Tashqi muhitning kishi organizmiga mexanik, elektrotermik, kimyoviy va nur ta’siri natijasida to'qima va a’zolarda anatomik va funksional o'zgarishlarning paydo boMishi shikastlanish deyiladi
Download 0.64 Mb.
|
Рефератлар
Etiologiyasi vapatogenezi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi, ya’ni qo‘tir kanasi tashqi ko‘rinishi jihatdan toshbaqaga o‘xshaydi. Urg‘ochisi erkagidan birmuncha yirik. Tanasi serbar tuxumsimon, burmali, uchburchak tangachalar bilan qoplang;an, og‘iz apparatlari chan- galsimon, kemirishga moslashgan. Sunday rivojlangan og‘iz appa- rati orqali ular xo‘jasining terisini teshib, to‘qima, qon, limfa va boshqa suyuqliklar bilan oziqlanadi. Oldi va orqasida 2 juftdan bo‘g‘imlarga bo‘lingan qisqa oyoqchalari bor. Otalangan urg‘ochi kana epidermisning yuza qatlamlariga kirib, har xil yo‘llar ochgan holda shu joyga tuxum qo‘yadi, erkagi esa halok bo‘ladi. Urg‘ochi kanalarning harakati chaqqon bo‘lib, bir kunda 0,5—5 mm egri- bugri kovaklar (kana yo'llari) hosil qiladi. Kanalar rivojlanib 3—7 hafta davomida jinsiy voyaga yetadi. Bitta urg‘ochi kanadan chiqqan tuxumdan 3 oy mobaynida 130—150 mln kana paydo bo‘lishi hisoblab chiqilgan. Odamga yuqqanidan so‘ng tez ko'payib ketishining sababi ham shunda.
Kana odam organizmidan tashqarida bir haftagacha yashashi mumkin. Qo‘zg‘atuvchilar bemor yoki uning buyumlari orqali o‘tadi. Shuningdek, bir to‘shakda yotganda, ba’zan jinsiy aloqada ham yuqib qoladi. Shuning uchun u jinsiy yo‘l bilan yuqadigan kasalliklar qatoriga kiritilgan. Kasallikning yashirin (inkubatsion) davri 7—10 kundan 20—30 kungacha boradi. Klinikasi. Inson terisiga tushgan kana zudlik bilan teri ichiga kirib olib, epidermis bo‘ylab uni teshishda davom etgan holda kovak yo‘lchalar hosil qiladi. Shu joylarda mayda pufaklar paydo boMadi. Kasallikniiig asosiy belgisi terining qichishidir. Ko‘pincha kana kovlagan kovakning boshlanish qismi, ya’ni kirgan joyi ochiq qoladi, xuddi ana shu yerda kattaligi 1—2 mm keladigan ichida seroz suyuqligi bor oqimtir pufakchalar paydo bo‘ladi. Tuguncha va pufakchali mayda toshmalar bir chiziq bo‘ylab joylashishga moyil boMadi, qashlayverish oqibatida o‘rnida nuqta- nuqta qoramtir yo‘llar hosil qiladi. Toshmalar barmoqlar orasidagi burmalar, kaftning yon tomoniga, keyinchalik butun badanga (erkaklarda tanosil a’zolarga, ayollarda sut bezi so‘rg4chi atrofiga) toshadi. Ba’zan qo‘1 tirsaklarining tashqi qismida mayda nuqtali qora qo‘tirlar va tangachalarni (Gorchakov-Ardi simptomi) uchratish mumkin. Bemor hadeb qashinaverishi natijasida qo4ir badan terisining bir joyidan ikkinchi joyiga o‘tadi. Toshmalar qattiq qichishadi va bu holat, ayniqsa, kechasi kuchayadi. Bemorning terisi lupa orqali ko‘zdan kechirilganda, kana yo'lining boshlanishi, qoramtir nuqtali chiziqlar (kovak- chalar), mayda pufakchalarning teridan salgina bo‘rtib turganhgini ko‘rish mumkin, xuddi ana shu pufakchalar ichida kanalar bo‘ladi. Qoramtir nuqtalar — urg‘ochi kana to‘xtab, tuxum qo‘ygan kovakchalarning tepa teshiklaridir. Qashinish natijasida terining normal tuzilishi o‘zgarib, terida tirnalgan, shilingan joy- lar, qoraqo‘tir po‘stlarni kuzatish mumkin. Ko‘pincha qichinish natijasida terining tirnalgan joylarga infeksiya tushib, follikulit, furunkul, impetigo, ektima va boshqalar rivojlanishi ham mumkin, bunda kasallikka tashxis qo‘yish murakkablashadi. Qo4ir kasalligi uzoq cho‘zilib ketganida yoki bemor muntazam davolanmaganida dermatit, ekzema paydo bo‘lishi mumkin. Ka- sallik shu tariqa asoratlanadigan boisa, bemor qonida eozinofi- liya kuzatiladi. Yosh bolalarda kasallikning belgilari boshqacha kechadi. Aksa- riyat tovon, kaftning ichki sohasi, son oralig4 va dumba zararla- nadi. Hosil boMgan pufakchalar tez yiringlab jarayon og‘irlashishi mumkin. Tez-tez yuvinadigan odamlarda kasallik bilinar-bilinmas kechadi. Toshmalar yoki kana yo‘llari unchalik sezilmasa-da, ammo bemorning terisi qattiq qichiydi. Bu holat chala davolangan be- morlarda ham kuzatiladi. Ammo bemorning butun badan terisi obdon ko‘zdan kechirilganda, juft-juft joylashgan tuguncha va pufakchalar, qavarchiqlar, tirnalgan joylar hamda bir-ikki kana yo‘llari topiladi. Agar kasallik jinsiy aloqa tufayli yuqadigan bo‘lsa, toshmalar qov atrofi, kindik va qorin sohasida boiadi. Jinsiy a’zolar zararla- nib, tuguncha va pufakchalar toshib, ular yiringlab ketishga moyil boMadi. Ba’zan kasallikning klinik manzarasi zaxmga o‘xshab ketadi. Tashxisi. Asosan bemorning shikoyatiga e’tibor beriladi. Qo‘tirni ba’zan qichima bilan adashtiriladi, chunki bunda ham teri qattiq qichishadi. Ammo kasallik yillab davorn etib, teri qichishi bemorni tunu-kun bezovta qiladi. Bemorning limfa tugunlari shishadi (pruriginoz shishi), teri rangi sarg‘imtir boMib, tugunchalar qonli qora qo‘tir bilan qoplanadi va qo‘l-oyoqlarning bukiladigan qismida joylashadi. ' Shu bilan birga qo‘tir kasalligini mikrob ekzemasi, chin ekzema bilan taqqoslanadi. Lekin qo‘tir kasalligiga tuguncha va pufakchali toshmalarning juft-juft bo‘lib joylashishi, kana yoilari borligi, qichishning aynan kechasi avj olishi, bir vaqtda oila a’zolaridan bir necha kishining kasallanishi, Gorchakov-Ardi simptomining musbat bo‘lishi qo‘tirni boshqa kasalliklardan farqlashda muhim rol o‘ynaydi. Terida ko‘pincha pigmentli dog‘lar, impetigo elementlarining izi qoladi. Ba’zan dumg‘azada toshmalar, dumbaning yorg‘oq sohasi tomon yo‘nalgan «uchburchak belgisi» hosil qiladi. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling