodiq va kelajakda uni almashtirish niyatlari yo’q.

6-jadval

Market Facts gazli suv ichimligiga qo’llagan modeli.24

Foydalanuvchilar

Coca-

Pepsi­

Diet

Diet-

Dr

7-Up

Sprite

Minute

Orange

Mountain

(%)

Cola

Cola

Cola

Pepsi

Pepper







Maid

Crush

Dew

Sodiq

4

4

1

1

3

1

1

0

3

4

O’rtamiyona

21

19

10

9

13

8

6

2

3

4

Qiziquvchan

12

9

7

4

4

5

6

3

2

2

Almashtiruvchilar

3

2

2

2

1

1

2

1

1

1

Umumiy































foydalanuvchilar

40%

34%

20%

16%

21%

15%

14%

6%

6%

7%

soniga nisbatan































Iste’molchilar, foydalanuvchi bo’lmaganlar

Olishga































tayyorlana-

2

4

1

3

4

6

6

4

6

3

yotganlar































Ikkilanayotgan-

9

12

6

7

12

17

15

10

13

10

lar































Qiziqishligi hali

11

13

9

11

15

22

20

18

19

16

sust































Hali tayyor

38

37

64

63

48

40

45

61

56

64

emaslar































Iste’molchilar,































foydalanuvchi

60%

66%

80%

84%

79%

85%

86%

94%

94%

93%

bo’lmaganlar































Hozirgi

-1

+2

-1

+1

+3

+5

+4

+3

+5

+2

imkoniyatlar
































24www.marketfacts.com; Zufarova N., Brending - T.:2013


67


Bu model savdo markasiga potensial bo’lgan iste’molchilarni ham inobatga oladi. Ular hali bu brendni iste’mol qilmaganlar, lekin kelajakda ularning iste’molchisiga aylanishi mumkin:

  • Hali tayyor emaslar;

  • Qiziqishi hali sust;

  • Ikkilanayapttganlar;

  • Olishga tayyorlanayaptganlar.

6-jadvalda bu modulning gazli suv ichimligida qo’llanilgan va ayrim kompaniya brendlarining potensial o’sishi mumkinligini prognoz qilib bergan va bu prognoz o’zini oqlagan.

Xaridorlar mahsulotlarning narxlarni olib ketishi yoki tushib ketishini qanday sezadilar? G.Ofira va R.Vaynerlarning ta’kidlashicha ular mahsulot narxi to’g’risida tez - tez o’ylab turadilar ularni olgan ma’lumotlari orqali mahsulot narhini analiz qiladilar, nega unday narx qo’yilganini tushunishga harakat qiladilar, oldingi qilingan haridni narxini eslaydilar, yon - atrofdagilarni fikrlarini o’ylab ko’radilar. Iste’molchi xarid qilish qaroriga kelgandan keyin, mahsulotga o’zining optimal narxini beradi va do’kon peshtaxtalarida turgan mahsulotlarni narhini solishtiradi va bu narx unga qimmat yoki arzon tushayotganini analiz qiladi.

Iste’molchilarda tadqiqot o’tkazganda shuni ko’rsatadiki, ular harid qilgan mahsulotning narxini aniq bilmasalarda, uning diapazoni atroflicha necha pul bo’lganligi eslarida bo’lar ekan. Haridorlar mahsulotlarning narhini ko’rganlarida bunday guruhlarga bo’lishar ekan:

  • Adolatli narx ( bu narx mahsulotga to’g’ri keladi);

  • O’rta narx;

  • Yuqori narxda mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan narxdan;

  • Yuqori narx (iste’molchilar juda ko’p to’lab yuborishmoqda);

  • Past narx ( iste’molchilar bu narxda harid qilganda pullarini tejashmoqda);


68



  • Raqobatbardosh narx;

  • Prognozga oid narx;

  • Chegirmali narx.

Xaridorlarning xotirasida mahsulotning nrxi baland bo’lsa ko’proq eslarida qolar ekan, tushirilgan narxga nisbatan. Qimmat mahsulotga berilgan narx imtiyoziga xaridorlar ko’proq qiziqishadi arzon mahsulotning tushirilgan narxiga nisbatan.

Xaridorlarda qilingan tadqiqotda yana shuni ko’rsatdiki, ular narxni ko’ra o’ng tamonidagi turgan sondan ko’ra o’ng tomoniga ko’proq qiziqishar ekan. Masalan: 4999 sonida turgan 9 sonlari ular ongida to’liq son, ya’ni 5000 ga nisbatan pulni tejab qolganday bo’lishar ekan.

Brend marketing faoliyatini o’rab turgan qattiq va no’maqul, o’zgaruvchan shart-sharoitlari savdo markasini keraksiz qilib qo’yadi. Bunda keladigan mablag’ning to’xtab qolishi yoki bo’lmasam olib tashlash qiyin bo’lgan birikmaning natijasida bo’ladi. Aniq bir vaqtga kelgandan keyin brendga sodiq bo’lgan iste’molchilarning kamligi tufayli uni bozordan olib tashlashga to’g’ri keladi.

Ayrim paytlarda kuchli brendlar mana shunday kasodga uchragan brendlarni o’ziga qo’shib, yanada brend nomini kuchlilashtirishiga harakat qiladi. Hozirgi dunyodagi inqiroz davrida bunday kuchli kompaniyalarni kichik kompaniyalarni o’ziga qo’shib olishi va brend nomini kengaytirishi ko’payib ketdi. Bular: banklar, ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, qurilish kompaniyalar, avtomobilb ishlab chiqaruvchi kompaniyalar, samolyot ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi kompaniyalar va boshqalar.

Kichik biznes sub’ektlariga etarli mablag’ ega bo’lmaganligi sababli o’z brendini tuzish va mustahkamligiga erishish qiyin bo’ladi. Shunga qaramasdan o’rta va kichik biznesda mustahkam brendga erishgan korxonalar mavjud. Buning uchun kompaniya rahbari o’z kompaniyasining brendini qadamma-qadam, aniq va o’ylagan holda tuzishi kerak bo’ladi. Kichik kompaniyalar iste’molchilarni qiziqtirish va savdo markasining barqarorligini oshirish uchun noyob g’oyalarni izlash kerak bo’ladi.


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling